Mavzu: Geotermal energiya va undan foydalanish Reja: Geotermal suv energiyasi va uning xususiyatlari



Yüklə 28,37 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü28,37 Kb.
#123447
1   2   3   4
Mavzu Geotermal energiya va undan foydalanish Reja Geotermal s

Geotermal suv energiya- Geotermal so‘zi grekchadan geo- yer va termal-issiqlik so‘zlari bo‘lib, geotermal energiya Yer issiqlik energiyasi deb ataladi. Yer qarida juda katta issiqlik miqdori mavjud. Undan juda arzon va ekologik zararsiz bitmas-tugamas energiya olish mumkin. Hisoblarga ko‘ra, Yer bag‘rida to‘plangan issiqlikdan olinadigan energiya Yer yuzasidagi barcha organik yoqilg‘i zaxirasidan olinadigan energiyadan bir necha barobar ko‘p ekan. Ammo bu issiqlik energiyasi faqatgina Yer ostidagi qaynoq suvlardan olinadi. Bu suvlar ikki turga bolinadi:
—Termal (issiq) suvlar ularning temperaturasi 100 0 S gacha boladi. —Paragidrotermal suvlar ularning temperaturasi 100 0 S dan ortiq bo‘ladi.
Yer bag‘rida gidrotermal suvlar juda chuqurda (1000 m pastda, istemol qilish mumkin bo‘lgan suvlardan pastda) joylashadi. Mutaxassislarni izlanishlari natijalariga ko‘ra har 30-40 m chuqurlikda Yer qatlamidagi suvlarning temperaturasi 8-10 0 S gacha ko‘tarilar ekan. Bazi bir joylarda esa 200-300 m chuqurlikda mavjuddir.
Dunyodagi geotermal suvlardan olinadigan energiya miqdori 60 000 MW ni tashkil qiladi. 1948-yilda geotermal suvlardan faqatgina 1800 MW energiya olingan, shundan Amerika 500, Italiya 420, Meksika 75, Yaponiya 70.
Geotermal suvlardan elektr energiyasi olish, asosan Yer yuzida energetik inqiroz boshlanishi bilan ekologik toza energiya olish uchun keng ko‘lamdagi izlanishlar olib borishga intilish boshlandi. Termik suvlardan foydalanib elektr energiyasi olish qurilmalari ham issiqlik elektrostansiyalaridagi singari ishlash rejimiga muvofiqdir. Ammo termik suv-bug‘ sistemasida ishlatiiladigan elektrostansiyalarda bug‘ qozoni bo‘lmaydi, geotermal elektrostansiyalarda yoqilg‘i talab etilmaydi, uning ishlashi uchun transportga ham zaruriyat bo‘lmaydi. Bugungi kunda dunyodagi foydalaniladigan geotermal elektrostansiyalarning umumiy quvvati 10751 MW ni tashkil etadi.. Geotermal elektr stansiyalaridan foydalanish ekologiyani buzilishi va atrof muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos salbiy tomonlarga ega, yani:
1) Geotermal elektr stansiyalaridagi chiqindi issiq suvlar daryo va ko‘llarning temperaturasini oshiradi;
2) Yer osti issiq suvlari tarkibida ancha katta miqdorda ikki oksidli kremniy hamda oz miqdorda kimyoviy aktiv moddalar bo‘lib ular esa kanal, hovuz va boshqalarda to‘planadi;
3) Yer osti suvlarini intensiv chiqarish oqibatda suv sathi pasayadi, bu esa Yerning cho‘kishiga olib kelishi mumkin.
Bu muammolar geotermal suvlarni tozalash hamda quduq orqali ishlatilgan suvlarni qaytadan Yer ostiga haydash yo‘llari bilan hal qilinadi.

Yüklə 28,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin