Mavzu: Globallashuv va milliy ma’naviyat. Reja


Globallashuv jarayonlarida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi



Yüklə 87,13 Kb.
səhifə5/7
tarix16.12.2023
ölçüsü87,13 Kb.
#183434
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Globallashuv va milliy ma’naviyat. Reja

2.2.Globallashuv jarayonlarida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi.
Milliyma’naviyatimizni milliy o’zligimizni thtidlardan himoya qilish uchun mil- liy istiqlolg’oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yo’q.Shu masalada milly istiq- lol g’oyasining juda muhim funksiyasi,yani milliy va ma’naviy o’zlikni himoyalash kabi muhim funksiyasi namayon bo’ladi.Milliy istiqqlo g’oyasi ana shu funksiyani ba jarishi uchun esa yoshlar va aholi ongida faqat bilim,tasavvur sifatida emas,ishonch va etiqod sifatida shakllanishi lozim.

Milliyistiqlol g’oyasini shakllantirilishi va uning o’quvchilar,talabalar,keng aholi tamonidan o’rganishga kirilishi mamlakatimiz ma’naviy tarqqiyotida alohida bosqichni tashkil qiladi.Aslida,milliy istiqlol g’oyasining negizlari chuqur.U halqimiz ning milliy ma’naviy merosidan,ezgu g’oyalaridan oziqlanadi.Lekin,bu g’oyani yosh lar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi.Yani,avvolo milliy qadriyatlarni,milliy ma’naviyatni tiklash,milliy g’ururni uyg’otish,bir so’z bilan ayt ganda,milliy istiqlol g’oyasi tomir otishi va gurkirab rivojlanish uchun zamin tayyor lash lozim edi.Mustaqillik qo’lga kiritilgandan buyon o’tgan davr ichida ma’naviyat sohasida ulkan nazariy,ma’rifiy va amaliy ishlar bajarildi.Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari tuzildi,yuzlab maqola va risolalar nashr etildi,tadqiqotlar o’tkazildi,ta’lim to’g’risidagi milliy dastur qabul qilindi.Bir so’z bilan aytganda,milliu istiqlol g’oya sini keng targ’ib qilish uchun zamin yaratildi.


Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda,bizningcha,ba’zan bir tamonlamalikga yo’l qo’yilmoqda.Bu g’oyani targ’ib qilishda ishtiroq etayotgan murabbiy va o’qituv chilar,tadqiqotchilarning chiqishlarida,maqola va risolalarida ma’rifatchilik bilan cheklanish ko’zga tashlanmoqda.Holbuki,ma’naviyatni rivojlantiriahda asosiy yonda shuv ma’rifiy yondashuv bo’lsa ham,milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda bu yon 1dashuv bilan cheklanib bo’lmaydi.Bu hol milliy istiqlol g’oyasining hususiyatlari bi lan bog’liq.1
Milliy g’ya jamiyatni jipslashtiruvchi,uni ijtimoiy tarqqiyot ko’ndalang qo’yayot
gan masalalarni hal qilishga,chetdan bo’layotgan g’oyaviy, ma’naviy tahtidlardan hi moyalashga qaratilgan kuchdir.Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g’oyaga
bo’lgan extiyojni keskin kuchaytiradi.Aslida olganda,globallashuv jarayoni bo’lmasa,
milliy g’oyaga ham ehtiyoj oshmas edi.Cunki,globallashuv bo’lmaganda har bir xalq va millatning ma’naviyati o’zicha mavjud bo’lar imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta’sir va thtidning yo’qligi esa milliy g’oyaga extiyojni ham dolzarblashtirmas edi.
Milliy istiqlo g’oyasining mohiyati shundaki,u odamlar ongida,xotirasida g’oyali gicha qolmay,amaliyotga,hayotga aylangah taqtirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy is tiqlol g’oyasi bo’lishi mumkin.Shundagina globallashuv sharoitida milliy ma’naviyat ni va ma’naviy o’zlikni tashqi nosog’lom tajtidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi.Milliy istiqlol g’oyasining hayotimiz jarayoniga singib ketishini ta’minlash uchun g’oyalar amaliy harakatlarga aylanishi jarayonini sinchiklab o’rganishi lozim. Buning uchun dastavval,g’oya bevosita amaliyotga,amaliyot dasturiga aylanishi mum kinmi?Agar mumkin bo’lsa,bu jarayon qanday yuz beradi? Degan savollarga javob toppish zarur.
Zamonaviy psixologiya,ijtimoit psixologiya va boshqa gumanitar fanlar nuqtai nazaridan bu savolga “aylanmaydi” deb javob berish kerak.Chunki inson ongida,miya sida o’nlab,yuzlab hatto minglab g’oyalar bo’ladi.Ularning barchasi ham amaliyotga aylanavermaydi.Chunki,alohida inson ongida ayni bir paytning o’zida o’nlab turli hil, jumladan,diniy,ahloqiy,siyosiy,ilmiy,badiiy va boshqa hil g’oyalar bo’lishi tabiiy. Ular bir-birini to’lg’izishi va ko’pincha bir-birlariga mos kelmasligi mumkin.Natija da,shahs bu g’oyalardan eng zarurlarini va o’zi eng to’g’ri,deb bilganlarini ajratib ha yotga tadbiq qiladi yoki unga amal qiladi.Ana shu tanlash,yani g’oyaning amaliyotga o’tishidagi muhim bosqichni to’laroq va chuqurroq anglash uchun shu tanlash mezon larine tanlab olish zarur.
G’oyalarni saralashda shahs foydalanadigan mezonlarning eng muhimlaridan biri,saralab olinayotgan g’oyaning yoki maqsadning shahs,millat,xalq yoki jamiyat
manfaatlariga,extiyojlariga,qurilmalariga,etiqodi mosligidir.Bu hodisalar,yani manfa atlar,extiyojlar,etiqodlar va ularning g’oyalar bilan o’zaro aloqadorligi murakkab.Bu ning ustiga bu muammo jahon fanida ham kam o’rganilgan.Mamlakatimiz psiholog olimlari bu muammo ustida endi bosh qotira boshladilar.
Muammoning murakkabligini hisobga olib biz uning faqat bir jihati,ya’ni g’oya lar va etiqod aloqadorligi to’g’risida fikr yuritmoqchimiz.Etiqod shaxs ongida juda muhim o’rin tutadi,insonning hayot yo’nalishi,hayot tarzi,intilishlari uning shahsiy etiqodi bilan belgilanadi.
Inson ongiga yo’l topayotgan g’oyalar ham mana shu etiqod chig’irig’idan o’tka ziladi.Etiqodga mos kelmaydigan g’oyalar rad etiladi.Lekin,g’oya va etiqod aloqador ligi faqat bir tamonlama jarayon emas.Ularning aloqadorligi faqatgina etiqodning nazoratchiligi,g’oyalarni elakdan o’tkazish bilan chegaralanmaydi.Shunday holatlar ham bo’ladiki,inson ongiga kirib kelayotgan g’oya undagi etiqodna mustahkamlaydi yoki bo’shashtiradi,bazan esa shu go’yaning o’zi etiqodga aylanadi.
Mustaqillik qo’lga kiritilgach,mamlakatimizda keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar boshlandi.Bu islohatlar jarayonida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish,hu susiylashtirish,ijtimoiy-siyosatni erkinlashtirish singari ko;plab tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi.Islohat ijtimoiy ruhiyat sohasida ham amalga oshirila boshladi. Bu sohadagi eng muhim vazifa odamlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish edi.Buning uchun esa ularlarni sobiq sho’rolar tuzimi qoliplaridan,boqimandalik,o’zibo’larchilik kayfiyatidan,yot va begona g’oyalarga bo’lgan e’tiqodidan holis qilish kerak edi.Bi roq bujarayon mamalkatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamo yillarini shakllanishi bilan o’zining yakunlovchi pallasiga kirdi.Chunki,tabiatda bo’lmagani singari inson ongida ham mutloq bo’shliq bo’lmaydi.Sobiq tatalitar tu zum sarqitlarini inson ongidan supurib tashlash uchun kuchli ma’naviy qurol kerak. Bunday qurol vazifasini faqat milliy istiqlol g’oyasi bajarishi mumkin. Chunki, hayot bahsh g’oya bilan qurollanmay turib,eski g’oyalar tasiridan to’la qutulish mumkin emas.Shunisi ham borki,milliy istiqlol g’oyasidan jamiyat azolarining ko’pchiligi ha bardor bo’lishi eski tuzum sarqitlarini supurib tashlash uchun kifoya qilmaydi.Milliy istiqlol g’oyasi ishonch va etiqodga aylangandagina eskilik sarqitlarini supurib tashla shi mumkin.Jamiyatda g’oyaning etiqodga aylanishi uning amaliyotga o’tishidagi muhim bos qichdir.Shaxs etiqodiga aylangan g’oyani ro’yobga chiqarish uchun hara kat qila boshlaydi.Etiqod qanchalik kuchli bo’lsa,uni amalga oshirish uchun shaxs shunchalik ehtiros bilan harakat qiladi.Kuchli etiqod yo’lida shaxs bilimini,kuchini, boyliklarini,hatto hayotini ham ayamaydi.Tarixdan bunga ko’p lab misollar keltirish mumkin.AQSH Prizidentlaridan biri T.Jefferson “Ozodlik shunday daraxtki,u bazan odam qoni bilan sug’orib turishlarini talab qiladi”,deganda huddi shunday etiqodli odamlarning ozod likni himoya qilish yo’lida ular o’z jonidan kechishga ham tayyor turishlarini nazarda tutgan edi.Yurtimiz tarixida ozodlik darax tini o’z qoni bilan su go’rgan yoki sug’orishga tayyor turgan qahramonlar ko’p bo’lgan. O’g’izxon, Shiroq, To’maris,Jaloliddin Manguberdi,Amir Temur,Bobur Mirzo singari shahslar shular jumlasidandir.Ular etiqodlari tufayli ozodlik,yurt mustaqilligi yo’lida butun kuch-g’ayratlarini,zarur bo’lganda jonlarini ham ayamadilar.
Mustaqillikni ham ozodlikga o’hshatish mumkin.Ular – egizak.Mustaqilliksiz ozodlik bo’lmaydi va aksincha ozodliksiz mustaqillikga erishib bo’lmaydi.Mustaqil likni himoya qilish uchun jon fido qilishga tayyor o’g’lonlar bo’lishi kerak.Mustaqil lik daraxti gullab-yashnashi uchun uning poyoga ko’proq ter to’kish kerak.Vatan o’g’il-qizlari qanchalik mehnat qilib ter to’ksalar,mustaqillik darxti,uning ildizlari,il dizlari orasidagi o’qtomir – milliy istiqlol g’oyasi shunchalik barq urib rivojlanadi.Le kin faqat ma’rifat bilan qanoatlanilsa,nari broganda istiqlol g’oyasini izohlab,tushunti rib berish mumkin,izohlash va tushuntirish yo’li bilan esa odamlarning faqat fikriga, xotirasiga ta’sir o’tkazsa bo’ladi.Milliy istiqlol g’oyasini yaxshi tushunib olgan talaba yoki o’quvchi imtihonda ‘a’lo” yoki “yaxshi”baho olishi mumkin,lekin unda bu g’oyaga etiqod shakllanmagan bo’lsa,bu bilimni u tezda unitadi.E’tiqod shakllanishi uchun faqat bilimning o’zi kifoya qilmaydi.E’tiqod,xususan,g’oyaviy etiqod bilim va his-tuyg’uning hosilasidir.1
G’oyaviy etiqodning otasi bilim bo’lsa,onasi his-tuyg’udir.Ulardan biri bo’lmasa,
g’oyaviy etiqod ham bo’lmaydi.Shu xususiyati bilan g’oyaviy etiqod etiqodning bosh qa turlaridan,aytaylik,diniy etiqoddan farq qiladi.Diniy etiqod shakllanishi uchun din arkonlari to’g’risida chuqur bilim bo’lishi shart emas.Dindonlarning ko’pchiligida ana shunday chuqur bilim yo’q,lekin ularning talay qismidagi e’tiqod bilimdon ulamo larning e’tiqodidan kuchliroq bo’lishi mumkin.
Buning sababi shundaki,diniy etiqod bilimni inkor qilmaydi,lekin unda ehtiros
ustuvorlik qiladi.Din bo’yicha juda ko’p bilimga ega bo’lgan odamning e’tiqodi sust va buning aksicha,oz bilimga ega bo’lgan odam kuchliroq e’tiqodga ega bo’lishi mumkin.Shuning uchun ilm,ma’rifat bilan birga unga amal qilish muhim.U e’tiqodni mustahkamlaydi.
Ilmga amal qilmagan mulladan beshak,
Afzaldir ustiga kitob ortilgan eshak.
Deganda Shayx Sa’diy bilimdon,lekin etiqodsiz mullalarni nazarda tutgan edi.
Milliy istiqlol g’oyasining mohiyatiga monand tarzda uni yoshlar va aholi ongiga singdirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar ma’rifiylik bilan cheklanmay,e’tiqodni shakllantirish uchun amaliyotga yo’naltirilishi muhim.Buning uchun esa e’tiqodning o’ziga xos xususiyatlari,uning shakllanishidagi bosqichlar,murakkabliklar,nozikliklar ni doimo yodda tutish zarur bo’ladi.
Xulosa.
XXI asr bosglariga kelib mamlakatlar,xalqlar o’rtasida o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki,bugun mazkur jarayondan tashqarida turgan biron mamlakat yo’q,deb bemalol aytish mumkin.”Globallashuv” tushunchasi huddi ana shu o’zaro ta’sir jarayonini,davlatlar iqtisodi,madaniyati,ma’naviyati,odamlar o’rtasidagi bog’liq liqning kuchayishini anglatadi.Jaxonda globallashuvni yoqlovchilar ham,qoralov chilar ham istagancha topiladi.Bu jarayon haqida bildirrilayotgan fikrlar ham turlicha. Nazarimiz da,globallashuvning ijtimoiy qiyofasini yaqqolroq ko’rsatadigan fikr yuqoridagi ta’rifdir.Globallashuv o’ta murakkab hodisa.Uni chuqur o’rganmay,tahlil etmasdan moslashish salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Globallashuvdan chetda turaman, degan mamlakatlar uni ta’siriga ko’proq tushib qolishi mumkinligini dunyo taraqqi yoti ko’rsatmoqda.Globallashuv ta’sirida mamlakatlar o’rtasida savdo-moli yaviy aloqalar kengayadi,madaniyatlar yaqinlashadi,xorijiy sarmoyalar ortadi,axborot tez tarqaladi va hokazo.
Xozirgi kunda ko’pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg’otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko’p tomondan masalaning mohiya tini to’g’ri ifodalaydi. Nega deganda, hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas.
Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’no-ni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo’jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiybiologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib
kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.
Shu ma’noda, globallashuv — bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o’rtasidagi integrasiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investiiiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyala rining, ilmfan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unlashuvi, sivilizasiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlarining ortishi — tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda.
Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo’lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko’zdan kechiradigan bo’lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g’oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g’oyalar o’rtasida azaldan kurash mavjud bo’lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko’ramiz.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydoni-dagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.
Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.

Yüklə 87,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin