Mavzu: Hind musulmon tarixnavislik maktabi



Yüklə 11,81 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü11,81 Kb.
#186494
Nishonova Zarnigor. islom manbashunosligi va tarixnavisligi. 11-amaliy mashg‘ulot.


Nishonova Zarnigor.
Islom manbashunosligi va tarixnavisligi. 11 amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Hind musulmon tarixnavislik maktabi.
Gulbadan begim Zahiriddin Muhammad Boburshohning Dildor begim nomli xotinidan tug‘ilgan uchinchi qizidir. Gulbadan begim 1523 yili Kobulda tug‘ilgan. Uning onasi Dildor begimning haqiqiy ismi — Soliha Sulton begim bo‘lib, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoping amakisi Sulton Mahmud Mirzoning qizi edi. Gulbadan begim otasn Bobur podshohning farmoniga ko‘ra katta onasi, ya’ni Humoyun Mirzoning onasi — Mohim begim qo‘lida tarbiyalanadi. Mohim begim Bobur podshohning eng sevikli katta xotini, hukmdorning xotinlari orasida eng oqila va bilimdoni edi. Binobarin, 1525 yili Gulbadan begimni Mohim begim o‘z tarbiyasiga oladi. Gulbadan begim har ikkala onasini ham samimiy e’zozlagan. U o‘z asarida onasini «Dildor begim» deb, Mohim begimni esa «onam hazratlari» deb tilga oladi.
Gulbadan begim 1529 yilgacha Kobulda yashaydi. Bobur Hindistonni qo‘lga kiritgach, Mohim begim bilan birga podshoh otasining huzuriga—Agraga boradi. Otasi Bobur vafotidan so‘ng, akasi Humoyun podshoh saroyida yashaydi. 1539 yilda Gulbadan begimni Xizr Xo‘jaxonga turmushga chiqaradilar. U bir o‘g‘il ko‘radi, ismini Saodatyor deb ataydilar. 1556 yili Humoyun podshoh vafotidan so‘ng saltanat taxtiga uning o‘g‘li Jaloliddin Akbarshoh (1542—1605) o‘tirgach, shohning onasi Hamida bonu bilan Gulbadan begim saroyga — Dehliga qaytib keladilar. Ana shundan so‘ng, Gulbadan begim to umrining oxirigacha jiyani Akbar podshoh saroyida yashaydi.
Gulbadan begim o‘z zamonasining oqila, donishmand ayollaridan edi. U jiyani Jaloliddin Akbar podshohning «Firdavs makon va jannat oshyon Hazrat haqidagi voqealardan nimaiki bilsangiz, yozingiz»,— degan ishorasiga muvofiq, «Humoyunnoma» nomli ajoyib va muhim tarixiy asarini yozishga kirishadi. «Humoyunnoma» Bobur podshoh bilan Humoyun podshohning hayot tarzi va sarguzashtlarining muxtasar tarixi bo‘lib, mantiqan «Boburnoma»ning davomidir. Bu asarning muhimligi yana shundaki, «Boburnoma» asaridagi ayrim voqealarning kelib chiqish sabablari mukammal ochib beriladi.
Gulbadan begim o‘z asarida saroy ahlining hayot tarzi, shuningdek, tarixiy asarlarda uchramaydigan Bobur podshoh xonadonining nozik xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, to‘y va aza bilan bog‘liq udumlar, uy-ro‘zg‘or asboblari, kiyim-kechak turlari kabi jihozlar haqida mufassal hikoya qiladi. Ammo, afsuski, asarning oxirgi qismi o‘sha zamonning suronli yillarida yo‘qolib ketgan.
Mir Mahdi Mirzoning «Tazkirat ul-havotin» asarida keltirilgan «Sevgisiz hayotda ma’no yo‘q» mazmunidagi ikki baytiga qaraganda, Gulbadan begimning g‘azaliyotdan ham xabari bo‘lgan.
«Akbarnoma» asarining muallifi Abul Fazlning bergan ma’lumotiga qaraganda, 1575 yilda Gulbadan begim Ka’batullo ziyoratiga jo‘nab ketadi va 1582 yilda ko‘p qiyinchiliklar bilan ziyoratgohdan qaytib keladi. Abul Fazlning yozishicha, Gulbadan begim 1603 yilda 80 yoshida vafot etadi. Akbar podshoh uni katta hurmat va ehtirom bilan dafn etdiradi. Akbar podshohning o‘zi Gulbadan begim tobutini o‘g‘il sifatida ko‘tarib, dafn marosimida o‘g‘illik burchini e’timomiga yetkazadi. Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarida Humoyun obrazi samimiy bir mehr bilan tasvirlangan. Uning ta'kidlashicha, "Firdavsmakon hazrat (Boburshoh) vafotlaridan keyin jannat oshiyon (Humoyunshoh) o'n ikki yil davomida Hindistonda hukmron bo'ldilar. Fuqaro tinchlik va osoyishtalikda umrguzaronlik qildi, u kishiga bo'ysunib, itoatda bo'ldi. Humoyun hukmdorligining birinchi kunlaridanoq otasi Boburshoh "saltanat tashvishlari" deb ataydigan holatga duch keldi. Uning hayoti o'zi tasavvur qila olmaydigan janglar, isyon va xoinliklarga qarshi kurashlarga to'la holda o'tdi. Ukalarining tinimsiz xiyonatlari uni charchatdi. Boburning vasiyatiga ko'ra taxt masalasi temuriylar an'anasiga ko'ra hal qilinishi lozim edi. Bu udumga ko'ra davlat boshlig'i vafot etgach, uning mulki farzandlar o'rtasida taqsimlab berilishi kerak edi. Lekin Humoyun uchun bu udumni amalda tatbiq etish oson kechmadi. Otasining: "Ukalaring jazoga loyiq ish qilsalar ham, ularga qarshi chora ko'rmagin", degan vasiyati uning hamisha yodida bo'ldi. Gulbadanning ta'kidlashicha, Humoyun taxtga o'tirgach, ota bir, ona boshqa ukasi Komron mirzoga Panjob viloyatini berib, uni Kandahor va Qobulga hokim etdi, Askariy mirzoga Mo'lton viloyatini, Hindol mirzoga Mevor viloyatini, Gujaratni in'om qildi. Asarda tasvirlanishicha, Humoyun juda ko'ngilchan, chetdan qaraganda, umuman aql bovar qilmaydigan darajada soddadil va ishonuvchan inson edi. Masalan, u haqiqiy do'stlarim deb yurgan Gujarot sultoni Bahodirshoh va afg' on sulolasidan bo'lmish Shershohlar, aksincha, o'zining ashaddiy dushmanlari ekanini anglagach, hayratdan yoqa ushlagan ekan. Keyinroq ularga qarshi bir necha bor shiddatli janglar ham olib borishga to'g'ri kelgan. Shuni alohida aytish kerakki, Humoyun otasi olib borgan janglarda ham faol qatnashib, qahramonliklar ko'rsatgan. Oxirgi janglaridan birida u yengib bo'lmas qal'a deb hisoblangan Champanyor qal'asini to'rt oy qamal qilib taslim etdi. U tunda qal'a devori ustidan oshib o'tib, darvozabonlarni darvozalarni ochishga majbur qilgan edi. Qal'a devori ustidan hujum qilib turgan paytda himoya chilarning o'qlari tinimsiz yog' ilib turgan paytda qal'aning xarsang toshdan tiklangan qoyali devoriga saksonta baquvvat qoziqlar qoqish va ularga tayanib chiqishga erishgani uning jasorat va matonatini ko'rsatadi. Devordan dastlab oshib o'tgan qirq yigitning ichida Humoyun ha m bor edi. Ana shunday shonli g'alabadan keyin u o'z harbiy mavqeyini mustahkamlab, shiddat bilan ilgarilash o'rniga, zabt etilgan saroyda haftalab, ba'zan oylab maishatga berilar, ovga chiqar, ziyofat va bazmlar uyushtirar, g'azalxonlik va mayxo'rlik qilar edi. Bu esa, tabiiyki, uni