Mavzu: Gularning kelib chiqishi va tuzulishi Reja: Kirish



Yüklə 131,17 Kb.
səhifə8/8
tarix02.01.2022
ölçüsü131,17 Kb.
#37683
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Gularning kelib chiqishi va tuzulishi Reja Kirish

IV. Urug’lanish.


Changlanish bilan urug’lanish, ya’ni gomotalarning qo’shilishi orasida ma’lum bir vaqt o’tadi. Bu vaqt kauchukli ko’k-sag’izda atigi 15-30 minutni, g’o’zada 18-20 soatni, ba’zi o’simliklarda bir necha kun, hafta, oy va hatto yilni tashkil qiladi.

Og’izchaga tushgan chang o’sa boshlaydi. Changning intinaga o’ralgan moddasi ekzinadagi teshiklardan do’mbayib chiqadi va chang naychasini hosil qiladi, bu naycha asta-sekin cho’ziladi va ustuncha bo’lgan taqdirda kanili bo’ylab yoki ustunchadagi alohida o’tkazuvchi to’qima bo’ylab o’sib, tugunchaga qarab yo’naladi. Chang naychasi oziqlanishi va o’sishi uchun zarur moddalarni aftidan, chang zapaslaridan eams, balki ustuncha to’qimalaridan xiycha miqdorda oladi. Chang naychasining ma’lum tomonga qarab o’sishi ham ustuncha bilan urug’kurtak to’qimasidagi allaqanday moddalarning ta’siriga bog’liq.Chang qismlari ya’ni vegetative yadroli protoplazma bilan generative hujayra chang naychasining o’suvchi uchiga o’tadi, lekin ba’zi o’simliklarda vegetative yadro changda qoladi.Generativ hujayra ba’zan changing o’zidayoq, ko’pincha esa chang naychasida ikkiga bo’linadi. Ilgari shu generative qiz hujayralarning chegaralari yo’qoladi, ularning protoplazmasi vegetative hujayra protoplazmasi bilan aralashib ketadi va spermiyalar (plazmasiz spermiyalar) deb ham ataladigan ikkita generative yadrogina ro’yrost ajralib turadi deb o’ylar edilar. Spermiyalarning yolg’iz yadrolar emasligi, generative yadrolar o’z protoplazmasining yupqa qavati bilan o’ralib turishi, demak, chang naychasida plazmasiz spermiyalar emas, balki, odatda, cho’ziq ko’rinadigan spermiya hujayralar bo’lishi tasdiqlandi. Bu kuzatuvlar mohiyat e’tibori bilan kata ahamiyatga ega: ular spermiyalardan yuzaga chiqadigan urug’lanishda erkak individ tomonidan yolg’iz yadrogina emas, balki yadro bilan protoplazma ishtirok etishini isbot qiladi.

Chang naychasi protoplazmasida, uning o’sayotgan ichida asta-sekin yemirilib ketadigan vegetative yadroni,uning orqasida esa, ancha ixchamligi va cho’ziq shakli bilan ajralib turadigan ikkita spermiyani payqasa bo’ladi. Chang naychasi tugunchaga yetar ekan, undagi alohida o’tkazuvchi to’qima bo’ylab o’sadi va urug’kurtakka borib, chang yo’li orqali unga kiradi. Bu yerda u yo to’g’ri embrion xaltasiga duch keladi,yoki shu xaltani qoplab turgan yumshoq hujayralar orqali xaltaga o’tadi. Embrion xaltasining chang naychasi uchiga taqalib turgan pardasi erib ketadi.Chang naychasi embrion xaltasiga kirar ekan, sinergidalar orasida yoki bir sinergida bilan embrion xaltasining devoir orasida tuxum hujayra tomoniga qarab o’sadi.Chang naychasining uchidagi parda yirtilib, undan ikkita spermiya chiqadi, bu unga qo’shiladi.Bir qancha tekshiruvchilar spermiyalar ayni vaqtda aktiv harakat qiladi, deb yozadi.

Shunday qilib, yopiq urug’lilarning ociq urug’lilarda ko’rilmaydigan xususiyati, ya’ni qo’sh urug’lanish degan xodisa vujuga keladi.Urug’langan tuxum hujayradan embrion, embrion xaltasining markaziy hujayrasidan embrionga oziq bo’ladigan endosperm hosil bo’ladi.Sinergidalar bilan antipodalar esa halok bo’ladi, qo’sh urug’lanishni dastlab 1898-yilda mashhur rus botanigi S.G. Navashin kashf etdi. Ba’zi o’simliklarda chang naychasi uru’kurtakka chang yo’li orqali kirmay, xolatsa ( xalatsogamiya) orqali yoki yon tomondan qoplag’ichlar orqali kiradi ( lizogamiya gerkcha”mezos”-o’rta, “gameo”-nikohlanaman degan so’zlardan olingan). Mana shu ikkita keying usul turli oilalarda evolyutsiya protssesida birinchi usuldan (poragamiyadan) vujudga kelgan. Bir qancha ishlarda madaniy gulli o’simliklarda kuzatiladigan tanlab urug’lanish hodisasiga ahamiyat berilmoqda. Og’izchaga, odatda, urug’kurtaklardagi tuxum hujayrani urug;lantira oladigan bir talay chang tushadi. Lekin boyagi ishlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, hatto o’sha tur yoki navning tasodifan boshqalardan oldinroq tushgan har qanday change emas, balki urug’lantirganda eng yaxshi natija

beradigan,biologik jihatdan juda mos keladigan changlargina urug’lanishda ishtirok etadi. Shu tariqa tanlab urug’lanish xususiyatidan hozirgi kunda SSSRda madaniy o’simliklarni chatishtirishda keng foydalanilmoqda. Ko’pgina madaniy o’simliklarning changlanishida ko’riladigan yana boshqa bir qancha tafsilotlar ham aniqlangan I.V.Michurin yaxshi chatishmaydigan ikki turni chatishtirishda ota tur o’simlik changiga bir oz ona tur changini qo’shadi.; bu chora egona chang bilan yaxshi changlanishga yordam berdi.

Changlanishning yaxshi chiqishi uchun changlatishda olingan chang miqdorining ham ahamiyati bor. Ba’zi o’simliklarda yakka o’sadigan changlar to’p-to’p bo’lib o’sadigan changlar hosil qilgan chang naychalaridan ko’ra sekinroq o’suvchi chang naychalarini beradi. Changlanishning yaxshi chiqishi uchun chang miqdori changlanadigan urug’kurtaklar sonidan necha baravar ortiq bo;lishi kerak. Bunday hollarda changdan chiqadigan va meva hosil bo’lishining dastlabki stadiyalarida zarur bo’ladigan allaqanday moddalar ma’lum darajada rol o’ynasa ham ajab emas.







  1. расм

Кўп уруғли қуруқ мeвалар қутичалари: А-қанотли, б-мураккаб қанотли, в-дуккак, г-кўзоқ, д-кўзоқча, E, ж, з – қутича, и-бўғинли кўзоқ





  1. расм

А-б-данакли мeва, 1-экзокарп, 2-мeзокарп, 3-eндокарп




  1. расм

Ёнғоқсимон бир уруғли қуруқ мeвалар:

А- ёнғоқ, б-ёнғоқча, г-хакалак, д-қанотли, йe-икки қанотли, ж-писта, з- мураккаб ёнғоқча, и-пистача







  1. расм

Кўп уруғли ҳўл мeвалар:

(рeзаворлар) а-узум, б-помидор, в-олма, г-лимон, д-бодринг

Xulosa

Urug’lanish jarayonidan avval urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang una boshlaydi, ya’ni bo’rtib chang trubka ( naycha)si hosil qiladi. Chang trubkasi har xil fermentlar aminokislotalar, garmonlar va vitaminlarga boy bo’lgani uchun kuchli fiziologik jarayonlar natijasida o’sib, urug’kurtakning mikropile orqali murtak xaltachasiga o’tganda chang trubkasining uchi yorilib,uning ichidagi 2 ta spermiya murtak xaltasiga to’kiladi. Bu spermiyalardan bittasi murtak xaltadagi tuxum hujayrasi, ikkinchisi esa ikkilamchi yadrosi bilan qo’shiladi.Mazkur jarayon qo’sh urug’lanish deyiladi.



Qo’sh urug’lanish jarayoni 1898-yilda rus olimi-sitalog va embriolog S.G.Navashin tomonidan aniqlangan.

Murtak xaltasining tuxum hujayrasi bilan spermiya qo’shilganda diploid zigota hosil bo’ladi.Bu zigotadan urug’ning murtagi rivojlanadi. Urug’ning murtagida: murtakning ildizchasi, poyachasi, urug’pallalari va kurtakchasi mavjud. Ikkilamchi yoki markaziy yadro bilan ikkinchi spermiya qo’shilishida endosperm hosil bo’ladi. Endosperm yirik parenxekmatik hujayralarga kraxmal,oqsil,moy to’planadi va ualr murtakning rivojlanishida asosiy oziq hisoblanadi.



Adabiyotlar ro’yxati.


    1. Jizn rasteniy tom-5(1) Moskva ,, Prosveshenie” 1980. 430b,7-112b.

    2. Hamdamov. I.X ,,Botanika asoslari” T. ,,Mehnat” 316b,126-150b.

    3. Ikromov. M.I, Normurodov. X.N, Yo’ldoshev. A.S. ,,Botanika” Toshkent. ,,O’zbekiston nashriyoti 2002” 333b, 255-315b.

    4. Kursanov. A.A va boshqalar. Botanika 1-tom.,, O’qituvchi nashriyoti 1972-yil” 447b, 356-413b.

    5. Mustafoyev. S.M. ,,Botanika Toshkent 2005-yil.

    6. Saxobiddinov. S.S. ,,O’simliklar sistematikasi” 3-qism Toshkent 1966- yil. 76-116b.

    7. Мустафаев С.М. Ботаника. Тошкент. «Узбекистон ».2002. 470 с.




    1. Mustafayev S. M., O.A. Ahmedov Botanika,Тошкент, 2006.




    1. Тўхтаев А. Ўсимликлар анатомияси ва морфологияси. Тошкент 1994й.




    1. Билич Г.Л., Крыжановский В.А. Биология. Польный курс. В 3х т. Том Анатомия. М.: ОНИКС. 2005. – 864 с.

    2. Андреева И.И., Родман Л.С., Чичёв А.В. Практикум по анатомии и морфологии растений. М.: «Колос». 2005. -156 с.




    1. Бавтуто Г.А., Еремин В.М., Жигар М.П. Атлас по анатомии растений. Минск. «Уроджай». 2001. - 245 с.




    1. Рахимов А.К., Қодирова Н.З. “Анатомия ва морфология” фанидан ўқув-услубий мажмуа. Тошкент 2011й.




Yüklə 131,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin