MASHG’ULOT NOMI: Nutqni rivojlantirish
MAVZU: Hayvonlar va qushlar dunyosi bilan do’stlashamiz
GURUH: O’rta
TA’LIMIY MAQSAD: Bolajonlarni hayvonlar va qushlar haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish. Hayvonot va qushlar dunyosi bilan tanishtirish, ularni nomini to’g’ri aytishga o’rgatish. Mavzuga oid she’rlar,topishmoqlar va tez aytishlarni yod olishga o’rgatish.
TARBIYAVIY MAQSAD: Bolalarni hayvonot va qushlar dunyosiga qiziqtirish,ularni oziqlantirish va parvarishlash,tabiatni sevish va asrab avaylash
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD: Bolalarni hayvonot dunyosi bilan tanishtirishda ularni ikki guruhga bo’linishi ( yovvoyi va uy hayvonlar ), qushlarni nimalar bilan oziqlanishi va ular haqidagi tasavvurlarini boyitish, lug’at boyligini oshirish.
KERAKLI JIHOZLAR: Hayvonlar va qushlarning syujetli va predmetli rasmlari va magnitli doska,haykalchalar va ajoyib xaltacha.
METOD VA USULLAR: Og'zaki tushuntirish, klaster,ko’rgazmalilik va savol-javob.
MASHG’ULOTNING BORISHI:
TARBIYACHI: Bolajonlar,biz hozir sizlar bilan hayonot va qushlar dunyosiga sayohat qilamiz.Har bir bolaning qo’liga hayvonlar va qushlar rasmlari beriladi.
1. Bolajonlar rasmdagi hayvonlar va qushlar haqida nimalarni bilasiz?
2. Biz bu hayvonlar va qushlarni qayerlarda uchratamiz?
3. Hayvonlar va qushlar nimalar bilan oziqlanadilar?
4. Uy hayvonlariga qaysi hayvonlar kiradi?
5. Yovvoyi hayvonlarga misol keltiring?
Bolajonlarni hayvonlar va qushlar haqidagi tushunchalari shu kabi savollar bilan aniqlanadi va mustahkamlab boriladi
TARBIYACHI: Bolajonlar hayvonlar va qushlar bizning do'stimiz hisoblanadi, chunki ularning bolalarini ham yoqtiramiz to'g'rimi?
Endi sizlar bilan birgalikda hayvonlar va qushlarni bolalarini birgalikda topamiz
Tarbiyachi bolalarni hayvonlar va qushlar rasmi va nomlari bilan tanishtiradi. Tarbiyachi rasmdagi she’rlarni oldin o’zi aytadi so’ng, bolajonlarga ham aytishni taklif qiladi
JISMONIY DAQIQALAR: SHOXDOR ECHKI
Shohdor echki kelmoqda,
Bolalarni ko’rmoqchi.
Kim ichmasa sutini,
Kim yemasa oshini,
Suzib oladi uni.
Biz o’rmonga boramiz,
Yelkamizda boltamiz.
1,2,3,4,5,6,7, ketdi
Ufff charchadikkk !!!
MASHG’ULOTNING YAKUNIY QISMI:
Tarbiyachi mashg’ulotni mustahkamlash uchun “Ajoyib xaltacha” o’yinidan foydalanamiz. Bunda bolajonlar orasidan bittadan ishtirokchi chiqariladi va ajoyib xaltachani ichiga solingan hayvonlar va qushlar haykalchalarini olib nomini, rangini, uy yoki yovvoyi hayvon ekanligini, hayvon yoki qushlarni nimalar bilan oziqlanishi haqida ma’lumot beradi. Qolgan ishtirokchilar ham navbat bilan chiqadi.
Tarbiyachi bolalarning topshiriqlarni qanday qilib bajarishini nazorat qilib boradi. To’g’ri bajargan bolalarga yulduzchalar berib rag’batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |