Enter (kiritish) - kiritish klavishi. Matn terish paytida ushbu klavish bosilsa,
kursor yangi abzatsga (satrga) o`tadi.
Caps Lock (bosh yoki kichik harflarga o`tish klavishi) - yuqori registrga o`tish
imkonini yaratib beradi. Haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish
klavishlariga o`z ta'sirini ko`rsatadi, bosh harflar kiritish imkonini yaratib beradi.
Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish
maqsadida klaviaturaning o`ng burchagida yonib turadigan indikatorlar
joylashgan. Bu indikatorlar rejimni ko`p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar
bilan bog`langan. Shularning ichida bittasi
Caps Lock ga tegishli.
Scroll Lock (surishni saqlaydi) - bu klavish yordamida kursorni harakatga
keltirmoqchi bo`lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu klavish ham o`z holatini
mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi.
Shift (surish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha,
pastki registrdan yuqori registrga o`tish imkonini beradi. Hammasi
Caps Lock klavishining holati bilan bog`langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik
bo`lganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini o`zgartirish kerak bo`lsa,
ularni bosish paytida
Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko`rib chiqamiz.
Ekranda ko`rsatilgan obyektni surish yoki ko`chirish . Ekranda ko`rsatilgan
obyektni topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo`yib yubormasdan, obyektni
yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi. Windows
muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni ham chap, ham o`ng tomonda
joylashgan klavishalar bilan ko`chirish mumkin.
Chap klavisha bosilganda, mo`ljallash bo`ladi, o`ng klavisha bosilganda esa aniq
vazifa berish kerak bo`ladi.
Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin: