TAVSIFNOMA
Oxunova Zulfiya Bobur qizi Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. U 1990-yildan 1999-yilgacha Samarqand shahridagi 48-o‘rta umumta’lim maktabida o‘qidi. 1999-yildan 2001-yilgacha 48-o‘rta umumta’lim maktabida tahsil olib, maktabni “yaxsi” va “a’lo” baholar bilan tugatdi.
Oxunova Z.B. 2001-2002-yillarda Samarqand shahridagi futbol maktab-internatida tikuvchi, shahar “Kamolot” YIH tashkilotida yetakchi-mutaxassis lavozimlarida ishlagan. Ish jarayonida OITS va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha kurslarda o‘qidi hamda Samarqand shahri va viloyatidagi bir qancha maktablarda asrning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etdi.
Oxunova Zulfiya 2002-yil GulDUning rus filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirib, uni imtiyizli diplom bilan tugalladi va 2006-yil yanvar oyidan boshlab universitet devonxonasida ish yurituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
U ishchan, o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi, yangi xodimlar bilan tez til topishadi, har qanday ko‘ngilsiz holatda ham o‘zini tuta oladi va yo‘qotib qo‘ymaydi, mulohazali, xushchaqchaq, xushmuomala, muloyim fe’l-atvorli, o‘zidan kattalarga hurmat bilan, kichiklarga mehribonlik va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladi. Jamoat ishlarida ishtirok etishni yaxshi ko‘radi. Sportning yengil atletika turi bilan muntazam shug‘ullanadi. Samarqand shahar va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etib keladi. Bir necha bor sovrinli o‘rinlarni ham egallagan.
Oxunova Zulfiya o‘zbek, rus, ingliz, tojik tillarida erkin muomala qila oladi. U universitet professor-o‘qituvchilari, xizmatchi-texnik xodimlari orasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-tarbiyaviy tadbirlarda ham faol ishtirok etib keladi. O‘z dunyoqarashi, ma’naviy-siyosiy saviyasini oshirish uchun kundalik matbuot, INTERNET ma’lumotlaridan doim xabardor bo‘lib boradi, badiiy kitoblar va filologiyaga doir ilmiy asarlarni muntazam o‘qib boradi.
Tavsifnoma talab qilingan joyga taqdim etish uchun berildi.
GulDU rektori: prof.M.T. Xodjiyev.
Yoshlar tashkiloti raisi: Z.Zikriyayev.
Devonxona mudiri: N.Tolipova
(muhr) 2017.12.01.
Dostları ilə paylaş: |