Ayrisimon bez - thymus
Ayrisimon bez - ko`ks oralig`ining oldingi yuqori qismida joylashgan. SHaklan kalta va qalin yoki ingichka va uzun bo`lishi mumkin.
Ayrisimon bez oldindan orqaga qarab yassilangan bo`lib, ikkita:
o`ng lobus dexter,
chap - lobus sinister bo`laklardan,
yuqori uchi - apex
asosi - basis gl. thymi lardan iborat.
Bezda ko`krak va bo`yin qismlari tafovut qilinadi.
Bez oldi tomondan qabariq va orqa tomondan botiqroqdir. Bez bo`laklari alohida-alohida bo`lib, ular yupqa yumshoq biriktiruvchi to`qima vositasida bir-biri bilan tutashib turadi. Ayrisimon bez yumshoq bo`lganligi sababli atrofdagi a’zolarning qanday holda joylashishiga qarab shaklini o`zgargan holda ko`rish mumkin.
Rangi yosh bolalarda tim qizg`ish, katta yoshdagilarda esa bez to`qimalarining kamayishi va ularning o`rnini yog` qatlami egallashi sababli sarg`ish rangda bo`ladi.
Ayrisimon bez yumshoq biriktiruvchi to`qimali parda bilan o`ralgan. Bez mayda bo`lakchalardan iborat bo`lib, ular to`rsimon epiteliyadan tuzilgan. Bu hujayralar uzunasiga ketgan o`siqlari orqali bir-biri bilan birlashib turadi va ular oralig`ida epitelial bo`shliqlar hosil bo`ladi. Bu bo`shliqlar kichik aylana shakldagi hujayralar - timotsitlar bilan to`lib turadi. Timotsitlar tuzilishi jihatda oq qon tanachalari - limfotsitlarni ayrim turlariga o`xshashdir.
Timotsitlar bez bo`laklarining periferiyasida, markaziy qismiga nisbatan ko`plab joylashgan. SHaklan tuzilishi va funksional tomondan timotsitlarning limfotsitlar bilan o`xshashligi, ya’ni ularning mana shunday anatomik bog`liqligiga asoslangan holda ayrisimon bezni limfoepitelial a’zolarga kiritiladi.
Bezlarning o`rtacha og`irligi:
1 - 5 yoshlarda - 26 gr.
6 - 15 yoshlarda - 25 - 35 gr.
16 - 20 yoshlarda - 26 - 27 gr.
26 - 45 yoshlarda - 19 gr.
60 - 70 yoshlarda - 6 grammgacha kamayib ketadi.
Timus ko`ks oralig`ining oldingi - yuqori qismida plevralararo soha - area interpleurica superior da joylashgan.
Bez oldindan to`sh suyagining dastasi va tanasining IV qovurg`a tog`ayining birlashgan sohasigacha chegaralab turadi. Ayrim hollarda bezning bo`yin qismi yaxshi rivojlanganligi sababli ko`krak qafasining yuqori teshigi orqali ko`tarilib uning uchi qalqonsimon bezning bo`yin qismigacha yetib boradi.
Timus organizmni limfotsitlar bilan ta’minlab, uning himoya kuchini oshiradi. Timusda ishlab chiqariladigan garmonlar qonga o`tib, oq qon tanachalarini faoliyatini oshiradi. Organizmda kaltsiy almashuvini boshqarib turadi va uning o`sishini ta’minlaydi. Organizm noqo`lay sharoitga tushib qolganda timus garmonlari himoya mexanizmlarini ishga solib organizmni shu sharoitga moslashishiga yordam beradi va bunday sharoitdan olib chiqadi.
Rivojlanishi: Ayrisimon bez homila rivojlanishining birinchi oyi oxirida uchinchi juft jabra cho`ntaklarining xalqum epiteliyasida rivojlanadi.
To`g`nog`ich boshchasidek keladigan juft ayrisimon bez kurtaklari embrionning kaudal tomoniga qarab o`sib boradi.
Ayrisimon bez po`stlog`i va markaziy qismlardan iborat bo`lib, uning po`stloq qismida juda ko`p limfotsitlar joylashgan va ular rivojlanish jaroyonida juda tez ko`payadi. SHunday qilib, bez limfo epitelial tuzilishga ega bo`lib morfo - fiziologik jihatdan murtaklar bilan umumiyligi taqqoslanadi.
Yosh o`tishi bilan bezda limfotsitlar kamaya boradi va ularning o`rnini indifferent qo`shuvchi to`qima to`lg`azib boradi. Bu to`qimalarda yog` qatlami yig`ila boshlaydi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Baxadirov F.N. «Odam anatomiyasi». - 2005, 2006 yil. Toshkent.
Sapin M. R. Anatomiya cheloveka. - 1998.
Richard L.Drake, et alt. Gray`s Anatomy for students (third edition), ELSEVIER 2014, 1161 p.
Anatomy of the Human Body. University of Washington. Seattle. 2004.
Xalkaro anatomik terminologiya eponimlar bilan. –Toshkent. 2011.
U. G‘ofurov.Tishlarning anatomiyasi.- o‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2015.
Dostları ilə paylaş: |