Mavzu: Gidrotexnika inshootlarining loyihasini tuzish masalalari va shartlari. Kanaldagi inshootlar bo’g’ini ishlar hajmi va narxini aniqlash


Gidrotexnik hisoblashning vazifasi



Yüklə 37,65 Kb.
səhifə3/4
tarix08.05.2023
ölçüsü37,65 Kb.
#109489
1   2   3   4
1 (2)

Gidrotexnik hisoblashning vazifasi
Gidrotexnika inshootlari tagidagi gruntlarning ko’pchiligi suv o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Filtratsiya suvlari gruntning g’ovaklari orqali harakat qilib inshootning ba’zi qismlariga (flyutbet, tayanch devorlar, qiyaliklar va hokazolarga) ta’sir qiladi. Ikkinchi tomondan, inshootning shu qismlari filtratsiya suvlari harakatiga to’sqinlik qilib, ularga sifat jihatdan (sizot suvlarning yo’nalish tezligiga) hamda miqdor jihatdan (bosim, tezlik va sarf kattaligiga) ta’sir qiladi.
Gidrotexnik hisoblashdan ko’zlangan birinchi maqsad —gidrotexnika inshooti qurilgan joyda filtratsiya suvlari oqimi sharoitini, inshoot shakl va o’lchamlarining bu oqimga ta’sirini o’rganish bo’lsa, ikkinchi maqsad, bu oqim sharoitlarini o’rganish asosida inshootlarning (filtgratsiya oqimiga duch keluvchi inshootning) shakl va o’lchamlarini ratsional, iqtisodiy jihatdan arzon bo’ladigan qilib belgilashdan, u erda damlanish, gruntga bosim berish va gruntni yuvib ketishga nisbatan xavfsiz oqim sharoitini yaratib berishdan ibo- ratdir.
Inshoot qurilgan joyda filtratsiya suvlari ikki xil harakat qiladi:
1) kanaldan singib boruvchi suv gruntning barcha kovaklarini to’ldirib, tabiiy sizot suvlar bilan qo’shiladi,
2) singib boruvchi suvlar ayrim jilg’alar tariqasida tabiiy sizot suvlar bilan qo’shilguncha harakat qiladi.
Birinchi xil harakat o’z navbatida yana ikki xil ko’rinishda uchraydi: a) bosimli, ya’ni filtratsiya suvlari inshoot flyutbeti bilan sizot suvlari o’rtasida siqilgan holda harakat qiladi; b) erkin, ya’ni filtratsiya suvlari inshoot flyutbeti atrofida bosimsiz harakat qiladi. Bunda bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi. Filtratsiya suvlarining bu xil harakatlari turlicha, ya’ni ba’zisi to’laroq, ba’zisi chala o’rganilgan. G’ovak gruntdagi bosimli harakat bosimsiz harakatga nisbatan tekislikdagi harakat sifatida to’la o’rganilgan.
Ikkinchi xil harakat (filtratsiya suvlari grunt bo’shliqlarini yoppasiga to’ldirmasdan, balki ayrim jilg’alar hosil qilib oquvchi harakatlar) hozircha to’la o’rganilgani yo’q.
Filtratsiya suvining harakati odatda bir jinsli gruntlarda o’rganiladi. Bir jinsli gruntlar kichik inshootlar ostida uchraydi deb hisoblanadi. Katta inshootlar ostidagi gruntlar turli jinsli deb hisoblanadi, chunki yirik inshootlar ko’proq maydonni egallagan bo’ladi. Inshoot quriladigan erdagi grunt qatlamlarning tabiiy sharoitlari modellarda ilmiy tajriba o’tkazish yo’li bilan o’rganiladi.
Sizot suv sathi inshoot flyutbeti tagidan yuqorida turgan vaqtdagina harakat bosimli bo’ladi.
Ustki befdan gruntga singib kirgan suv pezometrik bosimi kichik bo’lgan tomonga, ya’ni patski bef tomonga harakat qiladi.
Beflarni tutashtirish inshooti (sharsharaklar) ostidagi filtratsiya suvlari ko’pincha erkin oqadi.
Gidrotexnik hisoblash natijasida quyidagi masalalar:
1) inshoot qurilgan erdagi filtratsiya suvlari oqimining kontur chegaralari;
2) filtratsiya suvlari inshootlar qismlariga qanday kuch bilan ta’sir ko’rsatishi;
3) bu bosimga barqaror qarshilik ko’rsatuvchi inshoot flyutbetining minimal o’lchamlari;
4) filtratsion oqimning tezligi va sarfi;
5) filtratsion oqimning bosimini kerak bo’lgan miqdor- gacha kamaytirish uchun flyutbetning o’lchamlari to’g’ri hal qilingan bo’lishi kerak.
Gidrotexnika inshootlarining o’lchamlarini aniqlashda gidrotexnik hisoblashning ahamiyati kattadir. Inshoot qismlarining, shu jumladan, flyutbetning ham,. shakl va o’lchamlarini tanlashda esa gidravlik hisoblashning ahamiyati juda kattadir.
Inshootlar turli metodlar bilan hisob (raschyot) qilinadi. Loyiha tuzish stadiyasiga qarab, hisoblash ishlari ma’lum metod va tartib bilan olib boriladi. Filtratsion oqimning flyutbetga bo’lgan ta’sirini hisoblashning quyidagi metodlari mavjud:
1) to’g’ri chiziqli kontur filtratsiya metodi; 2) Lenning kontur filtratsiya metodi; 3) gidrodinamika metodi; 4) nomogramma bilan hisoblash metodi; 5) R. R. Chugaev (qarshilik koeffistieiti) metodi; 6) grafik-analitik metod; 7) fragmyont metodi; 8) N. T. Meleshchenko metodi; 9) V. I. Aravin metodi; 10) E. A. Zamarin metodi.
Kanallarning gidravlik hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar:

  • maksimal suv sathi YuBSSni (yuqori b’ef suv sathini) va kanaldagi maksimal suv sarfi Qmax=.....m3/s;

  • kanaldagi minimal suv sarfi Qmin=.....m3/s;

  • kanal tubining eni bk; (hisob blankasidagi suv sarfiga bo’glangan holda topiladi)

  • kanalning qiyalik koeffitsienti (hison blankasidan olinadi) m=

  • kanal o‘zanini g‘adir-budirlik koeffitsienti (hisob blankasidan olinadi) nk=

  • kanalning tuprog‘i – supes, yuvilishga ruxsat etilgan tezlik VT=0.6m/s

Kanal elementlarini hisoblash quyidagi usul bilan jadval ko‘rinishida va formulalardan foydalanib bajariladi:

  • chuqurlik o‘zgaruvchan, ya’ni chuqurlik 0.25 m oraliqda berib boriladi;

  • kanalning ko‘ndalang kesimi (6-ustun) ωk = (bk + mk * hk) * hk , m2;

  • xo‘llangan perimetr χk = bk + 2 hk (1 + m2k) 0.5 , m;

  • gidravlik radius Rk = ωk / χk , m;

  • Shezi koeffitsienti Sk = Rk1/6/ nk;

  • kanaldagi suvning tezligi Vk = Sk (Rk ∙ Ik) 0.5 , m/s;

  • suv sarfi Qk = ωk ∙ Vk , m3/s

1-Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, olib kelish kanalining ishchi xarakteristikasi, ya’ni rasm 3.1 suv sarfini kanaldagi chuqurlik, tezlik va gidravlik radiusiga bog‘liqlik grafigi quriladi.





Yüklə 37,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin