Mavzu: hiqildoq, kekirdak, bronhlarni tuzilishi va joylashish


Qalqonsimon bez – glandula thyroidea



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə15/17
tarix18.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#55679
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
hiqildoq

Qalqonsimon bez – glandula thyroidea


Qalqonsimon bez ikkita - o`ng va chap bo`laklar - lobus dexter et sinister dan iborat bo`lib, ular o`zaro - istmus glandulae thyroidea vositasida birlashib turadi. Ko`pchilik holatlarda bo`yin qismidan yuqoriga qarab yana bir piramidasimon bo`lak o`sib chiqqan bo`lib lobus piramidalis deyiladi. Qalqonsimon bezda oldingi va orqa yuzalari - facies anterior et posterior va yon bo`laklarining yuqori va pastki qutblari - polus superior et inferior lar tafovut qilinadi. Bezning vazni katta yoshli odamlarda 30 - 50 gr. uzunligi 6 - 8 sm. va eniga 2 - 2, 5 sm. ga teng keladi.

Qalqonsimon bez yupqa, mustahkam qo`shuvchi to`qimali xususiy fibroz parda - capsula fibrosa bilan o`ralgan bo`lib, bu parda bez tuqimasi ichiga kirib borib to`siqlar hosil qiladi va uni mayda bo`lakchalar - lobuli gl. thyroideae ga bo`lib yuboradi.

Qalqonsimon bez traxeya va qalqonsimon tog`ay sohasida joylashgan bo`lib, bez bo`laklarining pastki uchlari traxeyaning V yoki VI tog`ay halqalari sohasigacha davom etadi. YUqori uchlari esa qalqonsimon tog`ayning o`rta qismigacha davom etadi. Bo`yin qismi - isthmus esa III - IV traxeya halqalari sohasida joylashgan. Piramida bo`lagi ayrim hollarda til osti suyagigacha yetib borishi mumkin.

Qalqonsimon bez o`zining xususiy pardasi bilan o`ralgan va shu parda to`qimalar orqali atrofdagi a’zolar bilan birlashib turadi.

Ishlab chiqarilgan garmonlar (tiroksin, triyodtiroksin) to`qimalarning kislorodga bo`lgan talabchanligini oshiradi. Garmonlar oqsillar sintezini tezlashtirib, organizmning o`sish jarayonini kuchaytiradi. Tirioid garmonlar homila taraqqiyotini nazorat qiladi, uning to`qima va hujayralarini shakillanishiga yordam beradi. SHu jumladan suyaklar sistemasini ham. Terioid garmonlar nerv tizimining funksional holatiga ta’sir etish bilan bir qatorda teri, yurak, qon tomirlar tizimi, buyrak, jigar, oshqozon va ichak traktida sodir bo`ladigan modda almashinuvi jarayonlariga ham o`z ta’sirini ko`rsatadi.

Qalqonsimon bezning ish faoliyatini buzilishi natijasida har xil kasalliklar kelib chiqadi. Kasalliklarning paydo bo`lishi garmonlarning ko`p (gipertirioz, tireotoksikoz) yoki kam (gipoterioz) ishlab chiqarilishi bilan bog`liq.

Teriotoksikoz kasalligida: ozib ketish, tomir urishining tezlashishi, tana haroratining ko`tarilishi, asabning taranglashishi, terlash, ekzooftalm (ko`z soqqasining ko`z kosasidan oldinga chiqishi) kuzatiladi.

Qalqonsimon bez homila taraqqiyotining 3 - 4 haftasida birlamchi ichakning bosh qismining ventral devoroida, jag` va til osti jabra rovoqlarining orasida, toq til kurtagining orqasida xalqum epiteliyasidan rivojlanadi. Birinchi galda bezning har ikkala bo`lagi ichida bo`shliq bo`lib, bu bo`shliqning yo`li qalqonsimon - til ductus thyreoglossus nayi bilan xalqum bo`shlig`iga ochilgan bo`ladi. Rivojlanishning keyingi davrlarida bez epiteliyasining shoxlanib ketishi natijasida, bez ichidagi bo`shliq mayda pufakchalarga bo`linib ketadi va o`zida pufakchalar saqlagan bez bo`lakchalari shakillanadi. SHu bilan bir qatorda embrion rivojlanishining 4 - haftasidayoq ductus thyreoglossus bekilib ketadi. Qalqonsimon bezning tildan uzoqlashib kaudal tomonga o`sishi natijasida va shu asosda uning yo`lining bekilib ketishidan tilning tanasi va ildizi sohasida qolgan qoldiq tilning ko`r teshigi foramen cecum ni hosil bo`lishiga olib keladi.




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin