Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi fanining mazmuni va mohiyati bilan tanishib chiqish. Reja



Yüklə 34,91 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü34,91 Kb.
#149274
hayot faoiliyati xavfsizligi


Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi fanining mazmuni va mohiyati bilan tanishib chiqish.

Reja:

  1. Hayot faoliyati xavfsizligi fani haqida dastlabki tushunchalar.

  2. Hayot faoiliyati xavfsizligi fanining rivojlanish tarixi.

  3. Fanning mazmun va mohiyati.


Hayot faoliyati xavfsizligi — inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir. Hayot faoliyati — insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat faoliyati va dam olishi, ya’ni insoniyat yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash makonini, muhitini o‘zgartiradi. Shu sababli, “Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog'lanish va ta’sirni o‘rganadi. M a’lumki, inson o‘z faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish, shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin inson va muhit o‘rtasida o'zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. Shu sababli inson faoliyati ikki maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi: 1. 0 ‘z faoliyati davomida m a’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish. 2. Faoliyati davrida yuzaga keladigan k.o‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni x.avfsiz va zararsiz bo‘lishini ta’minlash. Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va salomatligiga zarar yetishi tushuniladi. Inson faoliyati davomida uning hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazuvchi har qanday holat, vaziyat, vositalar xavflar deyiladi. Xavflar ta’sirida inson sog‘ligiga zarar etadi, hayoti xavf ostida qoladi va organizmning m e’yoriy faoliyati qiyinlashadi. Hayot faoliyati xavfsizligi - maqsadga olib boruvchi yo‘l, uslub va vositalar majmuidir. U atrof-muhit va insoniyatga tahdid soluvchi xavflarning tabiatini, ularni yuzaga kelish va ta’sir etish qonuniyatlarini, xavflarni yuzaga kelishini oldini olish tadbirlarini, xavflardan himoyalanish usullari va xavf ta’sirida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganuvchi ilmiy bilimlar sohasi hisobianadi. 7 Hayot faoliyati xavfsizligi fa n i — inson hayotiy faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish va insonni texnosferadagi antropogen hamda tabiiy xavflardan himoyalashga qaratilgan tadbirlar majmui va vositalar tizimini o‘rganadi. Hayot faoliyati xavfsizligi - insonni texnosfera bilan qulay va o‘zaro xavfsiz ta’sirini o‘rganuvchi fandir. Inson uchun qulay va xavfsiz faoliyat sharoitini yaratish quyidagi vazifalarniyechishni talab etadi: 1. Xavflar identifikatsiyasi, ya’ni xavf manbalari, yuzaga kelish sabablarini soniy baholash va tahlil etish. 2. Iqtisodiy samarali yo‘llar asosida xavflarni bartaraf etish yoki xavfli va zararli omillar ta’sirini bartaraf etish. 3. Xavfii va zararli omillar ta’siri oqibatlarini bartaraf etish va mavjud xavflardan himoyalash. 4. Yashash muhitining qulay (“komfort”) holatini yaratish. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi amaliy vazifalarning asosiy yo‘nalishlari baxtsiz hodisalar sabablarini oldini olish va xavfli holatlarni yuzaga kelishini bartaraf etishdan iboratdir. Hayot faoliyati xavfsizligi insonning hayotida sodir bo ‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo ‘llarini о ‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi. Insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda, ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me’yorlar hamda ulami o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin to‘tadi. Fanining asosiy maqsadi insonning barcha ko’rinishdagi faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli omillar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llari, faoliyat xavfsizligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishdagi faoliyatida xavfsiz va sogMom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish orqali bakalavrlarning ijodiy-ilmiy kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Yuqoridagilarga mos holda bo‘lajak bakalavrlar fanni o'rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan o‘zlashtirishlari lozim: 8 -- inson faoliyat xavfsiziigini xarakterlovchi asosiy prinsiplar, uslublar va vositalar tizimi; -xavfsizlik tizimi. uning tahlili va optimallashtirish dasturlari. Faoliyat xavfsiziigini boshqarish yoMlari; - faoliyat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Flayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, qurilish va sanitariya me'yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar, ularni amalda hayotga tadbiq etish; -ishlab chiqarishda faoliyat xavfsiziigini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitiarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar ishlab chiqish; -ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari; -inson hayot faoliyati xavfsiziigini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqiash uslublari; -xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish yo‘llari; - sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha sanitargigienik tadbirlar ishlab chiqish; - ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashina-mexanizmlar, qurilmalar va moslamalardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari; -yo n g ‘in xavfsizligi: yong‘inning kelib chiqish sabablari, uning oldini oiish, yong‘inni o‘chirish texnika vositalariva usullari; -favqulodda hodisalar va tabiiy ofatlar vaqtida inson hayot faoliyati xavfsiziigini ta’minlash; - Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir mutaxassis fanni o‘rganish bilan quyidagi amaliy umumkasbiy kompetentlikka ega bo'lishlari lozim: -xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash; -hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish; -ishchi va xizmatchilarga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘- riqnomalar o‘tish va ularni hujjatlashtirish; 9 -malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash; - mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmaiar tuzish; -ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitar-gigienik bolatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va changlanganlik darajasi, shovqin va titrash. yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havo bosimi va b.) aniqlovchi asbobuskunalar va jihozlardan foydalana bilish; - o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish: - favqulodda vaziyatlarda qishloq xo’jalik obyektlarining barqarorligini baholash va tadbirlar ishlab chiqish; - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari jumladan, aloqa, axborotlashtirish va kommunikatsiya sohalari obyektlarida rahbar hamda ishchi-xodimlarni mehnat muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralari bo‘yicha o‘qitish hamda m a’naviy tayyorlash; -jarohatlanganda yoki shikastlanganda hamda favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko4rsatish. Asosiy tushuncha va ta’riflar Faoliyat - m a’lum darajada xo‘jalik samarasiga erishish maqsadida inson bilan tabiat hamda antropogen muhitning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir jarayonidir. X avf — tirik yoki o‘lik materiyaning insoniyat sog‘ligiga, tabiatga va material boyliklarga zarar yetkazuvchi, baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib keluvchi salbiy xususiyatlaridir1. Xavfsizlik - obyektga ta’sir etuvchi turli xil moddalar, materiallar, energiya va ma’lumotlar oqimini maksimal ruxsat etilgan miqdordan oshmaydigan holatidir. Har qanday xavf aniq bir obyektga ta’sir etgandagina real xavf hisoblanadi. Turli xil xavflar oqimidan himoyalanadigan obyekt deganda, atrof-m uhitning har qanday komponentini tushunish rnumkin, ya’ni: inson, jamiyat, davlat, tashkilot (korxona, muassasa), tabiat, dunyo, kosmos va b. 1 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford 0X 5 1GB, UK. ISBN: 978-0- 08-097070-7. 2011 /p 2-8. 10 Baxtsiz hodisalarning sababiari deb faoliyat davrida ma’lum shart-sharoitlar asosida yuzaga keladigan potensial xavflarga aytiladi yoki baxtsiz hodisalarning sababiari amaldagi xavfsizlik qonunqoidalari, me’yorlar, standartlar, nizomlar va boshqa shu kabi xavfsiziikni ta’minlovchi talablarni buzilishidir. Baxtsiz hodisalarning sababiari quyidagi turlarga bo‘linadi: texnikaviy; tashkiliy; sanitar-gigiyenik; psixofiziologik. Yashash (faoliyat) muhiti - inson hayoti, faoliyati, sog'ligi va nasliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, birdan yoki uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi xavfli omillar majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi. Xavfli omillar - fizikaviy, kimyoviy, biologik, psixofiziologik va ijtimoiy xarakterda bo‘ lishi mumkin. Yashash muhiti biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. Biosfera — yer yuzining litosfera (yerning ustki qatlami), gidrosfera (suv bilan qoplangan qismi), troposfera (atmosferaning pastki qatlami) dan iborat inson yashayotgan qismidir. Insonning o‘zgartiruvchan hayotiy faoliyati ta’sirida biosfera qismlarga ajraladi. Texnosfera - inson tomonidan biosferani o‘zining material va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga mos keltirish maqsadida turli xil texnik vositalar yordamida o‘zgartirilgan qismi (shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va b.) Hudud - biosfera yoki texnosferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘!gan chegarasi. Tabiiy muhit — m a’lum bir subyektning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoitlar va obyektlar majmui. Ijtimoiy muhit - inson o‘z ehtiyojlarini qondirish, tajriba va bilimlar orttirish, ularni o‘zaro almashish maqsadida tashkil etadigan va foydalanadigan muhit. Ishlab chiqarish muhiti - insonning mehnat faoliyati amalga oshadigan maydon. Insonning hayotiy faoliyat muhiti qulay (“komfort”), ruxsat etilgan, xavfli va favqulodda xavfli holatlarda bo‘lishi mumkin. Qulay muhit - insonning hayoti va sog‘ligi kafolatlangan, ish qobiliyati to‘liq ta’minlangan, salbiy ta’sir etuchi omillar bartaraf etilgan hayotiy faoliyat sharoitidir. 11 Ruxsat etilgan muhit - insonning ish qobiliyatini to‘liq namoyish etishi cheklangan, mehnat samaradorligini pasayishiga olib keluvchi, lekin faoliyat davrida ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillaming ruxsat etilgan miqdori ta’minlangan muhit. Xavfli muhit — ishlab chiqarish omillari inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etib, uzoq ta’sir etuvchi kasalliklarni yoki tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keluvchi muhit. Favqulodda xavfli muhit - ta’sir etuvchi omillar qisqa vaqt ichida turli xil jarohatlar yoki baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi va a tro f- muhitni buzilishiga olib kelish xavfi bilan tavsiflanadi. Noksosfera - doimiy yoki davriy xavf sodir bo‘ladigan yoki mavjud bo‘lgan maydon. Noksosfera maydonida xavfli va zararli omillar miqdori (darajasi) doimo ruxsat etilgan miqdordan katta bo‘ladi, Gomosfera — inson o‘z faoliyat jarayonlari davrida bo‘ladigan muhit, joy, maydon. Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi Insoniyatning uzoq o‘tmish hayotiy tajribasi har qanday faoliyat potensial xavfga ega ekanligini tasdiqlaydi. Albatta, bu tasdiq aksiomaviy xarakterga egadir. Vaholanki, xavf darajasini boshqarish va kamaytirish mumkin. Lekin, qanday vaziyatda bo‘lmasin absolyut xavfsizlikga erishib bo‘lmaydi. Xavfsizlik - ma’lum darajada xavf tug'ilishi bartaraf etilgan faoliyat vaziyati, ya’ni faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlardan biridir. Hayot faoliyati xavfsizligi esa inson hayotiy faoliyati xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan vositalar, usullar majmuidir. Demak, inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning faoliyat jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rganishni talab etadi.Shu sababli inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384-322-yilIarda ijod qilgan Aristotel, eramizdan oldingi 460-377~yillarda Arisfotd (384-322) 12 yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi Tiklanish davming buyuktaniqli olimi Paratsels (1493—1541 -yv.) tog‘ ishlarini bajarishda yuzaga keladigan xavfli omillarni o‘rganib chiqqan. U o‘z asarlarida «Barcha moddalar zahardir va barcha moddalar doridannon hamdir. Faqat bir m e’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’­ yor esa uni dori-darmonga aylantiradi» deb yozadi. Nemis olimi Agrikol (1494-1555- yy) o‘zining «Tog‘ ishlari haqida» nomli asarida, shuningdek, italyan vrachi Ramatsin (1633-1714-yy), rus olimi M.V.LomoGippokrat (460-377) nosov (1711—1765-yy) o‘z asarlarida mehnat muhofazasi masalalariga katta e’tibor qaratgan. XIX asrda sanoatni intensiv rivojlanishi natijasida mehnat muhofazasi muommolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan bir qancha olimlar etishib chiqdi. Jumladan, V.L.Kirpichev (1845-1913-yy), A.A.Press (1857-1930-yy), D.P.Nikoskiy (1855-1918-yy), VA.Levitskiy (1867—193 6-yy), A . A . S kochins kiy (1874-1960-yy), S.I.Kaplun (1897-1943-yy) shular jumlasidandir. Yuqorida ta’kidlanganidek, mehnat xavfsiziigini ta’minlash qadimgi davrdan hozirgi kungacha inson faoliyatining muhim tomonlaridan biri hisoblanib kelindi. Inson imkon qadar o‘zining ilmiy va amaliy faoliyatida doimo o‘z xavfsiziigini ta’minlashga harakat qildi. Shu sababli, «Hayot faoliyati xavfsizligi» mustaqil fan sifatida shakilandi va o‘z nazariyasiga, metodiga hamda prinsiplariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani mehnat muhofazasi, muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigienasi, antropometriya, ergonomika, texnikaviy estetika kabi fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan obyektlarining turi, ya’ni, «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashina-muhit» tizimlari bilan farq qiladi. Birinchi turdagi tizimSar qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi qonuniyatlarini mehnat gigienasi o‘rganadi. «Inson-mashina-muhit» qonuniyatlari esa ergonomikaning asosiy tadbiq obyekti hisoblanadi. Lekin, real ishlab chiqarish sha- ! 3 roitida barcha turdagi bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga keladi va shu sababli inson o‘z mehnat faoliyatida bir necha omillar bilan bog‘lanadi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shu sababli, ishlab chiqarish sharoitida umumlashgan xavfli va zararli omiilarning inson sog1 iig' i va mehnat qobiliyatiga birgalikdagi ta’sirini alohida mustaqil fan - «Mehnat muhofazasi» o'rganadi. Mehnat muhofazasi - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatini saqlanishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitargigienik va davolash profilaktika tadbirlar hamda vositalar tizimidan iboratdir. Vaholanki, inson ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatidan tashqari vaqtda ham turli xil xavfli omillar ta’sirida yashaydi. Shunga mos holda «Hayot faoliyat xavfsizligi» fanining obyekti nafaqat insonning mehnat faoliyati, balki uning butun hayoti davridagi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, sanitariya-gigienik, texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va davolash profilaktika tadbirlari hamda vositalari majmuidan iboratdir. M ashg‘ulot maqsadi: Faning maqsadi hayot faoliyat xavfsizligi asoslarini tushuntirish, xavflaming kelib chiqishi sabablari, xavfxatarlar haqida tushuncha, xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari haqida ma’lumot berish, hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘qitishdan asosiy maqsad inson va tabiiy atrof-muhitni antropogen va tabiiy faktorlardan xavfsizligi va muhofazalanganligini ta’minlashdan iborat. Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) tushunchasi ko‘p uchraydigan ta’riflar bilan belgilanib, fan sifatida 80 -yillar boshida shakliangan. Inson - tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida faoliyat ko‘rsatadi. HFX fanining o‘rganish obyekti - «inson - mashina - atrof-muhit» sistemasida vujudga keladigan inson va atrof-muhitga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon va hodisalar kompleksidan iborat. Hayot faoliyati xavfsizligining predmeti sifatida biosfera va texnosferada vujudga keladigan xavfli va zararli omillar; insonlarning anatomo-fiziologik xossalarini atrof-muhit xavfli va zararli omillarni tinchlik va favqulodda holatlarda ta’sirini baholash; atrof-muhit muhofazalanganligi va qulay va xavfsiz hayot faoliyati sharoitlarini yaratish vositalarini shakllantirish; hayot faoliyati xavf14 sizligini ta’minlash huquqiy va tashkiliy asoslaridan iborat. Faoliyat jarayoni modeli ikki eiementdan. ya’ni inson va muhit orasidagi to‘g‘ri va teskari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Teskari munosabatlar moddiy dunyoning qarama-qarshilik umumiy qonunlaridan kelib chiqadi. «Inson - muhit» sistemasi ikki maqsadli bo‘ladi: 1) aniq bir natijaga erishish 2) ko‘ngilsiz hodisalarni chiqarib tashlash (inson sog‘lig‘iga va hayotiga ziyon bo‘lgan yong‘inlar, falokatlar). Shularning kelib chiqishi va shunga o‘xshash hodisalar oqibatida kelib chiqadigan natija xavf deb ataiadi. Har yili 200 dan ortiq odamlar ish joyida vafot etishadi va yuz ming kishidan ko‘prog'i esa aynan ish jarayonida jarohat olishadi. Xavflar - yashirin va haqiqiy bo‘ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo‘lishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataiadi. Xavf va sabablarni misollarda ko‘rish mumkin; 1. So‘nggi 30 yil iehida tabiiy ofatlar ikki marta ko‘paygan. 2. 1909-yildan 1974-yilgacha asab kasalliklar 24 marta ko‘- paygan. 3. Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bo‘lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz hodisa natijasida bo‘lgan. Xavflar kelib chiqishi bo‘yieha; tabiiy, texnik, antropogen. ekologik va aralash bo'ladi. Rasmiy standartga asoslanib xavflar hili bo‘yicha fizik, kimyoviy,biologik va ruhiy turlarga bo‘linadi. Kelib chiqadigan oqibatlari bo‘yicha — charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong‘inlar va o‘limga olib boradigan xavflarga farqlanadi. Xavfni narnoyon boMadigan muhiti bo'yicha - maishiy, sport, yo'l transport, ishlab chiqarish va harbiy xavf turlariga bo‘linadi. Xavfsizlik sistemasi - bu xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo‘llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig‘indisidir. Sodir bo‘ladigan xavflar bilan sabablar o‘rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. 0 ‘z yo‘Hda bir sabab ikkinchisi sababiy oqibat bo‘lib chiqadi. Shunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon sistema yaratadi. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy vazifalaridan biri xavfsizlik darajasini mumkin qadar oshirishdan iboratdir. Ushbu vazifa quyidagi uch xil yo‘nalishdagi tadbirlar orqali amalga oshirilishi mumkin: 15 1. Texnik sistemalar va obyektlarni takomillashtirish. 2. Yuqori malakali mutaxassislar va kadrlarni tayyorlash. 3. Favqulodda holatlarni bartaraf etish. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositaiarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy hirnoya vositalari kiradi. Ular o‘z yo‘lida xavflarning turiga, tuzilishiga, ishlatish sohasiga nisbatan guruhlarga bo‘linadi. Xavfsizlikni ta’minlovchi prinsiplar turli xil bo'lib, ularni belgilariga qarab yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqarish kabi guruhlarga ajratish mumkin. Quyida ayrim prinsiplarni m a’nosi bilan tanishib chiqamiz. M e’vorlash prinsipi - insonni turli xil xavflardan himoyalash maqsadida, standart asosida xavfli va zararli faktorlarning ruxsat etilgan miqdorlarini o‘rnat.ish demakdir. Masalan, ruxsat etilgan miqdor (REM), ruxsat etilgan daraja (RED), qo‘lda ko‘tarish yuk me’yori, ish vaqti m e’yori va boshqalar. Bo‘sh zaif (zveno) prinsipi. Texnik sistemaning xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida unga zaif element o‘rnatiladi, ya’ni belgilangan ko‘rsatkich me’yoridan oshgach birinchi navbatda to‘xtaydi va natijada xavf bartaraf etiladi. Bularga saqlash klapanlarini, elektr saqlagichlarini («predoxranitel») va muftalarni misol keltirish mumkin. M a’lumot berish prinsipi. Ishchiga ish davrida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yo‘l-yo'riqlar, ko'rsatmalar berishga asoslangan. Bunga kurs o‘qishlari, yo'riqnomalar («instruktaj») o‘tish, xavfsizlik belgilar, ogohlantiruvchi belgilar va boshqalar kiradi. Tasniflash prinsipida obyektlarni xavflilik darajasiga bog‘liq holda sinflarga yoki kategoriyalarga ajratish tushuniladi. Masalan, sanitar-himoya zonalari (5 sinfga ajratilgan), portlash-yonish xavfliligi bo‘yicha ishiab chiqarish binolarining kategoriyalri (A,B, V,G,D), yong‘in zonalari va boshqalar. Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy - iqtisodiy xavfsizlikni oshirib. shu bilan birga aholi salomatligi uchun bo‘lganidek, atrofmuhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga kelishiga olib keldi. Xavfli va zararli omillarni ta’siri natijasi jarohatlanish, og‘ir kasalliklar, avariyalar va ofatlar soni ortishini ko‘rsatadi. Sanoat 16 ishlab chiqarish korxonalarida barcha xavfli va zararli omillarni kuzatish mumkin. Hayot xavfsizligi da anglash vositalari sifatida: kuzatuv, modellashtirish, eksperiment, matematik statistika, analiz, sintez va prognozlashtirish hisoblanadi. Inson o‘z mehnat faoliyati jarayonida bo'ladigan fazo - ish joyi gomosfera deb ataiadi. Doimiy yoki davriy ravishda xavf sodir bo‘ladigan zona - fazoni noksosfera deyiladi. Faoliyat davrida xavfsizlikni ta’minlash uslublarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin: 1. Gomosfera va noksosferani fazoviy va (yoki) vaqt bo‘yicha. ajratishga asoslangan uslub, bu asosan masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish va boshqa tashkiliy tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 2. Xavfni bartaraf etish orqali noksosferani m e’yorlashtirish uslubi. Bu usulga ishchilarning shovqin, gazlar, changlar ta’sirida, jarohatlanishdan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmui va kollektiv himoya vositalari kiradi. 3. Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishiga, ma’lum muhitda insonni hirnovaiash darajasini oshirishga qaratilgan usullar va vositalar majmui. Bu uslub ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘- yicha o‘qitish, shaxsiy himoya vositalari (SHHV) dan foydalanish, psixologik ta’sir etish va boshqa shu kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Mehnat muhofazasi borasida asosiy vazifalar - ishlab chiqarish jarohatlari, kasbiy xastaliklarning oldini olish hamda butun dunyoda mehnat sharoitiarini yaxshilashdan iborat. Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar mehnat xavfsizligi standartlariga muvofiq, ta’sir ko‘rsatish tabiatiga ko‘ra fizik, kimyoviy, biologik, psixofiziologik omillarga ajratiladi. Hayot faoliyati xavfsizligi negizini uchta mustaqil fan tashkil qiladi: mehnatni muhofaza qilish (ishlab chiqarish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, mehnat qonuniyatlari, yong‘in xavfsizligi), ekologiya-atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolar mudofaasi (favqulodda holatlar) fanlari. Har bir rahbar, har bir lbvqyiydfta vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining xodimi texncageiV'tablTy va^"' ekologik favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berishni, tezlik bilan tegishli qaroHar qabul qilishni, qidiruv-qutqaruv va shoshilinch ishlarni o‘tkazishda boshqaruvni amalga oshirish yo‘llarini bilishi va bu borada yuqori malakaga ega bo‘lrnog‘i kerak. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng 1996-yil 4- martdagi PF-1378-sonli Prezident Farmoni bilan Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil etildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri ham favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti, sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y harakatlari majmuidan iborat. Favqulodda vaziyatlarm oldini olish — oidindan o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y berganda esa odamlar sogTig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat. Favqulodda vaziyatlarm bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda o‘tkazilib, odamlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar sodir bo‘Igan zonalarni xalqaga olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar majmuidan iborat. Favqulodda vaziyatlar sharoitlarida hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun ularning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek inson va uning turmush tarziga ta’sirini bilish zarur.
Yüklə 34,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin