Mavzu: Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining asosiy yo'nalishlar Kirish


Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 167 Kb.
səhifə2/8
tarix08.06.2023
ölçüsü167 Kb.
#127087
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining aso

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Fanning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko‘maklashish; ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida Seminar ko‘nikmalarni hosil qilish. Mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlar taqsimoti
Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar.
«Iqtisodiyot nazariyasi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: -iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi kerak;
- talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni) iqtisodiy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga egabo‘lishi kerak; - talaba iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Iqtisodiyot nazariyasi fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubi jihatdan uzviy ketma-ketligi.
Iqtisodiyot nazariyasi» fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kirib, u bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar (moliya-kredit, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, sug‘urta va bojxona ishi dan ham ozuqa oladi. U tadqiqot usullari bo‘yicha boshqa ijtimoiy (falsafa, tarix, huquqshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik) fanlar bilan ham mustahkam bog‘liqdir.

Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin