Shuning uchun ham bu operatsion sistemalarda skanerlar bilan bevosita ishlash
imkoniyati mavjud.
Lazerli (kompakt) disk.
CD ROM
(Compact Disk Read Only Memory
– faqat
o`qish uchun lazerli disk). Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol o`ynamoqda.
Uning asosiy sababi unga 650 Mbayt hajmdagi ma'lumotni sig`ishi bo`lsa, ikkinchi
tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida e'tiborga loyiq. Uning
CD ROM
va
CD Writer
(yozuvchi) ko`rinishdagilari mavjud bo`lib, birinchisi faqat o`qish
uchun mo`ljallangan bo`lsa, ikkinchisi ma'lumot va programmalarni yozish uchun
keng qo`llanilmoqda. Ayniqsa, hujjatlarning elektron versiyasini bunday ma'lumot
yuritgichi orqali ayirboshlash dolzarb masala bo`lib qoldi.
CD ROM
ning muhim ko`rsatkichlaridan biri uning ma'lumot ayirboshlash
tezligidir. Hozirda ko`proq 48, 52 tezlikli lazer disklar ishlatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: