Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va protektsionizmning o`zaro
III bob. Globallashuv jarayonida O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlari 3.1 Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish yo’llari Globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro’y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi.
Shunga ko’ra, Prezidentimiz o’z asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2020 yilda boshlangan pandemiya, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, pandemiyaning mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar.
Shu o’rinda pandemiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo’ladi, degan savol barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiydir. Bu borada Prezidentimizning «...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi.
Xalqaro bozorlarda xom-ashyo tovarlari bahosining pasayishi O’zbekiston eksportiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Qayd etish lozimki, O’zbekiston dunyo avtosanoatiga mis yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan hisoblanadi. Vaholanki, inqiroz davrida misning bahosi 2 marta pasaydi. O’zbekiston paxta tolasi eksportining qariyb 85 foizi Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari yengil sanoatiga yyetkazib beriladi. Moliyaviy inqirozning mazkur mamlakatlarga salbiy ta’siri, o’z navbatida, respublikamiz paxta eksportining pasayishiga olib kelishi mumkin. Vaholanki, paxta tolasi va metallar respublika eksporti tarkibida sezilarli salmoqni tashkil etadi.
Prezidentimiz o’z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida keltirib chiqarilgan to’rtinchi xulosani quyidagicha bayon etdilar: «Jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini engillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq». Shuningdek, pandemiyaning O’zbekistonga ta’sirining jiddiy bo’lmaganligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
- ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanlanganligi;
- davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi;
- O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;
- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
- aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;
- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – “O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi” degan so’zlarini yana bir bor esga olish muhimdir. O’z navbatida O’zbekistonning globallashuv jarayonlaridagi ishtiroki ham ushbu inqiroz oqibatlarining ma’lum darajada iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkinligidan darak beradi. Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan etakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integrastiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o’sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko’rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizning o’sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.
Darhaqiqat, O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda, boshqa MDH mamlakatlari singari, davlat va jamiyat qurilishining qanday tamoyillari va usullariga asoslanish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotini belgilashda qaysi yo’ldan borish masalasi ko’ndalang turar edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o’tganlaridek, «O’zbekistonda qabul qilingan o’ziga xos islohot va modernizastiya modeli orqali biz o’z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi, degan o’ta jo’n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik».11 Shu bilan birga, bugungi kunda ko’plab etakchi olim va mutaxassislarimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta’sirini pasaytiradigan omillar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Shubha yo’q, pandemiyaning ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o’z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo’lib xizmat qilishi muqarrar. Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o’zaro manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalariga asoslangan investistiyalariga ehtiyoj mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimizni eksport ko’lamiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.