5.Tilning grammatik qurilishida: 1) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida ot,
sifat, son, olmosh, fe`l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari bo‘lgan. Bunday mustaqil so‘zlar
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida
yordamchi so‘zlar – ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar bo‘lgan. Bunday turkumlarga
xos so‘zlar Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham mavjud; q) qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida
undovlar va modal so‘zlar bo‘lgan. Ular Hozirgi o‘zbek adabiy tilda ham bor; 4) qadimgi turkiy
tilda ham, eski O‘zbek tilida ham har bir so‘z turkumining o‘ziga xos grammatik kategoriyalari
(otlarda-egalik, kelishik, son; sifatlarda- daraja; fe`llarda - shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va
b.lar) bo‘lgan. Bu xususiyatlar Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi:
1) Hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridagiga
nisbatan miqdoran ko‘p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o‘zakdan oldin
qo‘shiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bo‘lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski O‘zbek tilida
va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo‘rin, sersuv,
sergap kabi; b) eski O‘zbek adabiy tilida «-ov»,»-ev», «-ova», «-eva», «-ovna», «-evna», «-
ovich», «-evich» kabi familiya va otchestvo yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida bunday qo‘shimchalar bor; v) eski o‘zbek adabiy tilida «-lar» affiksi ko‘plikni
(odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), ma`no kuchaytirilishini (suvlar oqib
yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar bo‘ldi kabi) ifodalagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
esa «-lar» affiksining so‘zlarni terminlashtirish funktsiyasi ham paydo bo‘lgan:
5. Sinonimlar – stilistik vosita sifatida Sinonimlaming stilistik xususiyatlari Leksik stilistikada sinonimiya hodisasi muhim o‘rin tutadi. Stilistik bo‘yoqli so‘zlar, ayniqsa, sinonimik qatorda o‘z ifodasini topadi. Mahumki, sinonimik qatoming uzunligi turlichadir: bir tomondan, sinonimik qator faqat ikkita so‘zdan tuzilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bir nccha so'zdan tuzilislii mumkin, masalan: ikki qismli sinonimik qator: chopmoq-yugunnoq, sevinmoq-xursund bo ‘Imoq, uysiz-joysiz, dum-quyruq. Ko‘p qismli sinonimik qator: yuz, aft, bashara, turq, bet, chehra, siymo kulmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq, tirjaymoq, irshaymoq, iljaymoq, ishshaymoq. Bu sinonimik qatordagi har bir so‘z turli nulq vaziyatlarida tanlab ishlatiladi. Masalan: shamol, sabo, yel, shabada, tot'fon, dovul, bo kulmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq, tirjaymoq, irshaymoq, iljaymoq, ishshaymoq. Bu sinonimik qatordagi har bir so‘z turli nulq vaziyatlarida tanlab ishlatiladi. Masalan: shamol, sabo, yel, shabada, tot'fon, dovul, bo.
6. Xulosa. Sinonimlarning o’zbek tili lug’atida tutgan o’rni O‘zbek tili leksikasiga o‘zlashishi sezilarli darajada ta’sir qilgan 20 dan ortiq til o‘zlashmalari mavjud, shuningdek, tilimizda o‘zlashishi faol bo‘lmagan bir qancha tillarning o‘zlashmalari ham uchrab turadi. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda o‘zlashgan ayrim leksemalar rus tilining tabiatiga moslashgan holda tilimizga o‘zlashgan. Masalan, chempionat, trenirovka, tanketka, kovboyka, trusi kabi leksemalar so‘ngida -at, -ka singari elementlarning kelish hollari inglizcha leksemalarning tabiatidan yiroq hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi hodisani xaker, xuligan va xoll kabi leksemalarda h fonemasi o‘rniga x fonemasi ishlatilganidan ham sezish mumkin. O‘zbek tili leksikasining katta qismini o‘z qatlam leksemalari tashkil etadi. Lug‘at boyligimizdagi forscha-arabcha, shuningdek, ruscha o‘zlashma leksemalarning ham miqdori boshqa til o‘zlashmalariga qaraganda katta miqdorda bo‘lib, hozirda ularning qatoriga inglizcha o‘zlashmalarni ham kiritish mumkin. Eski nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80 ga yaqin inglizcha o‘zlashma so‘z kiritilgan bo’lsa, yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 500 dan ortiq inglizcha o‘zlashma so‘z izohlangan. Shuningdek, “O‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati”da 350 dan ortiq so‘z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo‘llanayotgan neologizmlar, “Inglizcha-o‘zbekcharuscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug‘ati” kabi inglizcha o‘zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksema o’zlashganini aniq aytish mumkin. Kundalik so‘zlashuvda ishlatilayotgan va qo‘llanilishi faol bo‘lgan ayrim leksemalarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan joy olmaganini kuzatish mumkin. Masalan, imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, chipsi, netbuk, blutus, flesh xotira, vay-fay, planshet, intranet kabi ko‘plab leksemalar ham izohli lug‘atimizdan joy olishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |