Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va protektsionizmning o`zaro
3.2 Globallashuv jarayonida O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishi Bugungi kunda xalqaro maqomga ega bo’lgan moliya-iqtisodiy tashkilotlar qatoriga BMTning bir nechta ixtisoslashgan bo’linmalari kiradi. Ularga Xalqaro Rivojlanish Assostiastiyasi (XRA), Xalqaro Moliya Korporastiyasi (XMK), Investistiya Kafotlari bo’yicha Xalqaro Agentlik (IKXA), Xalqaro Hisob-kitoblar Banki (XXKB). O’zbekiston dunyoning 37 ta xalqaro tashkilotlariga a’zo O’zbekistonda Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilmoqda:
- milliy valyutani mustahkamlash;
- davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
- kichik va o’rta biznesni rivojlantirish;
- kadrlar tayyorlash.
Ushbu aloqalar iqtisodiyotda tuzilmaviy o’zgarishlarni amalga oshirish, respublikani jahon bozoriga va xalqaro iqtisodiy tizimga integrastiya qilinishi jarayoniga asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Markaziy banki hukumat bilan kelishgan shartlarda ish yuritib, Respublika nomidan xalq mablag’larini olish, foiz to’lovlarini to’lash va qarz majburiyatlarini joylash bilan bog’liq moliyaviy majburiyatlarni yuqorida qayd etilgan halqaro tashkilotlar oldida o’z vaqtida bajarilishini ta’minlamokdalar.
Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiyoti kundan kunga rivojlanib bormoqda. Buni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda bo’lib o’tgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashuvida keltirilgan ma’lumotlar ham buni isbotini beradi. Eksportning yuqori darajada (41.2%foizga) o’sishi hisobiga to’lov balansining barqarorligi va mamlakat oltin-valyuta zaxirasining o’sishi ta’minlanadi. Davlat byudjeti profistit bilan ijro etildi, inflyastiya darajasi 6,8 foizni tashkil etdi va prognoz ko’rsatkichidan oshmadi. O’zbekiston Respublikasi 2023 yilning birinchi choragida ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to’g’risidagi doklatga binoan eksport hajmi 6.1%ga o’sgan, savdo aylanmasi 206.9 mln AQSh dolloriga ijobiy saldo bo’lgan va YaIM xajmi esa 7.9%ga o’sgan.
Davlatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadida xorijiy investirlar uchun keng imkoniyatlar ochilgan. Bu esa o’z mevasini bermoqda chunki, yildan yilga ularning soni ortib bormoqda. 2022 yil holatiga ko’ra jami 21 mlrd. AQSh dollaridan ziyod miqdordagi xorijiy investistiya jalb etildi. 2016-2022 yillarda to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan xorijiy invetistiyalar xajmi esa 3.3 mlrd dollarni tashkil etdi, 2022 yilda esa 5.4 mlrd AQSh dollari ko’proq, jumladan, umumiy qiymati taxminan 1.5 mlrd AQSh dollariga teng xorijiy investistiyalarni kiritish ko’zga tutilgan.
Prezidentimiz aytganlaridek xorijiy investorlarni jalb qilish, TNK va MNKlarning sonini yurtimizga yanada ko’proq oshirish kerak degan gaplari xorijiy investorga e’tibor yuqoriligidan dalolat beradi. O’zbekiston hukumati tomonidan
2023-2030 yillar uchun ham ustivor invetistiya takliflari ro’yxatini tasdiqladi va unda 12 mlrd.AQSh dollarini tashkil etdi. Respublikamizda to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalar oqimining ko’payishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishida:
ishlab chiqarish miqdorini miqdorini kengaytirish va ishlab chiqarishda eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni hajmini oshirish;
texnik bazani modernizastiya qilish
xususiylashtirish imkoniyatlarining kengayishi orqali kichik va o’rta biznesning rivojlanishi;
kirib kelayotgan chet el investistiyasining ortishi sababli to’lov balansining yaxshilanishi va bu bilan millliy valyuta kursini qadrining o’sishi;
halqaro bozorda o’z o’rniga ega bo’lgan raqobardosh mahsulotlar, xizmat ko’rsatish sohasini hamda intellektual faoliyatga taallukli bo’lgan sohalarni kengaytirish va raqobatning ko’chayishi kabi ko’plab iqtisodiy o’sishlarni ta’minlaydi.12
Chet el investorlarini jalb qilish hisobiga davlatimizda ishlab chiqarish yildan yilga oshib bormoqda. Asta sekinlik bilan import tavarlar o’rnini bosuvchi tovarlar ko’payib, chetga eksport qilinadegan tovarlar xajmi oshib bormoqda. Bu esa tashqi iqtisodiy siyosatning o’sib borayotganidan dalolat beradi.
Yuqorida aytganimizdek, asta sekinlik bilan import tavarlar o’rnini bosuvchi tovarlar ko’payib, chetga eksport qilinadegan tovarlar xajmi oshib bormoqda.
Bo’lim oxirida aytmoqchimizki, Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishga, mamlakatlar va xalqaro bank-moliya tashkilotlari bilan teng huquqli va manfaatli hamkorlik yo’nalishlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Jahon xo’jaligi bilan integrastiyalashmasdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirmasdan va rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’ymasdan turib biz ko’zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz”.13
Xulosa Kurs ishidan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv jarayoni – to’xtatib bo’lmaydigan kuch. Uning qamrovi juda keng, hususan globallashuv nima u qachon boshlangan, uning jamiyatdagi boshqa jarayonga munosabati shuningdek yaqin va uzoq kelajakdagi asoratlari kabi savollarni o’z ichiga oladi. U jahon xo’jaliklari internastionallashuvining eng yuqori bosqichi.
Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda, jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Yuqorida aytganimizdek, iqtisodchilar globallashuvning asosiy tomonlariga o’z e’tiborlarini qaratadilar va qo’yidagi jarayonlarini ajratadilar:
moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kredit beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’rnatiladi;
axborotlar ahamiyatining oshishi;
global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi;
TMKlar sonining ortishi;
transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.
Yuqorida aytganimizdek globallashuv jarayoni o’zining ijobiy va salbiy ta’sirga ega. Ammo hozirgi eng muhim muammo – globallashuv hamma xalqlar uchun ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi kuchga aylanishiga erishishdir. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. Globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liq. Amalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatga yoki individlarga tegadi. Globallashuvning salbiy oqibatlari past rivojlangan mamlakatlarga ko’proq ta’sir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi baynalminnallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sig’imi mahsulotlari (ularning ba’zilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qisim va butlovchi bug’imlar) yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan hamda ilg’or mamlakatlarga har tomonlama bog’lanib qolishadi va ularga nisbatan kam foyda ko’rishadi hamda bu foyda jahon bozorlari konyukturasiga bog’liq holda barqaror bo’lmaydi.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, globallashuv jarayonida eshtirok etishdan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq foyda oladi, zero ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va barcha diqqat-e’tiborni ko’p daromadli bo’lgan ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratadilar. Ayni paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham globallashuv jarayonlari salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: ishsizlik, moliya bozorlarida nobarqarorlik kuchayadi va boshqalar. Ayniqsa jahon moliyaviy inqirozi davrida ularning salbiy oqibatlari sezilarli darajadan ancha yuqori bo’ladi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – “O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi” degan so’zlarini yana bir bor esga olish muhimdir. O’z navbatida O’zbekistonning globallashuv jarayonlaridagi ishtiroki ham ushbu inqiroz oqibatlarining ma’lum darajada iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkinligidan darak beradi. Hozirda ko’plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi restessiya va iqtisodiy pasayishni, investistiyaviy faollik ko’lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. Shu o’rinda aytish lozimki, hozirda rivojlanib borayotgan moliyaviy inqiroz inflyastiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko’rinadiki, hozirgi jahon moliyaviy inqirozining o’ziga xos xususiyati - bu uning iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o’tganligidir.
Shunga ko’ra, Prezidentimiz o’z asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2020 yilda boshlangan pandemiya, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jahon moliyaviy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar. Shu o’rinda jahon moliyaviy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo’ladi, degan savol barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiydir. Bu borada Prezidentimizning «...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi. Chunki jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko’rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizning o’sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.
Yuqorida aytganimizdek, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o’z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo’lib xizmat qilishi muqarrar. Xulosa qilib, davlatdagi xorijiy investistion muuhitni, birinchi birinchi navbatda, to’g’ridan to’g’ri investistiyalar muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan quyidagi chora tadbirlar muhim ahamiyatga ega deyish mumkin:
soliq qonunchiligini soddalashtirish;
chet ellik investorlarning maqsadini, ko’zlagan manfaatini chuqur o’rganish va ular uchun imtiyozlarni kengaytirish;
invetistiyalarni joylashtirish, ulardan samarali foydalanish borasida investistiya marketingini kkengaytirish va rivojlantirish;
xorijiy investorlarning ba’zi toifalriga yaratilgan imkoniyatlarni barcha chet el investorlari uchun umumiy qonun qoidalar asosida belgilash.
Mamlakatimiz siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng jahon xo’jalik tizimining teng huquqli a’zosiga aylandi. Shu sababli respublikamizning jahon hamjamiyatiga integrastiyalashuvi va unda o’ziga xos o’rin egallashini ta’minlash eng birinchi darajadagi vazifalardan biri bo’lib qoldi. Shu maqsadda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimini tubdan qayta qurish, xorijiy investistiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayoti uchun juda muhim. Ammo bo’gingi kunda bizning globalizastiya jarayoniga qatnashishimiz iqtisodiyotimizga foydali emas. Chunki biz bu jarayonga ishtirok etsak, chunki kompaniyalarning kerib kelishi oqibatida davlatimiz faqat tayyor bozor, arzon ishchi kuchi va xom ashyo bazasiza aylanib qolamiz. Buning oqibatida o’zimizda ishlab chiqarish sohasi manfiy ko’rsatkichga qarab ketadi chunki, moliyaviy yaxshi rivojlangan koppaniyalar bilan raqobatlashish uchun kamida ular darajasida bo’lishimiz kerak. Bugungi kunda davlatimiz qo’shni davlatlar bilan yagona yuklarni olib utish bilan bog’liq qonunning mavjud emasligi iqtisodimizga ancha zarar keltirmoqda. Chunki tovarlarimizning o’z egasiga ancha kechikib va sifati ancha pasayib etib bormoqda. Shuning uchun avvvalom bor ular bilan aloqalarimizni mustahkamlashimiz kerak.