beg'am kishiga aylantirib qo'yar edi. Humoyun onasini juda e'zozlar edi. Humoyunni Gulbadan bilan bog' lab turgan rishta ham shu edi. "Otam va onam vafotlaridan keyin bu siniq ko'ngilni ko'tarish uchun shunday niyat qildilar va bu bechora haqirga shunday behad shafqat ko'rsatdilarki, yetimligim va yolg'izligimni aslo sezmadim" deya yozadi Gulbadan begim. Humoyunning taxtga o'tirganiga bir yil to'lishi munosabati bilan berilgan ziyofatlarning biri Gulbadanda shunday taassurot qoldirganki, u bazmda o'tirgan begimlar va sultonlarning ism-shariflarini nomma-nom sanab o'tadi:" Xonaning to'rida onam(Mohim) to'yda inoyat qilmish javohir bilan bezalgan taxt qo'yilgan, uning oldiga zardo'zi to'shak tashlangan edi. Podshoh hazratlari va onajonim (Xonzoda) taxtning oldidagi bir to'shakka o'tirdilar. Onajonimning o'ng qo'llarida ularning ammalari, Sulton Abusaid, mirzoning qizlari Faxr Jahonbegim, Badiul Jamolbegim, Oqbegim, Sulton Baxtbegim, Gavharshodbegim va Xadicha Sultonbegim o'tirdilar. Boshqa to'shakda bizning ammalarimiz-firdavsmakon (Bobur) hazratlarining opa-singillari bo'lmish Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, SultonСимволов Точка: 3." Gulbadan Humoyun qurdirgan "Tilsim saroyi"ni tasvirlar ekan shunday deb yozadi: Ikkinchi xona "Saodat uyi" deb atalar edi. Bu uyda joynamoz, kitoblar, oltin suvi bilan oro berilgan qalamdon, chiroyli juzdon, nozik ra smlar solingan albom va xush xatlar saqlanar edi" O'zining nazmga bo'lgan ixlosi tufayli Humoyun bu kutubxonani ko'z qorachig'idek asrar edi. Unga asqotgan duolardan biri shu bo'ldiki, keyinroq u jangda mag'lub bo'lib, qo'shini tarqab ketib, mol-muklidan ayrilib, kimsasiz cho'lda daydib yurgan kezlarida qa rshisidan bir nortuya chiqib qoladi, uning ustiga ortilgan xurshundagi molar esa o'zining eng qimmatbaho noyob kitoblari bo'lib chiqadi. Humoyun ana shunday kitobni sevadigan, ko'ngli toza inson edi. Asarda Humoyun, tadbirli, go'zal xulqli inson sifatida gavdalanadi: "Tangri u kishi (Humoyun)ning muborak dillariga shu yanglig' ixtirolarni soldiki, buni kim ko'rsa, taaajjublanib, hayratda qolar edi. Hukmdorligining ilk yillaridayoq Humoyun yangi poytaxt-Dehlini bunyod etish uchun qurilish ishlarini boshlab yuboradi. Seshanba va payshanba kunlari devonda davlat ahamiyatiga molik masalalar saroy a'yonlari bilan muhokama etilardi. Humoyun Agrada turgan kunlarda ko'pincha shahar tashqarisida shikor va bazmlar uchun bazmgohlar qurdiradi. Boburshohning bevalari va bolalari uchun Humoyun haramida to'rdan joy qilinardi. 1534-yilning fevral oyida Humoyunshoh isyonkor Bahodirshohga qarshi qo'shin tortadi. Jangda mag'lub bo'lgan Bahodirshoh chekinib, Champanyor qal'asiga yashirinadi. Humoyun qal'a devoridan oshib o'tib, qahramonona jasoratini namoyish etadi. Asarda Humoyunning qilgan janglari va u janglarda ko'rsatgan mardliklari, jasorati betakrorona tasvirlangan. U toʻliq tugallanmagan. Abulfazl Allomiy "Akbarnoma" asarida "Humoyunnoma" dan keng foydalangan. Humoyunnomani A.S. Beverij ingliz tiliga, S. Azimjonova oʻzbek tiliga tarjima qilgan., Окно, редактирования
Yüklə 11,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin