Ikkinchidan, ma’nolari bir xil sinonimlar tilda bo‘lganda ham ularning barchasi baravar ravishda, doimiy holda yashay olmaydi. Tilning amalda bo‘lish qonuniyatlariga ko‘ra, aytaylik, parallellikni xush ko‘rmasligidan kelib chiqib, vaqt o‘tishi bilan ularning biri ikkinchisiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi. Masalan: partiya-firqa, grajdanin-fuqaro, agitatsiya-tashviqot, propaganda-targ‘ibot, komitet-qo‘mita, soldat-askar, intelligent-ziyoli, leksiya-ma’ruzo, programma-dastur, student-talaba, ekonomika-iqtisodiyot, internatsional-baynalmilal, sotsial-ijtimoiy, satirik-hajviy, sekretar-kotib, simvol-ramz kabi birliklar o‘rtasidagi qo‘llanish nisbatini olib qaraylik. Agar o‘zbek tilining mustaqillikkacha bo‘lgan davrida ularga leksik dubletlar, variantlar sifatida qarab, baravar qo‘llab kelgan bo‘lsak, mustaqillikdan keyingi davrda bu so‘zlarga bo‘lgan munosabat va ana shu munosabatdan kelib chiqib, ularning qo‘llanilishidagi muvozanat ikkinchisining foydasiga tubdan o‘zgardi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gap faqat ma’nolarning bir xilligida bo‘lganda edi, ular tilimizda baravar yashayverishi mumkin edi. Ammo vaziyatdan kelib chiqib, ular ham tilimizning umumiy yashash qonuniyatlariga bo‘ysunishga majbur bo‘ldi. Demak, sinonimlarning barchasining ma’nolari bir xil emas, bir xil deb qaralganlarining hammasi ham tilda parallel yashay olmaydi. Aytilganlardan esa sinonimlarning bu guruhini o‘rganish uslubshunoslik uchun qiziqarli material bera olmaydi, degan xulosa kelib chiqadi.
Shunday ekan, sinonimlar tadqiqini uslubshunoslikning markaziy masalalaridan deb qaraganimizda, ularni umumiy bir ma’noni yoki tushunchani anglatishga xizmat qiladigan, ana shu maqsad yo‘lida matnda bir-biriga mazmunan yaqinlashadigan va birlashadigan, ayni paytda, ma’no nozikliklari bilan bir-biridan farqlanadigan til elementlari majmuini anglashimiz to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Tildagi sinonimik munosabatlar faqat leksik birliklar o‘rtasidagina emas, balki fonemalarning talaffuz variantlarida, turg‘un birikmalar, morfologik vositalar va sintaktik qurilmalar o‘rtasida ham mavjud. Sinonimiyaga oid umumiy qoida va talablar ularning hammasiga tegishli hamda barchasida amal qiladi.
Afsuski, yuqorida sanab o‘tilgan tadqiqotlarning mavjudligidan qat’i nazar o‘zbek tilshunosligida sinonimlar vazifaviy-uslubiy yo‘nalishda atroflicha tahlil qilingan emas. Vaholanki, bunday kuzatishlar milliy til uslubshunosligi taraqqiyoti uchun nihoyatda zarurdir.O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, so‘z va evfemizm, so‘z va perifraza o‘rtasidagi sinonimik munosabatlar tadqiqi ham uslubshunosligimiz uchun qiziqarli materiallar berishi mumkin. Badiiy ijod jarayonida yuzaga kelgan individual muallif sinonimlari yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham ona tilimiz boyligini namoyish etishda g‘oyatda qimmatlidir. Shunday qilib, yunon tilidagi «sinonim» so‘zi «bir xil» degan ma’noni bildiradi va bu tushuncha atrofida matnda mazmunan bir-biriga mos keladigan so‘z va iboralar, so‘z birikmalari va gap qurilmalari tarzida shakllanadigan til birliklari birlashadi.
Tilda variantlar va, yuqorida tilga olganimiz, dubletlar deb ataladigan so‘z guruhlari ham mavjudki, ko‘pchilik tilshunoslar ularni sinonimlardan farqlaydilar. Lingvistik jarayonlarning har birining o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi nuqtai nazaridan bu to‘g‘ri ham. Ammo qanchalik farqlanmasin, ular nutqdagi vazifasiga ko‘ra bir-birlariga yaqin hodisalardir, bir narsa va hodisaning turli sabablar bilan paydo bo‘lib qolgan tildagi ikki xil nomlanishidir.
Bir-biriga mos keladigan lingvistika-tilshunoslik, stilistika-uslubshunoslik, orfografiya-to‘g‘ri yozish, orfoepiya-to‘g‘ri talaffuz qilish kabi holatlarni olaylik. Ularning birinchi qismi boshqa til elementi ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu birliklarning qo‘llanishidagi bab-baravarlik faqat ma’lum muddatgina davom etishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ularga bo‘lgan munosabat o‘zgaradi. Bu munosabat hech bo‘lmaganda ularning qo‘llanish chastotasiga ta’sir qiladi.
Leksik nuqtai nazardan variantlar va dubletlarning mavjud bo‘lishi ijobiy hodisa sanalmasa ham uslubiy jihatdan ularga tildagi ortiqcha unsur sifatida qaralmaydi. Fikrni nozik ottenkalarda ifodalashga xizmat qilmagan taqdirda ham, hech bo‘lmaganda, ular so‘zlovchi va yozuvchini takrordan qutqaradi. Shuning o‘ziyoq nutqiy jarayon uchun kam ahamiyatli emas. Shuning uchun ularni ham tilimizdagi uslubiy resurslar deb qarashga to‘la asoslar bor.
Fonetik va grammatik shakllarda namoyon bo‘ladigan lingvistik variantlarni garchi uslubiy imkoniyatlari nihoyatda keng va rang-barang bo‘lgan sinonimlarga tenglashtirib bo‘lmasa ham ayrim matnlardagi uslubiy bo‘yoqdorligini hisobga olib,
ularni bir guruhda qarash mumkin.
Antonimlar nutqda ikki xil maqsad uchun ishlatiladi: 1. Shaxs, narsalar yoki ulaming belgilari orasidagi zidlikni ifodalash uchun. Badiiy adabiyotda antonimlardan antiteza hosil qilish uchun foydalaniladi. Antiteza adabiyotshunoslikda tazod san’ati deb ham yuritiladi. Tazod san’ati, ayniqsa, mumtoz adabiyotda ko‘p uchraydi. Masalan: Charxi kajraftoming bir shevasidin dog‘men, Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadir. (Furqat) Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlig‘ hargiz, Har kimki, yomon bo ‘Isa, jazo topqusidir. (Bobur) Antiteza ayniqsa, maqol va topishmoqlarda ko‘p ishlatiladi. Masalan: Otdan baland, itdan past. Kunduzi izzatda, kechasi xizmatda (topishmoqlar). Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. Nodon d o ‘stdan ziyrak dushman yaxshi. (maqollar) 2. Antonimlardan umumiylashtirish, jamlash ma’nosini ifodalash maqsadida ham foydalaniladi. Masalan: Shunga ko‘p xursandmiz yosh-u, qarimiz (G ‘afur G ‘ulom) Badiiy nutqda ko‘p hollarda stilistik maqsad bilan zid ma'no ifodalamaydigan, lekin qisnian bir-birini inkor etadigan, bir xil xususiyatga ega boigan so‘zlar antiteza hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Masalan: Do ‘st achitib gapirar, dushman kuldirib. Bir lavhang qon yesa, Bir lavhangmish zar... (G ‘afur G'ulom). Qilma zolimlik kishiga, adl ila rom et uni, Yaxshilik qo ‘Idanki kelmas, zulm ham qilma chunon (Nizomiy Ganjaviy) A