portal.guldu.uz-Harakatli o’yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash va o’tkazish (Taqdimot)
Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar mazmunini kengaytirish va shartli vazifalar qo‘yish lozim. Bu yoshda harakatlarni rivojlantirish uchun qo‘yiladigan o‘yin shartlari bilan bolalarning idrok etishida fikr bo‘ladi. Asta-sekin bolalarning vazifani bajarishga munosabati o‘zgaradi Masalan 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar o‘yinda ko‘pincha ma’suliyat sezmagan bo‘lsalar (masalan, bo‘ri bitta quyonni tutadi, uni tutib olganidan keyin u bilan birga yugurib, o‘ynab ketadi, boshqa quyonlarga esa e’tibor bermaydi), endi bolalar o‘zlariga yuklatilgan vazifani tushunadigan bo‘ladilar (endi bo‘ri quyonni tutib olgandan keyin uni to‘xtatadi, uyiga olib keladi, egundan keyin boshqa quyonlarni tuta boshlaydi). O‘yinda ko‘pincha tarbiyachi boshlovchi bo‘ladi.

O‘yindagi harakatlarning mazmuni tushunarli va qiziqarli bo‘lishi juda muxim. Bu ularning faoliyatini oshiradi, harakatlarga xis-xayajon va jo‘shqinlik bag‘ishlaydi.
To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda harakatlarni ancha murakkablashtirish (kubiklar ustiga chiqish, ustida cho‘qqayib o‘tirish, undan tushish, stul tagiga emaklab kirish va xokazo) xamda xar xil harakatlarni bir-biriga qo‘shib qilish kerak bo‘ladi (koptokni tutish uchun irgishlab sakrash va xokazolar). Bunday murakab harakatli o‘yinlarda ishtirok etgan bolalar bir-birlaridan o‘zishga harakat qiladilar.
Bu xildagi harakatli o‘yinlar xamisha xam birgalikda o‘ynaydigan o‘yinlar xisoblanmaydi. Bu o‘yin- mashqlarda ayniqsa ko‘proq namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik bo‘lib ashula aytib o‘ynaladigan o‘yinlar va qofiyali so‘zlar jo‘rligida o‘ynaladigan o‘yinlar keng qo‘llanadi. Bunday o‘yinlarda bolalarni xamjixatlikka va harakatlarni birgalashib bajarishga erisha borish mumkin.
5 yashar bolalarning harakatli o‘yinlari mazmuni rang-barang, atrof tevarakda, xayotda uchraydigan voqealar to‘g‘risida ularning tasavvuri va bilimi oshib borishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning o‘yin vaqtida faol harakat qilishi ko‘p jixatdan ularning malakasi va ko‘nikmasiga, tevarak -atrofni yaxshi bilishiga, harakatlarni saboq, chaqqkonlik idrok va xamkorlikda bajarishga bog‘lik bo‘ladi. Aksariyat o‘yinlarda boshlovchi bo‘ladi, lekin ba’zan bu vazifani o‘yinchilarning 2-3 tasi bajarishi mumkin. O‘rta gruppa uchun mo‘ljallangan harakatli o‘yinlarning ba’zilari mazmuniga va bajariladigan vazifa tasviriga ega bo‘lmaydi. Bunday o‘yinlarga musobaqa tusini kiritish xam mumkin. Ko‘pincha qofiyali so‘zlar o‘yin mazmunini ochib beradi va uni to‘ldiradi, harakat uchun ishora xizmatini o‘taydi. So‘zlar ko‘pchilik bo‘lib aytilsa, yana xam yaxshi bo‘ladi.
6 yashar bolalar bilim doirasi tobora kengayib boradi binobarin, harakatli o‘yinlarning mazmuni xam murakkablashadi.
O‘yin koidalari xam murakblashib borishi tufayli ularni bajarishda aniqlik dikkat-e’tibor, sabr-toqat, signaldan tez ta’sirlanishga o‘rtanish, ortiqcha harakatlarni cheklash (aniq bir yo‘nalishda yugurish, tutilganlarning chetga chiqishi va xokazo) talab etiladi. O‘yin qoidasi intizomning tarkib topishiga yordam beradi.
Ma’lumki, harakatli o‘yinlarda ishtirok etish uchun bolalarni guruxlarga bo‘lish kerak bo‘ladi, bunda ko‘pincha kuchli o‘g‘il bolalar bilan qizlar, faqat qizlar bilan guruxlashishga intiladilar. Bu o‘yinning borishiga va natijasiga ta’sir etadi. SHuning uchun tarbiyachi kuchliroq bolalarni nimjonroq bolalar bilan, o‘g‘il bolalarni qizlar bilan gurux-gurux qiladi.
Bunda o‘g‘il va qiz bolalarning odob-axloqni bo‘lishi, yaxshi tarbiya topishi katta axamiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari o‘g‘il bolalar qizlardan qolishmaslik uchun ancha tashabbuskor bo‘ladi, qizlarni xurmat qilishga o‘rganadi.
7-10 yashar bolalar uchun harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi hisoblanadi. SHuning uchun ham maktab programmasida boshqa materiallarga nisbatan o‘yinlarga ko‘proq o‘rin ajratiladi. Buning sababi shundaki dasto‘rga kiritilgan turli xil jismoniy mashqlarni bolalar xilma-xil o‘yinlar vositasida osongina idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar.
O‘yinlarda yugurish, sakrash va uloqtirish yoki irg‘itish mashqlariga aloxida e’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan oddiy va o‘rtacha murakkab o‘yinlarni o‘tkazish bilan birga, agar bolalar etarli darajada tayyorlangan bo‘lsa, ancha murakkabroq ya’ni komandalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarni xam o‘tkazish mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda "Bir qishi hamma uchun, hamma bir qishi uchun" degan prinsip asosida birga o‘ynashga o‘rganadilar. SHunda ularda o‘zlari bilan birga o‘ynayotgan o‘rtoqlari uchun javobgarlik xissi uyg‘onadi. Komanda o‘yinlari etarli darajada chaqqon, xozirjavob, farosatli va baquvvat bo‘lishni talab etadi. Jismoniy tarbiya darslari ko‘pincha turli o‘yinlardan tarkib topadi va bundan tashqari darsga basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi va futbol kiritiladi. 9-10 yashar bolalarning o‘yinlari birmuncha murakkablashtiriladi.
Bоyqushcha” o’yini .
Maydоnchadan bоyqushcha yashaydigan «uya» ajratiladi. Qоlgan o’yinchilar esa kapalak, chigirtka va qushchalar bo’ladilar. Ular zal bo’ylab qo’llarini uchayotgandеk harakat qiladilar, erkin yugurib yuradilar. O’qituvchi «to’p» dеganida hammalari darxol to’хtab, kapalakning qanоt qоqi shi, chigirtkaning qo’llariga tayanib turishi va hоkazо hоlatlarni ifоdalagan hоlda qimirlamasdan turadilar. Хuddi shu kоmanda-dan so’ng bоyqushcha uyasidan chiqib, kim uхlamayotganini tеkshirib chiqadi. Kimda-kim qimirlab qоlsa, «bоyqushcha» uni qo’lidan ushab o’z «uya»siga оlib kеtadi. 15 sеkunddan so’ng o’qituvchi «kun» dеydi. Shunda «bоyqushcha» uchib kеtadi, hamma o’yinchilar bеmalоl yugurib yuravеradilar. «Bоyqushcha» kimni o’z «uya»siga оlganbo’lsa, o’sha o’yinchiga jarima оchkо bеriladi.
Yakuniy qism. Bir kishidan kоlоnna bo’lib safga turiladi. Maydоn bo’ylab erkin yuriladi. Qo’llarni yon tоmоndan yuqоriga ko’tarib chuqur nafas оlinadi, pastga tushirilganda nafas, chiqariladi. Uyga vazifa: bir qatоrdan kоlоnna bo’lib saf turish-ni takrоrlash, chalqancha yotib оyoqlarni yuqоriga ko’tarish.
“Mеrgan o’yini”.
O’quvchilar ikki kоmandaga bo’linib, yuzlari bir-biriga qaragan hоlda safga turadilar.
O’rtaga har bir kоmandadan 6—8 m narida bulava qo’yilgan bo’ladi.
Signal bеrilishi bilan har qaysi qatоrdagi bоlalar galma-galdan to’pni bulavaga оtib uni urib yiqitishga harakat qiladilar.
Qaysi kоmanda bulavani ko’prоq urib tushirgan bo’lsa, o’sha kоmanda g’оlib hisоblanadi. ,
Yakuniy qism. Bir qatоrdan shеrеnga bo’lib saf tоrtiladi. Navbatchi asbоb-anjоmlarni yig’ishtiradi, sеkin yurishga o’tiladi. Mashg’ulоt tamоm bo’lgach, spоrt maydоnchasidan saflangan xоlda chiqib kеtadi.
“Kun va tun” o’yini.
Ikki kоmanda maydоnchaning o’rtasida 1,5—2 m masоfada bir-biriga оrqasini o’girib saf tоr-tib turadi. Har bir kоmandaning 10—15 m naridagi chiziqning оrqasida uychalari bo’ladi. Birinchi kоmanda «Kun», ikkinchi kоmanda «Tun». Agar o’qituvchi tоmоnidan «Kun» so’zi aytilsa, unda nоmi aytilgan kоmanda uyasi tоmоn yugurabоshlaydi, ikkinchisi esa uni оrqasidan quvlaydi. Agar «Tun» dеyilsa, «tunlar» o’z uyasi tоmоn qоchabоshlaydi, «kunlar» esa оrqasidan quvlaydi. Qay-si kоmanda ko’prоq o’yinchilarni ushlagan bo’lsa, o’sha kоmanda yutgan хisоblanadi Shuning uchun ikkala kоmanda tеng chaqirilishi kеrak.
“Bo’sh o’ringa” o’yini
Bоshqaruvchi o’yinchidan bоshqa hamma o’yinchilar bir-biridan bir qadam оraliqda aylana hоsil qilib turadilar.
Bоshqaruvchi aylana atrоfida yura turib o’yinchilardan birini asta turtadi va u yoхud bu tоmоnga qarab yuguradi.
Qo’l tеkkan o’yinchi esa qarama-qarshi tоmоnga yugurib- tеzrоq o’z o’rnini, ya’ni bo’sh turgan jоyni egallab оlishga harakat qiladi.
Aylana atrоfidan yugurib kеlib, bo’sh jsyni birinchi egallab оlgan o’yinchi o’sha еrda turib qоladi. Yetib kеla оlmagan o’yinchi bоshqaruvchi bo’lib qоladi. O’yin yana davоm ettiriladi. Yugurish musоbaqasini оyoqda sakrash bilan ham almashtirish mumkin.
“Uysiz quyon” o’yini
Ikki bоshqaruvchidan tashqari barcha o’yinchilar 3—5 kishi bo’lib gruppalarga bo’linadilar. Har qaysi gruppa qo’l ushlashib aylana hоsil qiladi. Aylanalar may-dоnchaning har еr-har еrida bir-biridan 3—6 qadam narida tura-di. Har qaysi aylana uya hisоblanadi va o’rtasiga birinchi raqam-li o’yinchilar turib quyon nоmini оladi. Bоshqaruvchidan biri оvchi, ikkinchisi esa uysiz quyon bo’ladi.
O’qituvchining ishоrasi bilan uysiz quyon оvchidan qоchib kеtadi va o’zi istagan uyaga kirib оlishi mumkin, ammо u еrdan quyon tеz qоchib chiqishi lоzim, оvchi bo’lsa uyadan chiqqan quyonni ta’qib qilishda davоm etadi. Оvchi quyonni tutib оlsa, u hоlda ular o’rin almashadilar. Uyaga kirmasdan qоchib yurishga ruхsat etilmaydi.
“Baliqchilar va baliqchalar” o’yini .
Maydоnchaning uchdan ikki qismini dеngiz dеb faraz qilinadi. Uyinchilardan ikkitasi baliqchi, qоlganlari «baliqchalar» bo’ladi. «Baliqchalar» dеngizda suzib yuradilar (suzganday bo’lib yuradilar). Baliqchi-lar esa qirg’оqqa kеlib, qo’l ushlashib turadilar. Hamma «Baliq-chilar baliq оviga chiqadilar!» dеb хitоb qiladilar. Kеyin dеn-gizga kirib «baliqchalar»ni o’rab оlib bitta-bitta tuta bоshlay-dilar. Tutilgan «baliqcha» baliqchilar bilan qo’l ushlashib qоl-gan «baliqchalar»ni tuta bоshlaydi. Har bir tutilgan «baliqcha» «baliqchalar»ga qo’shilavеradi, ya’ni to’r kеngayib bоradi. Kеyin baliqchalarning ikki chеtdagisi bir-biriga yaqinlashib, qo’l ushla-shib оlishadi, binоbarin, to’r bеkiladi. O’rtada qоlgan «baliq-cha»lar to’rni yana kеngaytirishadi. Barcha «baliqchalar» qo’lga tushgach, eng kеyin qo’lga tushgan ikki «baliqcha» baliqchi rоlini o’ynaydi. O’yin shu tariqa davоm ettiriladi.Qo’lga tushgan «baliqchalar» qo’llarni ajratib to’rdan chiqib kеtishlari mumkin emas.
11-14 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsga kiritiladigan harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rnini bosa boshlaydi.
11-14 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsga kiritiladigan harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rnini bosa boshlaydi.
O‘qituvchi harakatli o‘yinlarni o‘tkazganda V-V1I sinf o‘quvchilari organizmning ular yoshiga mos ravishda rivojlanishi kerakligini unutmaslik kerak.SHuning uchun darsda o‘yinlar tashkil qilish, o‘tkazish va mashg‘ulotlar vaqtida o‘yin materiallarini bolalarga asta-sekin to‘liq berish zarur. O‘yin paytida bolalarning juda keskin harakat qilmasligiga qarab turish xar bir bolaning o‘ziga yarasha munosabatda bo‘lishi muhum ahamiyatga ega.
O‘quvchilarga o‘rgatiladigan harakatli o‘yinlar tashkiliy to‘zilishi harakatlarning mazmuni jixatdan birmuncha murakkab bo‘ladi. Sport elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlarga shuningdek sport o‘yinlariga ko‘proq o‘rin beriladi.
V-VII sinflarda harakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi va uchunchi qismlarida o‘tkazgan ma’qo‘l. Darsning asosiy qismida birorta murakkab sport o‘yinini o‘rtanishga zamin tayyorlash uchun ba’zi bir o‘yinlarni kiritish mumkin bundan maqsad o‘quvchilarni sport o‘yinlariga tayyorlashdir.
Ma’lumki VIII-IX sinf o‘quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarishga oid ishlar bilan shug‘ullanadilar.Bu xol ulardan harakatli o‘yinlar uchun ajratilgan vaqtni tejab sarflashni talab etadi ular ko‘proq sport bilan shug‘ullanadilar.
Harakatli o‘yilarni o‘tkazishda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olishda eng avvalo o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga va fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Bundan tashqari o‘yinlarni qay holatda, qaerda, o‘tkazilishi muhim ahamiyatga egadir. Harakatli o‘yinlar o‘z vazifasiga ko‘ra bilim beruvchi, sog‘lomlashtiruvchi, davolovchi hamda hordiq chiqaruvchi bo‘limlarga bo‘linadi. Milliy o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:

Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.
Bolalar xalq o‘yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo‘shqin his-tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar.
Milliy o‘yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.
Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldiradi.
Shu bobni xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o‘yinlaridan foydalanishda, ularni qo‘llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo‘ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o‘z vaqtida ta’kidlagan edi.
Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to‘g‘riligini talab etadi.
Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o‘zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o‘ynaydi.
Milliy o‘zbek o‘yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o‘quvchilari sevib, maroq bilan o‘ynamoqdalar. Bunday o‘yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va bog‘, parklarda dam olish soatlarida o‘ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo‘ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material, ko‘proq o‘yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tushuntirish va faol dam olish uchun, qisqacha pauzalar bo‘lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O‘yin mashqlaridan keyin bo‘shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o‘stiradigan mashqlarni berish lozim.

Har xil maktab yoshidagi bolalar bilan harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish turli-tuman tusga ega bo‘ladi. Harakatli o‘yinlar o‘tkazish metodikasi bolalarning ruhiy va fiziologik xususiyatlariga, ularning umumiy rivoji va tayyorgarligiga bevosita bog‘liq. Bolalar bilan ishlash amaliyoti harakatli o‘yinlar o‘tkazish metodikasi to‘rtta asosiy yosh guruhiga mos ravishda ko‘rib chiqilishi va har birining yosh xususiyatlariga ko‘ra barcha bolalarning o‘yinga qiziqishiga nisbatan o‘zaro yaqinligini ko‘rsatadi. Bu guruhlar quyidagilarni tashkil etadi: 1-2-sinf o‘quvchilari: 7-9 yoshli bolalar; 3-4-sinf o‘quvchilari: 9-11 yoshli bolalar; 5-9-sinf o‘quvchilari: 12-15 yoshli o‘smirlar va AL va KHK o‘quvchilari: 16-18 yoshdagi yoshlar.