Mavzu: Gidrotexnika inshootlarining loyihasini tuzish masalalari va shartlari. Kanaldagi inshootlar bo’g’ini ishlar hajmi va narxini aniqlash



Yüklə 37,65 Kb.
səhifə1/4
tarix08.05.2023
ölçüsü37,65 Kb.
#109489
  1   2   3   4
1 (2)


  1. amaliy mashg’ulot



Mavzu: Gidrotexnika inshootlarining loyihasini tuzish masalalari va shartlari. Kanaldagi inshootlar bo’g’ini ishlar hajmi va narxini aniqlash
Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quriladigan ob’ektning texnik-iqtisodiy jihatidan muvofiq ekanligini, suv xo’jaligidagi uning kompleks masalalarni hal qila olish mumkinligi, inshootning mustahkam va ekspluatatsiya qilish qulay bo’lishligini xizmat qilish muddatini uzaytirishni inshoot quriladigan joydagi ekin maydonlarini tejashni va shu rayonning sanitariya sharoitlarini hisobga olish kerak.
Gidrotexnika inshootlarining loyihasini qidirish va izlash ishlariga, inshoot loyihasini va sistemasining hajmini aniqlovchi rasmiy instrukstiya va ko’rsatmalarga asoslanib tuzish zarur.
Qurilish normalari va loyiha (QMQ) tuzish tartiblariga qo’shimcha qilinib, loyiha tuzish va qurishning texnik shartlari va normalari ishlab chiqiladi. Loyiha tuzishda bu norma va shartlardan foydalanish majburiydir. Nazariy tomondan yaxshi ishlanmagan texnika sohalarida texnik shart va normalar tuzilayotganda hisoblash uchun kerakli tavsiyalar beriladi. Inshootlarning klasslari QMQ va qurishning texnik shartlari va normalariga muvofiq belgilanadi, ular uchun zapas koeffistientlari, unga ta’sir qiladigan turli nagruzkalar, tadqiqot-izlash ishlarining mazmuni, hajmi va hokazolar aniqlanadi.
Gidrotexnika inshootlarining loyihasini tuzishda va ularni qurishda qurilish muddatlarining qisqa bo’lishi, qurilishdagi ishlarning keng miqyosda mexanizatsiyalashtirilishi va mahalliy qurilish materiallaridan ko’proq foydalanilishi hamda inshootlarning mustahkam (puxta), arzon bo’lishi va yaxshi ishlashi ko’zda tutilishi zarur. Ular arxitektura nuqtai nazardan ham chiroyli ishlanishi shart.
Inshootlarni standartlashtirishga, ularni yig’ma beton, temir-beton bloklaridan qurishga, umuman qurilishning arzon bo’lishiga alohida ahamiyat berish zarur.
Gidromeliorativ qurilishlarning loyihalari ikki stadiyaga: loyiha topshirig’i va texnika loyihasiga bo’linadi.

Yüklə 37,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin