Ixtiyoriy evtanaziya — bemorning talabi, roziligi va iltimosiga koʻra bajariladi.
Majburiy evtanaziyada bemorning fikri eʼtiborga olinmaydi (ogʻir yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar misol uchun: quturish).
Koʻp davlatlar qatori Niderlandiya ,Shveytsariya, Belgiya, AQSH, Lyuksemburg va Kolumbiyada evtanaziyaga ruxsat berilgan.
Germaniya, Shvetsiya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Kanada va boshqa baʼzi mamlakatlarda muayyan sharoitlarda reanimatsiya yoki evtanaziyada ishtirok etish uchun jazodan mahrum etishga ruhsat beriladi. Bundan tashqari baʼzi davlatlar jiddiy ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga evtanaziya oʻtkazishga ruhsat bergan (bu majburiy evtanaziyadir).
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida har qanday kasallanish turidan qatʼiy nazar bemorlarga evtanaziya usulini qoʻllash man etiladi. Hayvonlarga nisbatan (kasallik sabab uy hayvonining joni ogʻrimasligi uchun) evtanaziyaga ruxsat berilgan.
Bugungi kunda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya tarafdorlari bu soʻzni yoqimli, yengil oʻlim deb baholaydilar. Hozirda faqat Niderlandiya evtanaziyani mamlakat miqyosida rasman qonunlashtirgan davlat hisoblanadi.
Evtanaziyada bevosita va bilvosita qatnashish. Ko’pincha kasbiy bilimlarning yetishmasligi xirurgiyadagi yatropatgeniyalarning sababi bo’lib qolishi mumkin. Masalan be’morda kam uchraydigan va qiyin tashxis qo’yiladigan kasallik bo’lganda shifokor bilimining yetishmasligi oqibatidagi yatrogen patologiya kelib chiqishi mumkin. Bunday yatropatogeniyalarning yaqqol misoli qilib davriy kasalliklardagi ko’p sonli jarroxlik aralashuvlarini keltirish mumkin. Kelib chiqishi fizik omillarga asoslangan yatrogen kasalliklarni davolash (turli xil diagnostik va davolash muolajalari va operatsiyalar) konservativ (fizioterapiyaning turlari, medikamentoz, sanator-kurort davolash) yoki qayta operatsiya qilishni talab qilishi mumkin, masalan, chandiqlanish kasalligida, operatsiya qilingan oshqozon kasalliklarida. Kelib chiqishi fizik omillarga asoslangan yatropatogeniyalar profilaktikasida xar qanday ko’lamdagi instrumental tekshiruv usullari va diagnostik va davolash xarakteridagi muolajalarga ko’rsatmalarni ongli ravishda cheklash, operativ davolashni faqatgina kasallik etiologiya va patogenezi, patofiziologik mexanizmlari chuqur va ko’p tomonlama o’rganilganda, operatsiya vaqtida a’zo va to’qimalar bilan iloji boricha avaylab muomila qilishga qaratilgan, chuqur o’rganib chiqilgan jarroxlik texnikasi bilan olib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: |