Mavzu: Geoaxborot texnologiyalari faniga kirish Geoaxborot tizimi ning ta’rifi



Yüklə 159,21 Kb.
səhifə8/17
tarix27.12.2023
ölçüsü159,21 Kb.
#199272
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Mavzu 1

Stereoskop- bu relyefli joyning tasviri tushirilgan ikkita bir xil suratni ko‘ruvchi va o‘sha joyning past - balandliklarini ko‘rsatib beruvchi optik qurilma. Agar biz qurilma yordamida tasvirlarga qarasak, undagi o‘xshash nuqtalarni birlashtirib, umumiy bir surat holiga kelguncha yaqinlashtirib boraveramiz. Shundan keyin o‘sha joyning relyefini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ko‘zlar orasida interval (masofa) qanchalik katta bo‘lsa, ikki suratning farqi va relyefni ko‘rish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Bunday asboblar turlicha bo‘ladi. Raqamli fotogrammetriyada stereoskopning bir necha turlari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgani bu ko‘zoynak ko‘rinishidagi va suratlar ustiga qo‘yilib ko‘riladigan stereoskopdir. Ko‘zoynak ko‘rinishidagi stereoskop orqali stereoskopik yoki uch o‘lchamli tasvir kompyuter ekranidagi raqamli suratlarni yonma-yon qo‘yish orqali hosil qilinadi. Bunday ko‘rish usuli GATda rangli rejimda ishlash ham deyiladi, ya’ni bu qurilma joyning relyefini rangli tasvirlar orqali ko‘rsatib beradi. Bu ko‘zoynak linzalari 2 xil - qizil va ko‘k ranglarda bo‘ladi. Masalan, chap tarafdagi rasm qizil rangda, o‘ng tarafdagi rasm esa ko‘k rangda olinadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikki turli xil nuqtalardan olingan ayni bir joyning surati orqali o‘sha joyning uch o‘lchamli tasvirini uning relyeflari bilan birgalikda ko‘rishimiz mumkin. Bunday ko‘rinish ayniqsa kompyuter bilan ishlaganda juda qo‘l keladi, ya’ni biz kartadagi past-balandliklarni aniq ko‘ra olamiz va shu asosda gorizontallarni aniq belgilashimiz mumkin bo‘ladi.
Stereotasvir hosil qilishning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, bu qurilmaning ishlash salohiyati va xususiyatlariga bogdiq bo‘ladi. Raqamli fotogrammetriyada stereoskop har doim ham ishlatilmaydi. Uning o‘rniga avtomatik uch o‘lchamli tasvir hosil qilib beruvchi dasturlardan ham foydalanish mumkin. Bunday dasturlarga ulardan eng keng qo‘llaniladigani MatLAB va har bir dastur ichida uch o‘lchamli tasvir hosil qiluvchi kichik dasturlarni kiritishimiz mumkin. Stereoskopik jarayonda uch o‘lchamli ko‘rinish inson miyasida qayta ishlanib hosil qilinsa, kompyuterga o‘rnatilgan maxsus stereoskop orqali hosil qilinadigan tasvir kompyuter miyasi yoki tizimida qayta ishlanib, monitorda hosil qilinadi.
Qatlam - bu bir turdagi vektor grafik ma’lumotlar to‘plami hisoblanib, u nuqtaviy, chiziqli, poligonli bo‘ladi. Jadval ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy usuli bu kartalardir.
ArcView kartasi bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lishi mumkin.
ArcView dasturidagi vektor qatlamlar obyekt jadvalidan tashqari oyna kartasida rastr, mavzuli va kosmetik qatlam ko‘rinishida ko‘rsatilishi mumkin. Kosmetik qatlamlar har doim karta oynasining eng tepasida joylashgan bo‘lib, o‘z ichiga maxsus vaqtinchalik jadvalda joylashgan ma’lumotlarni oladi.
Jadval - ArcView dasturining asosiy axborot birligi. Jadvalning oddiy tushunchasidan farqlanib, u ArcView dasturida qatlam bazaviy ma’lumotlar jadvaliga bog‘langanligi va mavjudligidan kartaga mos keladi. Bazaviy ma’lumotlar jadvalidagi har bir qator grafik obyektlar haqida ma’lumotga ega. Har bir jadval ustuni esa aniq atributga ega bo‘ladi.
Axborotlarning bunday ko‘rinishdagi ma’lumotlari yuqori grafik uchun statistik vizuallash, iqtisodiy va boshqa fazoviy-vaqtli usullarni qo‘llashga, bu esa geografik obyektlarni diagramma va grafiklarda aniq ko‘rsatishga imkon yaratadi. Har bir qatlamga bittadan jadval mos keladi. ArcView dasturida jadvalni tasvirlash uchun ro‘yxat iborasi qo‘llaniladi.

Yüklə 159,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin