Mavzu Geotermal energiya va undan foydalanish Reja Geotermal s
O‘zbekistonda geotermal energetikasi Geotermal energetikaning tasniflanishi bo‘yicha O‘zbekiston territoriyasi normal geotermal potensialli mintaqa bo‘lib hisoblanadi. Bunday mintaqalar 40 oS/km geotermal temperaturali gradientga ega bo‘lib, issiqlik oqimlar esa taxminan 0,06 Vt/m2tashkil etadi.
Respublikada geotermal energetikani asosan geotermal suvlar tashkil etadi. Amalda geotermal suvlar respublikaning barcha mintaqalarda mavjud. Respublika bo‘yicha geotermal suvlarning ortacha temperaturasi 45,5 oS-ga ega, eng issiq suvlar Buxoro (56 oS) va Surxandaryo (50 oS) viloyatlarda bo‘ladi. 40 oS-dan yuqori temperaturali geotermal suvlar past temperaturali isitish uchun foydalaniladi (issiqlik nasoslardan foydalanib yoki ularsiz).
O‘zbekistonda geotermal suvlarning yalpi potensiali 170,8 ming t n.e. hajmda baholanadi. Buxoro (56,8 ming t n.e.) va Namangan (29,8 ming t n.e.) viloyatlar eng katta potensialiga ega.
Geotermal energiya Yer qobig‘idagi ichki energiyadir. Bu energiyadan amalda foydalanish insonlarni doimo jalb qilgan. Shuning uchun ko‘pchilik odamlar geotermal energiyadan foydalanish jarayonida ko‘pgina samarali texnologiyalar ishlab chiqarilar va yanada mustahkam qurilmalar yaratish ustida ish olib bordilar. Ayrim geografik rayonlarda mavjud geotermal energiya manbalari yetarli darajada bo‘lishini e'tiborga olinib altirnativ, ekologik toza bo‘lgan, chuqurligi 3 km bo‘lgan Yer qobig‘idagi 1020 J dan yuqori isiqlik jamlangan (GeoTES) geotermal elektrostansiya qurib foydalanish natijasida yuqori samarali va arzon elektr energiya ishlab chiqarishga erishiladi.
Hozirgi paytda 5 tipdagi geotermal energiya manbalari aniqlangan:
1.Quruq bug‘dan iborat geotermal energiya manbai.
2.Kam bug‘li geotermal energiya manbai (issiq suv va bug‘ aralashmasi)
3.Geotermal (issiq suv yoki bug‘ va suvdan iborat) energiya manbai
4.Yer ostidagi chugsimon modda tasirida quruq issiqlik
5.Yer qobig‘idagi cho‘g‘simon temperaturasi 200-13000 gacha bolgan moddadan olinadigan issiqlik energiya.
Geotermal energiyadan elektr energiya olish uchun ikkita metoddan foydalanish mumkin:
1) Geotermal issiq tashuvchi suvning temperaturasi 1500S dan yuqori bolsa, uni elektr energiyasiga aylantirish mumkin.
2) Yer osti qobig‘idagi issiq suvdan isitish maqsadida samarali foydalanish mumkin. Qaysiki, bu metod qulay va yetarli muvofiq qo‘llanishiga ega. Geotermal suvning temperaturasiga bog‘liq holda uning issiqligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri binolarni, teplitsa-limonariyalarni, yosh chorvalar va parrandalar saqlanadigan binolarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarni quritish qurilmalarida, basseynlarda, baliq mahsulotlari yetishtiriladigan suv havzalarida, qo‘ziqorinlar yetishtirish binolarini isitishda, aralashmalarni bug‘lantirishda, sho‘r suvni chuchitishga mo‘ljallangan qurilmalarda va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Hozirgi mavjud geotermal qurilmalar uch tipga bo‘linadi:
—Quruq bug‘ manbai hisobidan ishlatiladigan elektrostansiya ishlab chiqilgan bo‘lib, talab qilinadigan energiya olish uchun turbina yoki generator orqali quruq bug‘ o‘tkazish kerak.
—Tozalagichli stansiya issiq suv manbaidan bosim ostida yuborilishi hisobidan ishlatiladi. Ko‘pincha tozalagichli stansiyani yetarli hajmdagi issiqlik tashuvchi bilan taminlash uchun nasosdan foydalaniladi.
—To‘g‘ri bo‘lmagan sxema. Bu qurulma jahonda geotermal stansiyalarni keng tarqalgan tipidir. Qurilmada geotermal issiq suv nasos yordamida chiqarilib yuqori bosim bilan generatorga haydaladi. Geotermal aralashma bosimini pasaytirish uchun buglatish sistemasiga haydaladi, natijada aralishmani bir qismi bug‘lantiriladi. Hosil bo‘lgan bug‘ turbinani ishlatish uchun sarflanadi. Qolgan suyuqlik ham turli maqsadlarda foydalaniladi.
Geotermal issiq suv manbalari Rossiyaning janubiy regionlari va uzoq Sharqda aniqlangan. Shuningdek Kavkaz, Stavropol, Krasnodar o‘lkasida katta miqdorda geotermal issiq suv potensial manbai mavjud bo‘lib undan elektrostansiyalar qurib foydalanish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda