Mavzu: Hisoblash texnikasi va uning rivojlanish tarixi



Yüklə 497,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix11.10.2023
ölçüsü497,82 Kb.
#153825
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Printer. 
Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, programma va berilganlarni 
bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, 
rasmlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, 
grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. 
Printerlar asosan uch xil bo`ladi: 
matritsali, oqimli va lazerli
.
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham 
ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan 
sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta 
emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali 
(nuqtali) printerlar mavjud bo`lib, albatta ignalar soni ko`pligi yaxshi ekanligi 
tushunarlidir.


Oqimli printerlar

Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash 
yo`li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda 
chop qilish sifati tiniq va ravshan bo`lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom 
bo`lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik 
tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
Lazer printerlar

Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi 
printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo`ladi. 
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (HP) firmasi 
chiqaradigan HP LaserJet rusumli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda 
chop etish juda qulay bo`lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi 
mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. 
Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kartridjning tez 
almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. 
Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog`liq albatta. Shuning uchun lazer printerda 
chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem
. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, 
uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma'lumotlarni uzluksiz 
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi 
kompyuterlararo 
aloqani 
o`rnatishdir. 

o`zining 
kommunikatsion 
programmalariga ega bo`lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga 
ma'lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi 
mumkin. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda. Kompyuter 
telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon 
tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga 
aylantiruvchi qurilma lozim bo`ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya 
qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulyatsiyaga uchraydi, shundan 
modem
 
nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni 
telefon tarmog`i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga 
aylantirishdan iborat. Bu tarmog`ning akustik kanalini modem quyi va yuqori 


chastota yo`laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo`lak ma'lumotlarni uzatishda 
ishlatiladi, yuqori yo`lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo`llaniladi. 
Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: 
ichki va tashqi modem

Ichki modem plata ko`rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga o`rnatiladi. Tashqi 
modem esa, ham faks ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida 
kompyuterga ulanadi. 

Yüklə 497,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin