XKP ning tuzilishi. Yagona kommunistik partiya tuzishni zarurligi hind ishchilarining ilg‘or qismi tomonidan 1929- 1930 yillarda anglab yetildi. O‘sha vaqtda kompartiyaning faoliyat platformasi e’lon qilingan edi. Lekin bir qancha obyektiv sabalar kommunistik partiyaning tashkiliy rasmiylashuviga halaqit qilib kelard. Uning tashkil etilishida Mirut jarayoni ma’lum rol o‘ynadi, uni qamoqqa olingan kommunistlar mustamlakachilik tuzumini fosh etish minbariga aylantirilgan edilar. Mirut jarayoni minbaridan kommunistlarni ochiq chiqishlari keng antiimperialistik kurash sharoitida ishchilarning ilg‘or qismi , dehqonlar va ziyolilarning e’tiborini qozonishga yordam berdi. 1933 yil yanvarda Mirut maxbuslarini ishi bo‘yicha xukm e’lon qilindi. Muzaffar Ahmad o‘lim jazosiga , qolgan sudlanuvchilar turli muddat katarg‘a ishlariga hukm qilindilar. Bu hukm Hindistonda , shuningdek, Angliya va boshqa davlatlarda norozilik uyg‘otdi. Javoxarlal neru boshchiligida mirut maxbuslarini himoya qilish bo‘yicha maxsus komitet ham o‘z noroziligini bildirdi. Bu norozilik harakati ingliz ma’murlarini mirut mahbuslarini muddatdan oldin ozod qilishga majbur etdi. Muzaffar ahmad ham ozod etildi. Ular ozod etilganlarian keyin 1933 yil Hindiston kompartiyasining Muvaqqt Markaziy komiteti saylandi. Muvaqqt Markaziy komitetiga tarqoq komunistik guruhlarini yagona partiyaga birlashtirishdek mas’uliyatli vazifa yuklandi. Bu vazifa muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shu yili Hind kompartiyasi Kominternga qabul qilindi. Tez orada kompartiya mustamlaka hukumati tomonidan taqiqlab qo‘yildi. Gujeratdagi dehqon g‘alayonlari. 1928 yili Gujeratda dehqonlarning mustamlaka ma’murlarini yer solig‘ining 20-25 % ga oshirilishiga qarshi kurash boshlandi. Milliy Kongres harakatga rahbarlik qildi, dehqonlarni to‘lamaslikka, amaldorlarni oziq – ovqat bilan ta’minlamaslikka chaqirdi. Bunda kogres dehqonlarga kuch ishlatish usullaridan voz kechishni uqtirdi. Hukumat harakat qatnashuvchilarini qamrab , yer, mol mulklarni musodara qildi. Kompaniya 1928 yili to‘xtatildi. Hukumat soliq stavkalarini kamaytirishga majbur bo‘ldi, qamoqqa olinganlarni ozod qilish, musodora etilgan yer , mol mulklarini qaytarib berishga va’da berdi. Lekin hukumat o‘z va’dalarini bajarishga shoshilmasdi, dehqonlarni ko‘pi ko‘p vaqtlar turmada yotishga majbur bo‘ldilar, yerlar esa ularga qaytarib berilmadi.