Iqtisodiy taraqqiyot 1923-1927 y. 1923 – 1927 yillarda Hindistonda iqtisodiyot rivojlanadi. Fabrikalar soni 1,5 barovar ko‘paydi. Hind sarmoyadorlariga foyda olish imkoniyati uchun qattiq kurash olib borishga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa to‘qimachilik sohasida qattiq raqobatchilik kurashi ketardi. Urush yillarida chetdan gazlama keltirish kamayishi bilan mahalliy gazlamalarga ehtiyoj oshgan bo‘lsa, 1922 yildan keyin chetdan gazlama keltirish yana kuchaydi. Angliya hukumati Hindiston bilan savdo qiluvchi ingliz kapitalistlariga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida rupiya kursini oshirdi. Hind sarmoyadorlarining chetdan keltiriladigan tovarlarga boj solig‘ini ko‘paytirish to‘g‘risidagi talablari rad etildi. Shunday qilib monopoliyalari urush davrida birmuncha bo‘shashgan mavqeilarini yana mustahkamlab oldilar. 1923 yilda Hindistonda antiimperialistik harakat susayib ingliz ma’murlari haraktaini ko‘pchilik ishtirokchilarini qamoqqa oldilar. Milliy Kongres tashkilotlari tor mor etildi. Milliy Kongres partiyasining a’zolari ko‘tarilishi davridagi 10 mln. kishidan 1923 yilda bir necha kishiga tushib ketdi. Mustamlaka ma’murlari o‘zlarining yozuvlaricha siyosatlarini ya’ni musulmonlarni – induslarga gij – gijlash siyosatlarini yana amalga oshiradilar. Ingliz – hind ma’murlarining ig‘vogarliklari bilan 1923 yilda musulmonlar bilan induslar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanadi. Musulmon ligasi induslarni islomga kiritish kompaniyasini avj oldirdi. Ayni vaqtda reaksion indus tashkiloti Hindu Maxasabxa Hindistonni butun aholisini induizmga kiritishni targ‘ib qildi. Diniy adovatni kuchayishi umumhindiston milliy ozodlik harakatini pasayishining ochiq belgisi edi. 1923- 1927 yillarda oldingi davrga nisbatan stachkalar soni kamaydi, lekin ularni o‘tkazishda ancha tashkiliy, uyushqoqlik tendensiyasi kuzatildi. 1923 yilda Ahmadobod ip gazlama fabrikasida ishchilarning yirik ish tashlashi bo‘ldi, 1924 yili Bombey to‘qimachilari ish haqini pasaytirishga qarshi 160 ming kishilik ish tashlash uyushtirdilar. 1925 yili Bombeyning 152 ming ishchilari yangidan ish haqini tushirilishiga qarshilk ko‘rsatib 3 oy mobaynida ish tashladilar. Yirik ish tashlashlar shuningdek Hindistonning temir yo‘llarida ham ruy berdi. Xindistonda kasaba uyuo‘malari ko‘payib bordi. 1926 yilning oxirida 200 dan oshiq kasaba uyushmalari bo‘lib ularda 300 mingdan oshiq a’zo bor edi. Kasaba uyushmalari ishida kommunistlar faol ishtirok etdilar. 1925 yili kommunistlar va inqilobiy kayfiyatdagi millatparvar Bengaliyada ishchi- dehqon partiyasini tuzdilar. 1927 yilda Bombeyda ham ishchi dehqon partiyasi tuzildi. U kasaba uyushmalarida faol ish olib bordi. Ularga ishchilarning jalb etilishida faoliyat yurgazdi. Yangi inqilobiy kasaba uyushmalarini tuzishda qatnashdi. Partiya organi “Krakti” – inqilob deb atalardi. Penjobda ham ishchi dehqon partiyasi tuzildi. Ishchi - dehqonlar partiyalari nafaqat kommunistlar rahbarligi ostida balki mayda burjua inqilobchi vatanparvarlar rahbarligi ostida edilar. Bu ularning dasturiy hujjatlari va ular faoliyatida o‘z aksini topar edi. Umuman ular Hindistonda ishchi – dehqon harakati rivojida ijobiy rol o‘ynadilar.