Mavzu: Gips asosida bog`lovchi mahsulotlar olish. Ishdan maqsad: Mineral o`g`itlar chiqindisi bo`lgan fosfogipsdan bog`lovchi mahsulotlar olish texnologiyasi jarayonini o`rganish.
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar. Quritish shkafi. Chinni xovoncha. №008 elak. Qozoncha yoki tovacha. Qumli laboratoriya xammomi. Elektr plitkasi yoki gaz gorelkasi. Metall gilzali termometr.
Ishni bajarish tartibi.
Laboratoriya sharoitida mineral o`g`itlar chiqindisi bo`lgan fosfogipsdan bog`lovchi mahsulot – qurilish gipsi olish uchun oldindan quritish shkafida biroz quritib olingan fosfogipsni laboratoriya tegirmonida yoki chinni xovonchada GOST 125-70 talablariga mos keladigan darajagacha maydalanadi. Sungra № 008 elakdan 15% qoldiq qolguncha o`tkaziladi. So`ngra quritish shkafiga joylashtirilib 50-950S haroratda 2-3 soat davomida muntazam aralashtirilib turgan holda quritiladi. Quritish vazni doimiy holga kelguncha davom ettiriladi. Quritish natijasida fosfogips gigroskopik namlikdan quritiladi va bog`langan suv miqdorini aniqlaymiz. Nazariy jixatdan, bog`langan suv 20,93% ni tashkil qiladi, bu esa o`z navbatida ikki molekula suvga to`g`ri keladi. Amalda turli aralashmalar mavjud bo`lganligi sababli bog`langan bog`langan suv miqdori nisbatan kam bo`ladi.
Yaxshilab maydalangan va quritilgan fosfogips gaz yoki elektr plitkasi yordamida qizdiriladigan qozoncha (tovacha)ga, solib qumli laboratoriya hammomiga joylashtiriladi va asta sekin qizdirib pishiriladi.
Pishirish davomida fosfogips kukuni xarorati termometr yordamida o`lchab turiladi. Termometr metall gilzaga o`rnatilib, uning yordamida fosfogips tez-tez aralashtirib turiladi.
Shunday qilib gilzadagi termometr bir vaqtda aralashtiruvchi va haroratni o`lchovchi vazifasini bajaradi.
Pishirish davrida harorat 150-1600S dan oshib ketmasligiga e`tibor berish kerak. Buning uchun gorelka alangasini o`zgartirib turiladi yoki elektr plitkasi vaqti – vaqti bilan o`chirib – yoqilib turiladi (harorat avtotransformator yordamida elektr plitkaga tegishli kuchlanish berish bilan boshqarib turilsa ham bo`ladi ). Pishirish 2 soat davom etadi. So`ngra bog`langan (gidrat) suvni aniqlanadi. Nazariy jihatdan bog`langan suv 6,21% bo`lishi kerak.
Olingan natijalar jadvalda qayd qilinadi.