Mavzu: Gidrotexnika inshootlarining loyihasini tuzish masalalari va shartlari. Kanaldagi inshootlar bo’g’ini ishlar hajmi va narxini aniqlash



Yüklə 37,65 Kb.
səhifə2/4
tarix08.05.2023
ölçüsü37,65 Kb.
#109489
1   2   3   4
1 (2)

Loyiha topshirig’ida qurilishga mo’ljallangan ob’ektning texnika-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi va qurish imkoniyatlarining mavjudligi aniqlanadi.
Loyiha topshirig’ini bajarishda tegishli adabiyotlarda ko’rsatilgan ma’lumotlardan, ilgarilari o’tkazilgan tadqiqot ishlari va loyiha materiallari, shuningdek, inshoot quriladigan erni ko’zdan kechirishda olingan materiallardan foydalaniladi.
Loyiha topshirig’i, inshoot quriladigan rayonning iqlimi, gidrometriya va gidrologiyasi, gidrogeologiya va geologiyasi, topografiyasi, tuproqLari, shu rayon xo’jaligining ahvoli hamda huriladigan inshootning xalq xo’jaligidagiahamiyatiga qarab ishlanadi.
Loyiha topshirig’i tarkibiga: qurilishga mo’ljallangan ob’ektlarning general plani, ayrim individual inshootlar va kanal shoxobchalarining eskiz loyihalari, yig’ma bloklardan quriladigan inshootlarning soni va ularning tiplari, qilinadigan ishlarning hajmi, qurilish usullari va muddati, qurilishning yaxlit baho normalariga asoslanib tuzilgan umumiy smeta-moliya hisobi, territoriyani o’zlashtirish sxemasi va qurilishning maqsadga muvofiq ekanligi haqidagi mulohazalar va texnik loyiha tuzish uchun tadqiqot (izlash) ishlarini o’tkazish, plan, smetalar to’zish programmalari ki- radi. Texnik lo y i ha si tarkibiga yuqorida ko’rsatib o’tilganlar (lekin bunda ular qurilishga qabul qilingan variant uchun to’la va mukammal holda ishlanadi), shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish va. qurilish ishlarini mexanizatsiyalashtirish loyihasi ham kiradi. Texnik loyihasi tasdiq qilinganidan keyin uning ayrim detallari to’la ishlanadi, ish detallari mukammal hisob qilinib, o’lchamlarining ham- masi ko’rsatilgan holda chizmasi chiziladi. Bu ish chizmasiga asoslanib, detallar quriladi va yasaladi.
Gidromeliorativ sistemalardagi ko’pchilik inshootlar bir hil sharoitda ishlaydi. Shuning uchun loyihalashda umumiy belgilariga qarab, inshootlarni gruppalarga bo’lish mumkin bo’ladi. Masalan, suv sarfi va materialiga qarab har qaysi inshoot gruppasi uchun tipik texnik loyihalarini tuzish mumkin.
Gidrotexnika inshootlarining loyihalarini tuzishda quyidagi hisoblar bajariladi:
a) gidravlik hisoblash — bunda inshootdagi suv oqimining yo’nalishi va uning shakli hamda inshoot ichki qismlarining o’lchamlari belgilanadi;
b) gidrotexnik hisoblash — bunda inshoot ostidan singib boruvchi suv oqimining shakli va inshoot ost tomonining o’lchamlari belgilanadi;
v) statik hisoblash — bunda inshoot barcha elementlarining mustahkamligi va turg’unligi aniqlanadi.
Murakkab inshootyaarning loyihalarini tuzishda avval ularning modellari yasaladi, laboratoriyada gidravlik tekshirishlar olib boriladi va bu tekshirishlar natijasida inshoot loyihasidagi ayrim elementlarga tuzatishlar kiritiladi.
Inshootning loyihasini tuzishda o’xshash disstiplinalardan, masalan, gidravlika, materiallar qarshiligi, inshootlar nazariyasi, injenerlik konstrukstiyalari, qurilish materiallari va ishlari, asos va fundamentlar, shuningdek, mashina detallaridan keng miqyosda foydalanish zarur.
Loyiha ishlarini boshlamasdan turib I, II va III klass in- shootlar uchun inshoot quriladigan rayonning tabiiy sharoitlarini o’rganmoq kerak. Buning uchun keng miqyosda quyidagi qidirish va tekshirish ishlarini bajarish kerak:
a) gidrologik tekshirishlar — bo’nda daryo suvining rejimi, ya’ni bir necha yillar davomida har sekundda oqib keladigan suvning miqdori va bu suv bilan oqib keladigan loyqalarning miqdori hamda sifati o’rganiladi;
b) geologik tekshirishlar — bunda tuproq va er osti suvlarining fizik hamda geotexnik xarakteristikalari o’rganiladi;
v) topografik tekshirishlar — bunda inshoot quriladigan erning plani bo’ylama va ko’ndalang profillari aniqlaniladi;
g) qurilish tekshirishlar — bunda mahalliy qurilish ma- teriallari, yo’llar va qurilish uchun zarur bo’lgan boshqa sharoitlar aniqlanadi.
Qidirish va tekshirish ishlari qanchalik to’la va mufassal bo’lsa, loyiha sifati shunchalik yaxshi bo’ladi, inshoot mustahkam, ishonchli bo’ladi va undan foydalanish oson bo’ladi. Gidrotexnika inshootlarining buzilish, shikatslanish sabablarini tekshirish vaqtida, bu ko’ngilsiz voqealarning hammasi gidrologik va geologik qidirish ishlarining yaxshi olib borilmaganligi natijasida sodir bo’lganligi ma’lum bo’ldi.
Loyiha noto’g’ri tuzilganida, inshoot sifatsiz qurilganida va undan noto’g’ri foydalanilganida ham ko’ngilsiz voqealar (avariyalar) yuz berishi mumkin.
Gidrotexnika inshootlarining variantlarini tanlashda ularni iqtisodiy jihatdan to’g’ri baholash uchun quyidagi solishtirma ko’rsatkichlarni hisobga olish zarur:
a) sug’oriladigan ekin maydoni, ga hisobida;
b) inshootning suv o’tkazish qobiliyati, m3/ sek hisobida;
v) suv omborining foydali hajmi, m3 hisobida;
g) belgilangan kuch, kvt[soat;
d) ishlab chiqaridadigan kvt/soat energiyaning bahosi va
hokazolar.
Gidrotexiika inshootlarini o’rganish, loyihalarini tuzish va qurish oson bo’lishi uchun ular tarkibiy elementlarga bo’linadi. Har qaysi gidrotexnika inshooti sun’iy o’zandan iborat bo’lganligi uchun uning asosi (tubi) va qirgoqlari bo’ladi. Inshoot o’zanining asos (tub) vazifasini bajaruvchi elementi flyutbet va qirg’oqlar vazifasini bajaruvchi elementi esa yon devorlar yoki tayanch devorlari deb ataladi. Bu elementlar inshoo^ning doimiy, o’zgarmas qismlari hisoblanadi.
Bundan tashqari inshootning suv sarfini yoki ustki befdagi suv sathini rostlab turish uchun uning harakat qilib turadigan elementlari ham bo’ladi. Bular qatoriga zatvor, shchit, ko’targich va boshqalar kiradi. Bulardan tashqari inshootning boshqa ikkinchi darajali element.lari ham bor. Bular qatoriga ko’prik, narvon va qator boshqa elementlar kiradi.
Gidrotexnik inshootning flyutbetlari uch qismdan: ponur, suv urilma, risbermadan iboratdir.


Yüklə 37,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin