Smart Art elementlariga matn kiritish.Matnli hujjatda Smart Art obyektini matn muharririga qo’yilgandan keyin, element shablonini va matnli maydonni ko’rasiz. Matnli maydonga kiritilayotgan matn raqamlangan ro’yxat ko’rinishida tasvirlangan. Uning har bir bandi Smart Art obyektining alohida struktura elementi – obyekti bilan bog’langan. Matn terish bilan birga siz u grafik element bilan qanday to’layotganini ko’rasiz.
Bir matn blokidan boshqa blokka o’tkazish, kursorni boshqarish tugmalari yordamida amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda, Smart Art elementlari ichida faqat matnni emas, balki markerlangan ro’yxatni joylashtirish talab etiladi. Buning uchun “Работа с рисункамиSmart Art” kontekst asbobdagi “Конструктор” punktidan “Создать рисунок” guruhining “Добавить маркер” tugmasini bosing.
Rasmlarni qo‘yish.Word 2007 dasturida ihtiyoriy hujjatga rasm qo’yish mumkin. Buning uchun “Вставка” bandining “Иллюстрация” guruhidagi “Рисунок” tugmasini bosing. Ochilgan “Вставка рисунка” oynasida kerakli grafik faylni ko’rsating. Rasm hujjatga qo’yiladi. Uning atrofida burchak markerlari va burilish markerlari joylashadi, tasmada esa “Работа с рисунками” kontekst asbobi hosil bo’ladi.
CLIP ART kolleksiyas va kliplar qo’yishi.Kliplarni tanlash - bu Word matn muharriridagi standart rasmlar to’plami. Klip qo’yish uchun “Вставка” bandining “Иллюстрация” guruhidagi “Клип” tugmasidan foydalanish mumkin. Natijada, sizni qiziqtiruvchi rasmlarni izlash uchun mo’ljallangan “Клип” masalalar sohasi tasvirlanadi. “Искать” maydonida tayanch so’zlar kiriting, “Просматривать” ro’yxatidan kolleksiyani tanlang va “Искать обьекты” ro’yxatidan rasmlar turini ko’rsating.
Hamma parametrlarni o’rnatib, “Начать” tugmasini bosing. Dastur rasmlarni tasvirlaydi. Topilgan rasmlardan birini qo’yish uchun sichqoncha tugmasini unda bosish kerak.
Rasmlar menyusini ochib, siz bir qancha amallarni bajarishingiz mumkin. Masalan, “Копировать” bandi rasmlarni almashish buferiga nusxalaydi. Kliplar kolleksiyasidan rasmni olib tashlash uchun “Удалить из организатора клипов” bandini tanlang. “Копировать в коллекцию” bandi yordamida rasmni boshqa kolleksiyaga nusxalash mumkin.