Sitoplazmaning asosiy tarkibi. Barcha hujayralar butun hayoti davomida o’z strukturasi va modda almashinuvi prosesslarini saqlashga harakat qiladi. Buning uchun hujayra mebranasi, ya’ni ularning qobig’i katta ahamiyatga ega. Sitoplazma esa barcha organoidlar joylashgan muxit hisoblanadi. O’ziga xos muxitda amalga oshadi. Uning xususiyatlari va vazifalariga keyingi darslarimizda yoritib beriladi.
Hujayra qobig’i ichki muxitni ximoya qiladi, hujayralararo va atrof muxit bilan modda almashinuvi jarayonlarini boshqaradi. Bundan tashqari gormonlar, ximiyaviy moddalar va boshqalarni tashqaridan organizmga uzlashtirishi va javob reaksiyalarni amalga oshirdi.
Membrana hujayrani tashqaridan urab olgan xolda uning shakl formasini saqlash xususiyatlariga ham ega. Oddiy mikroskopda ham hujayra qobig’ining umumiy ko’rinishini aniqlash mumkin. Ayniqsa, o’simlik hujayralarining pusti qobig’ini yakqol ko’rish imqoniyati mavjud. Lekin elektron mikroskop kashf etilishi hujayrani tadqiq qilish, o’rganish jarayonida o’ziga xos imqoniyatlar keltirib chiqardi. elektron mikroskopda uning xakikiy strukturasining qalinligini va boshqa xususiyatlvarin o’rganish, aniqlash imqoniyatlariga ega bo’ladi.
Hujayradagi barcha sitoplazmatik organoid ham membranadan paydo bo’lganligi aniqlandi. Hujayra mebranasi tanlab o’tkazish xususiyatiga ega. Undan sekinlik bilan diffuziya yo’li bilan glikozin aminokislotalari, yog kislotalari, gliser ionlari utadi. Bazilari tezlik bilan, sekinlik bilan bazilarni utkazmaydigan darajada tanlab o’tkazish xususiyatga ega. Organik erituvchilar xisoblangan spirt, efir, xloroform va boshqalarni suvga nisbatan tez utkazadi. Bundan kelib chiqadiki, membranada qandayidir nepolyar q`ismi mavjud bo’lib, bu narsa lipidlar xissasiga tugri keladi. Hujayra qobig’i o’ziga xos oqsil va lipid moddalarini navbatlashib joylashgan strukturaga ega bo’lgan membranadir. Lipidlar membranada fosfolipid, gliqolipid, stirol tarzida uchraydi. Lipidlar molekulalari shunday joylashish xususiyatlariga egaki, ularning kutb (polyar) guruxlari faqat gina tashqariga yunalgan holatda bo’ladi. Bu esa ularning boshqa moddalar molekulalari tasiriga javob bera olish imqonini beradi.
Fosfolipidlar tarkibida fosfat gruppa ushlagan moddalar bo’lib molekulasi polyar boshchasi va nepolyar 2ta dum q`ismidan iborat. Ular faqat yog kislotalaridan tashkil topgan bo’lib, gidrofoblar guruxini tashkil qiladi. Bosh q`ismi fosfat gruppasi tashkil etib, gidrofil xususiyatiga ega. Ularga ko’prok fosfolipidlar tugri keladi. Glipolitdlar – lipidlarni uglevodlar fosfolipidlarga uxshab, polyar bosh q`ismi va nepolyar kutblanmagan 2ta um q`ismidan iborat.