Mavzu: G’urumsaroy va Rishton kulolchilik maktabi Farg’ona vodiysi xalq hunarmandlarining kulolchilik buyumlari yuz yillar davomida mashhur bo’lib kelgan. Rishton va Quva kulolchilik sanati maktabi qatorida G’urumsaroy kosiblarining ishlari ham shuhrat qozongan. Hozirgi paytda bu qishloq Namangan viloyati Pop tumanidagi kulolchilik ishi markazlaridan biri hisoblanadi. O’tgan asrning o’rtalarida deyarli unutilgan kulolchilik kasbi keyingi o’n yilda qayta tiklandi.Shu erlik O’z kasbining mohir ustalari M.Rahimov, M.Tursunov, X.Hakimov, H.Sotimov zamonaviy G’urumsaroy kulolchilik sanati maktabiga asos soldi. Ota-bobolari hunarini davom ettirayotgan yosh kosiblar orasida Vahobjon Buvayev o’z iqtidori bilan Malohida etiborga sazovor. Uning milliy uslubda yasalgan va qadimgi ustalar usullaridan foydalangan holda bezatilgan sopol buyumlari O’z sifati hamda yorqin ranglari bilan ajralib turadi. V.Buvayevning ishlari Respublika amaliy sanat muzeyi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi Zamonaviy sanat markazida tashkil etilgan ko’rgazmalarda namoyish etildi1. Poytaxtimizda o’tkazilgan uchta shaxsiy ko’rgazmasi, "Tashabbus" ko’rik-tanlovi, Mustaqillik kuni va Navro’z bayramiga bag’ishlangan ko’rgazmalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki Vahobjon ustaning haqiqiy istedod sohibi ekani, qadimgi kulollarning boy ananalarini o’lashtirganidan darak beradi. Bundan tashqari G’urumsaroylik bu usta o’quv ustaxonasi tashkil etib, yosh avlodga hunarmandchilik sirasrorlarini O’rgatmoqda. G’urumsaroy va unga yaqin qishloqlardan ellik nafarga yaqin o’g’il-qiz bu yerda kulolchilik ishini o’rganmoqda. Ular yasagan milliy oshxona buyumlari ko’pgina ko’rgazmalarda