Tushuntirishlar jarayonida, yuqorida sanab o‘tilgan protsessorlarni o‘zaro taqqoslashlar asosida, ularning tuzilishlariga va ishlash tamoillariga qanday o‘zgartirishlar kiritib borilganligi, hamda bu o‘zgartirishlar natijasida nimalarga erishilganligi haqida ham ma’lumotlar keltirib boriladi. Hozirda kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini, ya’ni kompyuter arxitekturasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan bir nechta o‘quv elektron stendlari ishlab chiqilgan, bunday stendlarga misol qilib - UMPK-80, 8088 trasseri va Pep8 kabi elektron stendlari keltirish mumkin. Bu o‘quv stendlari yordamida mos holda – 8, 16 va 32-razryadli protsessorlarning va ular asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishlari va qanday ishlashlarini o‘rganish imkoniyatlari mavjud. Ko‘pchilik o‘ylaganidek kompyuter arxitekturasi fanini o‘rganishni, hozirda ishlab chiqarilayotgan eng zamonaviy kompyuterlarning tuzilishlari va ularning qanday ishlashlarini o‘rganish bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Negaki ushbu kompyuterlar ham, ularning protsessorlari ham anchagina murakkab tuzilishlarga egadirlar. Shuning uchun zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishda avval 8 va 16-razryadli kompyuterlarning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi
Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasini o‘rganishda, ushbu o‘quv qo‘llanmada nima uchun aynan Intel 8080, Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlari asosida ishlab chiqilgan kompyuterlar tanlab olinganligini 3.1-jadvalda Intel protsessorlari oilasiga mansub protsessorlar va ularning ko‘rsatgichlari asosida ham izohlab o‘tamiz. Masalan: Intel Core i7 protsessorining ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan, unda ishlatilgan tranzistorlarning soni, 1 160 000 000-ta ekanligi, ushbu protsessorning qanchalik murakkab tuzilishga ega ekanligini anglatadi. Uning va hatto undan avval ishlab chiqarilgan 32-razryadli protsessorlarning ham qanchalik murakkab tuzilishlarga ega ekanliklarini 3.1-jadvalda keltirilgan, ularni tavsiflovchi izohlardan ham tushinib olish mumkin