Mavzu Hukm- tafakkur shakli sifatida Reja-fayllar.org
Murakkab hukmlar va ularning turlari. Biz shu vaqtga qadar, sodda hukmlar, ya'ni bir sub'ekt va predikatdan iborat bo’lgan hukmlar ustida fikr yuritdik. Agar hukm tarkibida birdan ortiq sub'ekt va predikat bo’lsa, u murakkab hukm xisoblanadi. Mantiqiiy munosabatiga qarab murakkab hukmlar uch asosiy qismga, ya'ni qo’shuvchi (kon'yunktiv), ayiruvchi (diz'yunktiv), shartli (implikativ), va ekvivalentlik hukmlarga ajraladi.
a) qo’shuvchi (kon'yunktiv) hukmlar. Ikki yoki undan ortio` sodda hukmlarning «va» bog’lovchisi yordamida qo’shiluvidan tashkil topgan murakkab hukmlar qo’shiluvchi (kon'yuktiv) hukmlar deb yuritiladi. qo’shuvchi murakkab hukmlar formal mantiq fanida qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: p(q Masalan, Alisher Navoiy va Z.M. Bobur o’zbek mumtoz adabiyoti vakillaridir.
Pq
P
q
Pq
CHin
CHin
Xato
xato
CHin
Xato
CHin
xato
CHin
Xato
Xato
Xato
b) Ayiruvchi (diz'yunktiv) hukmlar. Bunday hukmlarning sub'ekti yoki predikati bir necha narsalar, xodisalarni yoki ularning belgilarini ifodalashi mumkin. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi: pvq. Ayiruvchi hukmlar formulasi qo’yidagi shakllarda ifodalanadi:
«S yoki R yoki R1 yoki R2 dir»
Yoki «S yoki S1 yoki S2 – R dir».
Birinchi shaklda bir sub'ekt va bir predikat bo’lsa, ikkinchi shaklda, aksincha bir necha sub'ekt va bir predikat bor.
Bo’lingan hukmlarda sub'ektga ta'luqli bo’lgan predikatlar ba'zan o’zaro bog’langan va ba'zan esa bir-biriga zid bo’ladilar.
Pq
P
q
Pq
CHin
CHin
Xato
Xato
CHin
Xato
CHin
Xato
CHin
CHin
CHin
Xato
P
q
Pq
CHin
CHin
Xato
Xato
CHin
Xato
CHin
Xato
Xato
CHin
CHin
Xato
s) Shartli (implikativ) hukmlar asos va natija bog’lanishini shartli ravishda ifodalaydi. Bunday hukmlar o’z tarkibida bir necha sub'ekt va predikatga ega bo’lib, ma'lum bir buyumni tasdiq yoki inkor etadi. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi:
R → q
P
q
Pq
CHin
CHin
Xato
Xato
CHin
Xato
CHin
Xato
CHin
Xato
CHin
CHin
Shartli hukm tasdiqlovchi bo’lsa: «Agar S – P bo’lsa, unda S1 – P1 dir» inkor etuvchi bo’lsa u « S – P bo’lmasa, S1 – P1 emas» formulasi bilan ifodalanadi va xokazo. Shartli hukmlar ham boshqa turdagi hukmlarga o’xshash chin yoki xato bo’lishi mumkin. Agar asos uchun keltirilgan shart natijasi extiyoj bilan bog’liq bo’lsa, u chin bo’la oladi. Agar shartli hukmda bir xodisaning ikkinchi bir xodisa bilan shartli munosabatda bo’lishi noto’g’ri aks ettirilsa, u xato bo’ladi.
d) Ekvivalentlik hukmlar. Ekvivalentlik hukmlari “agar va faqat agar ... unda” mantiqiy bog’lovchisi yordamida ikki oddiy hukmlarning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Unda ikki holatning mavjud bo’lishi bir-biri uchun zarurat hisoblanadi. Ekvivalentlik hukmlar formulasi qo’yidagicha ifodalanadi: p(q
Pq