Mavzu: hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o'zaro aloqasi va farqi


Muammoli vaziyat va uning ahamiyati



Yüklə 27,15 Kb.
səhifə6/8
tarix20.06.2023
ölçüsü27,15 Kb.
#133054
1   2   3   4   5   6   7   8
67 mavzu

Muammoli vaziyat va uning ahamiyati. Mavjud faoliyat strategiyalari va o‘tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etish imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta'riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi.
Muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi har xil omillar bilan belgilanadi. Avvalo, u dalilni asoslangan xususiyatga ega bo‘lgan mavjud nazariy bilim yordamida tavsiflash mumkin bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Bu yerda muammoli vaziyat ko‘p jihatdan bizga hali aniq bo‘lmagan ob'ektiv mavjud hodisalar ta'sirida yuzaga keladi. Biroq muammoli vaziyat ba'zan mavjud nazariy dasturni rivojlantirish va kengaytirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Muammoli vaziyat shaklan sub'ektiv, biroq mazmuniga ko‘ra ob'ektivdir. Amalda u tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperimentlarning empirik bilimlar – dalillar va qonunlar shaklida ifodalanuvchi yangi natijalari bilan o‘z tasdig‘ini topgan nazariy bilimlarning birikuvi ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha muammoli vaziyat jamiyatning amaliy yoki nazariy manfaatlari nuqtai nazaridan o‘zini namoyon etadi. Uni moddiy va ma'naviy madaniyatning rivojlanish jarayoni, shu jumladan fan nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, unga davlat va jamiyatning munosabati, davlat va jamiyatning uni yechishdan manfaatdorligi tayyorlaydi. Muammoli vaziyatning aniqlanishi va hal qilinishiga ijtimoiy-tarixiy muhit sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. U ilmiy kashfiyotga imkoniyat yaratishi, biroq uning olinishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.
Gipoteza yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi asosli taxmindir. Gipoteza olimlar tomonidan ilmiy muammoning qo‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ilgari suriladi. Gipoteza tekshiriladigan bo‘lishi lozim, u empirik tekshirish imkonini beruvchi oqibatlarga olib keladi. Agar bunday tekshirishning iloji bo‘lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi.
Gipoteza formal-mantiqiy qarama-qarshiliklardan xoli va ichki izchillikka ega bo‘lishi lozim. Gipotezani baholash mezonlaridan biri – uning mumkin qadar ko‘proq ilmiy dalildan kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish qobiliyati. Biroq ilmiy muammoni qo‘yish bilan bog‘liq dalillarni tushuntiruvchi gipotezani ilmiy jihatdan asosli deb bo‘lmaydi.

Yüklə 27,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin