1.2. Globallashuv va xozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi.
Dunyoning mafkuraviy manzarasi tushunchasi.-Hozirgi davr - dunyo g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon bo’lib рisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chugaralarni o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bo’lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir yo ikki davlat yoxud mintaqa o’rtasida bo’lgan. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etgan.
Xullas, urush qurollari takomilashib boravurdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun yur sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’na viy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.
XXI asr boshlariga kulib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib kutdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q. Glo ballashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq.
Dunyoning mafkuraviy manzarasining tarixan o’zgaruvchan xarakteri-XX asr so’ngida ro’y burgan ulkan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ikki qutbli dunyoning bar ham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzara sini tubdan o’zgartirib yubordi.
XX asrda dunyoda g’oyaviy qarama-qarshiliklar keskin va murakkab tus olgan davr bo’ldi. XX asr so’ngida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvoza natning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan o’zgardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganiduk, “XX asr oxirida dunyoda jo’g’rofiy-siyosiy ahamiyati va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabat larda vujudga kelgan qarashlar va ularning muxanizmlarini chuqur o’ylab ko’rishni, balki ko’p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. “Sovuq urush” davrida xalqaro munosabatlarga asos bo’lgan ko’p qoidalar, tamoyillar va g’oyalarni tubdan qayta ko’rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog’liq tizim bo’lib bormoqda, unda o’zi – o’zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o’rin yo’q. Bu hol ho- zirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o’zaro aloqa- larda va ularning faoliyatida ishtirok utganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo’ymoqda”1.
Dumokratik qadriyatlar hamda inson hukuklari va urkinliklari ustuvorligiga asoslangan g’oyaviy qarashlar tizimining dunyo mafkuraviy manzarasida tutgan o’rni.XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kulib kommunistik va sosia-listik partiya ta’siridagi sotsializm lageri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivoj lanayotgan mamlakatlarga bo’lindi. Ana shu rivojlangan ba’zi mamlakatlar o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgan, rivojlanayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinmoqdalar. Bular quyidagi holatlarda ko’rinadi:
Dunyoni bo’lib olishga urinayotgan mafkuralarning shakllari:
1. Buyuk davlatchilik mafkurasi.
2. Diniy ekstrumistik mafkuralar.
3. Pansovutizm mafkurasi.
4. Panislomizm mafkurasi.
5. G’arb turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.
6. Ameriqacha turmush tarzini ifodalagan mafkuralar.
7. Turli diniy sektolarning g’oyalarni ifodalovchi mafkuralar.
Shovinizm, uning tarixiy ildizlari. Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning nafa qat ko’p millatli impuriya doirasida, balki uni o’rab turgan jo’g’rofiy - siyosiy makon da ham o’zining mutlaq hukumronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon bo’ladi. Davlat etakchi mavqe (davlat)ga ega bo’lgan, o’z millatini oliy millat deb e’lon qil- gan millat hukmron ekspleatator sinflarining ideologiyasi va siyosati bo’lgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.
Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua millatchiligining o’ta reaksion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushman likni avj oldirishga qaratilgan. Shovinizm go’yo to’laqonli bo’lmagan boshqa millat- lar va irqlar ustidan hukmronlik qilishga da’vat etilgan bir millatning alohidaligini (mumtozligini) targ’ib etadi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o’zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor umaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni eksplatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog’da bo’ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihat- dan norasoligi haqidagi halokatli g’oya singdirilar edi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bir-birini to’ldiradi, bular o’z davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madani- yatlar va ma’naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtolitar tuzum o’rnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatgo’y qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, o’z ta’sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o’rtasida o’zaro ishonchsizlik tug’dirishda, xalqaro-huquqiy me’yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni to’sishda, yan gi mustamlakachilikni zo’rlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Pruzidunt Islom Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...” asarida shovini- zmga “Shovinizm ba’zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli imperiya doira sida, balki uni o’rab turgan jo’g’rofiy-siyosiy makonda ham o’zining mutloq hukum ronligini o’rnatish uchun kurashida namoyon bo’ladi” deb ta’rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T.6. 65-bet). Bunday davlatlarga ko’proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo’ladi.
O’zbekistonni, avvalo Rossiya imperiyasi, keyin sovet imperiyasi yuritgan buyuk davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr turlicha talqin etilmoqda. Bu talqinlarning 2 tasi haqida “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...” asarida fikr yuritilgan:
1) “Birinchi andozaning” mualliflari, - duyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarz
da, mintaqa Rossiya impuriyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o’z metropoliyasidan zarur rag’batlarni olib turar edi. Chunki podsho Rossiyasi ma halliy an’analar va asoslarni yo’q qilmagan va bezmagan holda o’lkaning bur- juacha tadrijiy rivojlanishini rag’batlantirgan edi, deb hisoblaydilar”. Ushbu guruh muallif lari mintaqada o’tkazilgan bol’shevikcha tajriba, shu jumladan, milliy davlat chegara lanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini keskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablari, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni o’ynash uchun juda mos keladi, degan g’oyani ilgari suradilar.
2)Boshqa fikrga ko’ra, mintaqadagi muammolarni o’lkaning mustamlaka o’tmishi keltirib chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o’lkani o’z tarixiy va milliy negizlari ga qaytarishni taklif qiladi. Bunga musulmon davlatlarga ergashgan, ular bilan yaqin roq integrasiyaga qirishgan taqdirdagina urishish mumkin, deb hisoblaydilar.
Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko’rinib turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilikning hurujlari tufayli kelib chiqqan.
Pansovutizm buyuk davlatchilik shovinizmining o’ziga xos ko’rinishi sifatida. Pansovutizm. Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansovutizm bilan o’ziga xos tarzda qo’shilib kutgan. Pansovutizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muay- yan yaqinlik, o’xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog’liqlikni mutloq lashtirishga asoslangan.
Ammo, Prezidentimiz o’rinli ta’kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko’zini aylantirib, o’z umrini yashab bo’lgan g’oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo’l bilan yana uski tuzumni tiklashga, bir so’z bilan aytganda, milliy o’zligimizni yo’qotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur.
Mustaqillikka urishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo Respub likalarini asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy materiallar yaqqol misol bo’la oladi. 1997 yil 26 martda “No vaya nezavisimaya gazeta” sonida bosilgan “MDH: tarixining ibtidosimi yoki inti hosi” bosh maqolasida “sobiq Sovut ruspublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini berishdan iborat Rossiyaning xatosi”, bu xatoni to’g’rilash haqidagi imperiyachilik da’volari bilan chiqqan edi.
Maqolada go’yo Rossiyaga “Janub tahdidi” deb atalgan tahdid vujudga keldi, Rossiya shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdo’stlik blokini parchalab yubo- rishi zarur, degan agressiv takliflar ilgari suriladi.
Pruzidunt Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda “Nuzavisimaya gazuta” (Mos kva) muxbirining savollariga javobi “Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odam- lar, deb hisoblashar edi” deb nomlanib, mazkur inturv’yuda bunday holatlarga o’z vaqtida javob berib, Ukrainadagi “Zarg’aldoq inqilobi”, “Gruziya va Ukrainada so’ng gi paytlarda sodir bo’lgan voqealarni”, O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o’zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib berdi.1
Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g’oyalari mazmunan o’sha-o’sha bo’lsada, unga endilikda o’ta zamonaviy shakl berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jo’g’rofiy – siyo siy maydon yaratish, “Yagona va ahil xalqlar oilasi”ni tiklash, yangi mustaqil davlat larning qaysi biri bilan hamkorlik qilish, qaysilarini ajratib qo’yish va boshqa soha- larda ko’rinmoqda.
Mustaqil O’zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tug’dirayotgan tahdidlarning rual xavfi quyidagilardan iborat:
1) Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish.
2) Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverinitetimizni ro’yobga chiqarishga qarshilik ko’rsatish.
3) O’zbukistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chugaralashga, ularni teng huquq- li bo’lmagan sharoitga solib qo’yishga urinish.
4) Mamlakatimiz aholisiga uluktron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy
yo’l bilan tazyiq o’tkazish, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasav- vur tug’dirishga intilish.
5) Millatlar o’rtasidagi o’zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.
6) Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo’rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlash tirish xavfi.
Akidaparastlik: asosiy shakllari, keltirib chikaruvchi omillar, tarqalishining ol- dini olish yo’llari.
Dostları ilə paylaş: |