Mavzu: Hukm- tafakkur shakli sifatida Reja



Yüklə 57,13 Kb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü57,13 Kb.
#172706
  1   2   3   4   5   6
Mavzu Hukm- tafakkur shakli sifatida Reja-fayllar.org


Mavzu: Hukm- tafakkur shakli sifatida Reja

Mavzu: Hukm- tafakkur shakli sifatida

Reja:
  1. Hukm tushunchasi haqida.


  2. Hukm va uning turlari.


  3. Hukm tafakkur shakllaridan bir.





Buxoro-2021

Hukm, muhokama (mantiqda) — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasli-gini ifodalovchi tafakkur shakli. H. nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. H.lar toʻgʻri (chin) yoki xato (yolgʻon) yoxud noaniq (taxminiy) boʻlishi mumkin. H.lar obʼyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan H.lar noaniq H.lar deyiladi. H.lar asosan darak gap orqali ifodalanadi. H.lar tuzilishiga koʻra oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy H. deb tarkibidan yana bir H.ni ajratib boʻlmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy H. tarkibi 3 boʻlak: mantiqiy ega — subʼyekt (5), mantiqiy kesim — predikat (R) va mantiqiy bogʻlovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qili-nayotgan predmet va hodisani, man-tiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bogʻlovchi ("...dir", "emas") predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qatiy H.ning formulasi; 8— R (emas). Oddiy H.lar sifatiga koʻra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, haj-miga koʻra yakka, umumiy va juzʼiy H.larga boʻlinadi. Oddiy qatʼiy H.lar sifati va hajmiga koʻra 4 turga boʻlinadi: 1) umumiy tasdiq H. (A) "hamma 5—R dir"; 2) umumiy inkor H. (Ye) "hech bir 8—R emas"; 3) juzʼiy tas-diq H. (I) "baʼzi 5—R dir"; 4) juzʼiy inkor H. (O) "baʼzi 3—R emas" formulasi orqali ifodalanadi. Predikatning mazmuniga koʻra atributiv, mavjudlik va munosabat H.lari farqlanadi. Murakkab H. deb tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy H. boʻlgan mulohazalarga aytiladi. Murakkab H.lar "va", "yoki", "agar... unda" kabi mantiqiy bogʻlovchilar, inkor qilish va modal terminlarni qoʻllash orqali 2 va undan ortiq oddiy H.larning oʻzaro birikishidan hosil boʻladi. Mantiqiy bogʻlovchining mazmuniga koʻra murakkab H.larning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: 1) birlashtiruvchi (konʼyunk-tiv) H. — a l v. Mas, oʻz tilini va madaniyatini yoʻqotgan millat oʻzligidan judo boʻladi; 2) aiiruvchi (dizʼyunktiv) H. — a V v. Mas, oʻsimliklar bir yillik yoki koʻp yillik boʻladi; 3) shartli (implikativ) H. — a —> v. Mas, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi; 4) ekvivalentlik H.i — a=v. Mas, agar bu geometrik figura uch-burchak boʻlsa, unda uning burchaklarining yigʻindisi 180 boʻladi.
H.lar modalligiga koʻra aletik (zaruriy), epistemik (ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifo-dalovchi turlarga boʻlinadi. H. tafak-kur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi.. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo’ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog’lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. Bilimlarimiz turlicha bo’lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo’ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo’ladi. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlardir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo’ladi.
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot – bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar.
Oddiy hukmlar
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb, tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi», degan mulohaza murakkab hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.
Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko’rsatish mumkin. Mantiqiy ega – sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim – predikat (P) predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog’lamadir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog’laydi, natijada hukm hosil bo’ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.
Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko’ra turlarga bo’linadi. Sifatiga ko’ra, tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini mantiqiy bog’lama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aksincha, xos emasligi ko’rsatiladi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifidir»– tasdiq hukm, «Matematika ijtimoiy fan emas» – inkor hukm. Miqdoriga ko’ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bo’linadi. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetlarning sonidan, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.
Yakka hukmlarda birorta belgining bir predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Ahmedov tarixchi emas».
Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan, «Har bir inson baxtli bo’lishni xohlaydi» va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi».
Juz’iy hukmlarda birorta belgining predmetlar to’plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan, «Ba’zi yoshlar tadbirkor». «ayrim talabalar dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so’zi «hech bo’lmasa bittasi, balki hammasi», degan ma’noda qo’llaniladi. SHunga ko’ra, «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin bo’ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.
Ma’lum ma’noda yakka hukmlarni umumiy hukmlar bilan tenglashtirish mumkin. CHunki har ikki hukmda ham to’plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko’rsatiladi. YAkka hukmlarda esa bu to’plam birgina predmetdan iborat bo’ladi.
Mulohazalarning to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo’yicha birlashgan klassifikastiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham tasdiq bo’lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o’rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S–Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.
2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham inkor bo’lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S–P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi.
3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham tasdiq bo’lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S–Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.
4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham inkor bo’lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug’ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S–P emas» bo’lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlardagi terminlar (S va P) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko’ra, o’zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. Hukmlarda terminlar (S va P) to’liq yoki to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi. Termin to’liq hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to’liq mos bo’ladi yoki mutlaqo mos bo’lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to’liqsiz hajmda olingan bo’lsa, unda uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo’ladi:
1. A – Umumiy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liq hajmda olingan bo’ladi. Predikati esa ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi. Masalan, «Hamma insonlar tirik mavjudotdir».
Bu hukmning sub’ekti – «inson», predikati – «tirik mavjudot» tushunchasidir, «hamma» – umumiylik kvantori. Bu hukmning sub’ekti to’liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to’g’risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to’liq kirishadi. Uning predikati to’liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi – insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning doiraviy shakli quyidagicha: (1-chizma).
1-chizma. 2-chizma.
Umumiy tasdiq hukmlarning ba’zilarida S ham, R ham to’la hajmda bo’lishi mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-chizma).
2. Ye – Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to’liq hajmda olingan bo’ladi. Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-chizma).
3-chizma.
3. I – Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi. Masalan, «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi» degan hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Bu hukmda S ham, R ham to’liqsiz hajmda olingan bo’lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-chizma).
4-chizma.
YAna bir misolni ko’ramiz: «Ba’zi shifokorlar xirurgdir». Bu hukmda S – shifokorlar, R – xirurglar, ba’zi – mavjudlik kvantoridir. Hukmda sub’ekt to’liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi shifokorlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to’liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi shifokordir. Predikatning hajmi sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to’liq hajmda olingan bo’ladi (5-chizma).
5-chizma.
4. O – Juz’iy inkor hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda, predikati esa to’liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari: S – yoshlar, R – hunarmand emaslar; ba’zi – mavjudlik kvantori. Hukmning sub’ekti to’liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to’liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-chizma).
6-chizma.
YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liq hajmda, juz’iy hukmlarning sub’ekti to’liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt to’liq hajmda bo’ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R< S bo’lgandagina to’liq hajmda bo’ladi, boshqa hollarda esa to’liqsiz hajmda olinadi.
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to’g’ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmini quyidagi shakl orqali yaqqol ifodalashda «+»¸«-» belgilaridan foydalinadi. Bunda «+» to’liq hajmni, «–» to’liqsiz hajmni bildiradi.
S P

A + - (+)


E + +

J - - (+)


O - +

Predikatning mazmuniga ko’ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko’rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo’ladi.


Masalan, «Hamma daraxtlar o’simliklardir» va «Hech bir o’simlik hayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o’simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o’simliklar va hayvonlar sinfining o’z holicha umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan.
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o’rtasida muayyan munosabatlarning bo’lishi yoki bo’lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo’lakdan katta». «Ikki–uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo’lak o’rtasida bo’lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan.
Munosabat hukmlari sifatiga ko’ra, tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo’linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o’zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o’rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi.
Munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra ham turlarga bo’linadi. Xususan, ikki o’rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, juz’iy-juz’iy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo’linadi.
Masalan, «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Guruhimizning har bir talabasi fakultetimizdagi hamma o’qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy); «Tarix o’qituvchisi guruhimizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do’stim ba’zi masalalarni yecha oladi» (yakka-juz’iy); «Guruhimizdagi hamma talabalar ingliz tilini o’rganadilar» (umumiy-yakka); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar franstuz tilini o’rganadilar» (juz’iy-yakka); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o’yinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy).
Uch o’rinli, to’rt o’rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bo’linadilar.
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A–B» ko’rinishda bo’lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg’ir yog’adi)ni ko’rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko’rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko’pincha atributiv hukmlar ko’rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko’rinishida talqin qilish mumkin.
SHuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko’rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham farqlanadi. «Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko’rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o’qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir.
Murakkab hukmlar
Hukm terminlari birdan ortiq bo’lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog’lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo’llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Mantiqiy bog’lovchining mazmuniga ko’ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va», «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog’lovchilar vositasida o’zaro birikishidan hosil bo’lgan hukmlarga aytiladi. Masalan, 1.«Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi». 2.«A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo’lgan». 3.«Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg’oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar».
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning bog’lanishidan hosil bo’lgan. Ikkinchi hukmda bir xil sub’ektga ega bo’lgan ikki oddiy hukm o’zaro bog’langan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa bir xil predikatga ega bo’lgan ikki oddiy hukm o’zaro bog’langan. O’zbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», «biroq» kabi bog’lamalar va (,) vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog’lamalar kon’yunkstiya belgisi «»orqali ifodalanadi. Formulasi rq.
Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «r» va «q» shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm «» formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo’lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo’lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo’ladi. Boshqa hamma holatlarda esa xato bo’ladi. Masalan, «YOlg’on gapirish va o’g’irlik qilish jinoyatdir» hukmidagi birinchi oddiy gap «YOlg’on gapirish jinoyatdir» chin bo’lmaganligi uchun bu hukm chin bo’lmaydi.
Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog’lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog’lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni. yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov falsafa yoki sostiologiya, yoki psixologiya bo’limida o’qiydi». «Konstertda birinchi yoki ikkinchi kurs talabalari qatnashadilar». Ayiruvchi bog’lamalar «V» – diz’yunkstiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bo’linadi. Oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo’lishi mumkin, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo’ladi. Oddiy diz’yunktiv hukm pVq formulasi bilan, qat’iy diz’yunktiv hukm pVq formulasi bilan belgilanadi.
«A.Avloniy shoir yoki dramaturgdir». Bu oddiy diz’yunktiv hukm. «Abdullaev musobaqada yo yutadi, yo yutmaydi». Bu qat’iy diz’yunktiv hukm.
SHartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog’lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. SHartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va yetarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo’lmasa, hodisa ham bo’lmaydi. Masalan, «Agar o’simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
Hodisa uchun yetarli bo’lgan shart deb, har safar shu shart bo’lganda, o’sha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan, «Agar yomg’ir yog’sa, unda uylarning tomi ho’l bo’ladi». SHartlar «etarli, lekin zaruriy bo’lmagan», «zaruriy, lekin yetarli bo’lmagan», «zaruriy va yetarli» bo’lishi mumkin. Masalan, N sonining ikki va uchga bo’linishi uning oltiga bo’linishi uchun zaruriy va yetarli shart hisoblanadi. N sonining ikkiga bo’linishi uning oltiga bo’linishi uchun zaruriy, lekin yetarli bo’lmagan shartdir. N sonining o’nga bo’linishi uning ikkiga bo’linishi uchun yetarli, lekin zaruriy bo’lmagan shartdir.
SHartli hukm tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. SHartli hukmning «agar» va «unda» so’zlari oralig’idagi qismi – asos, «unda» so’zidan keyingi qismi – natija deb ataladi. «agar yomg’ir yog’sa, unda uylarning tomi ho’l bo’ladi» hukmida «yomg’ir yog’sa» hukmi asos, «uylarning tomi ho’l bo’ladi» hukmi – natija hisoblanadi.
Demak, asosda ko’rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan hukm shartli hukm deyiladi.
SHartli (implikativ) hukmlar «agar ... unda» mantiqiy bog’lamasi (→) belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa ba’zan (ב) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikastiya belgisi deb ataladi. SHart-li hukm esa implikativ hukm deb yuritiladi. Implikativ hukmning asosi – antestedent, natijasi – konsekvent deyiladi. Implikativ hukm antestedent – chin, konsekvent – xato bo’lgan holatdan boshqa hamma ko’rinishlarda chin bo’ladi.
Ekvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog’lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko’rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo’ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo’ladi. Masalan, «Agar berilgan butun son juft son bo’lsa, unda u ikkiga qoldiqsiz bo’linadi».
Ekvivalent hukmning mantiqiy bog’lovchisi (↔) simvoli, ya’ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalent hukmning asosi va natijasi chin bo’lganda yoki ham, natijasi xato bo’lganda,u chin hisoblanadi.
Murakkab xukmlarning chin bo’lish shartlari
P Q p^q pVq pVq p→q p↔q
chin Chin chin chin xato chin chin
chin Xato xato chin chin xato xato
xato Chin xato chin chin chin xato
xato Xato xato xato xato chin chin
Hukmlarning inkor qilinishi. Ikki hukm bir-biriga zid bo’lib, ulardan biri albatta chin, boshqasi xato bo’lsa, bu hukmlar bir-birini inkor qiluvchi hukmlar bo’ladi. Inkor qilinayotgan hukm chin bo’lsa, inkor qilayotgan hukm xato bo’ladi. Inkor qilinayotgan hukm xato bo’lsa, inkor qilayotgan hukm chin bo’ladi.
Quyidagi hukmlar bir-birini inkor qiladi:
1. A–O. Hamma o’zbek ayollari oliy ma’lumotli (xato).
Ba’zi o’zbek ayollari oliy ma’lumotli (chin).
2. Ye–I. Hech bir inson tosh emas (chin).
Ba’zi insonlar toshdir (xato).
Hukmlarni predikatning sub’ektga taalluqli emasligini ko’rsatish va hukmni xato deb ko’rsatish orqali inkor qilish mumkin. Birinchisi ichki inkor, ikkinchisi tashqi inkor deyiladi.
Masalan:
Ba’zi talabalar a’lochi emas (ichki inkor).
Quyoshning Yer atrofida aylanishi – noto’g’ri fikrdir (tashqi inkor).
Kon’yunktiv va diz’yunktiv hukmlar inkor qilinganda ularning mantiqiy bog’lamalari almashadi va tarkibidagi oddiy hukmlar inkor qilinadi.
1) Ayiruvchi hukmni inkor qilish.
Men darsdan so’ng yo kutubxonaga, yo do’stimnikiga boraman. Men darsdan so’ng kutubxonaga ham, do’stimnikiga ham bormadim.
pVq ≡ p^q
2) Ayiruvchi inkor hukmni inkor qilish.
«Hunar o’rganmagan yoki ilm olmagan insonlar hayotda o’z o’rnini topmaydi». «Hunar o’rgangan, ilm olgan insonlar hayotda o’z o’rnini topadi».
pVq ≡ p^q
3) Birlashtiruvchi hukmni inkor qilish.
«Halol va vijdonli odamlar axloqli bo’ladilar». «Halol bo’lmagan yoki vijdonli bo’lmagan odamlar axloqsiz bo’ladilar».
p^q ≡ pVq
4) Birlashtiruvchi inkor hukmni inkor qilish.
«A’lochi va jamoatchi bo’lmagan talabalar tanlovda ishtirok etmaydilar». «A’lochi yoki jamoatchi bo’lgan talabalar tanlovda ishtirok etadilar».
p^q ≡ pVq
Bu formulalar de-Morgan qonunlari deb ataladi.
Agar murakkab hukm tarkibida shartli hukm bo’lsa, formula unga aynan teng bo’lgan, implikastiyasi bo’lmagan boshqa formulaga almashtiriladi. Masalan, «Agar bo’sh vaqtim bo’lsa, unda televizor ko’raman». «Bo’sh vaqtim bo’ldi, lekin televizor ko’rmadim».
Xukmlar o’rtasidagi munosabatlar
Hukmlar ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub’ekt yoki predikatga ega bo’lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo’linadi. Taqqoslanadigan hukmlar sig’ishadigan yoki sig’ishmaydigan bo’ladi. Mantiqda ikki hukm (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo’lsa, ular o’zaro sig’ishmaydigan hukmlar deyiladi. Sig’ishmaydigan hukmlar bir vaqtda chin bo’la olmaydi. Sig’ishadigan hukmlar aynan bir fikrni to’liq yoki qisman ifodalaydi. Sig’ishadigan hukmlar o’zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo’ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo’ladi.
Sig’ishmaydigan hukmlar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo’ladi. Hukmlar o’rtasidagi munosabatlarning shakliy ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali «hukm»lar o’rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi.
Masalan, «Har bir jamiyat o’z axloqiy normalariga ega». Bu A – umumiy tasdiq hukm Ye, I, O ko’rinishlarda quyidagicha ifodalanadi:
E. Hech bir jamiyat o’z axloqiy normalariga ega emas.
I. Ba’zi jamiyatlar o’z axloqiy normalariga ega.
O. Ba’zi jamiyatlar o’z axloqiy normalariga ega emas.
Bu hukmlar taqqoslanadigan hukmlar bo’lib, ular o’rtasida chinligiga ko’ra o’ziga xos munosabatlar mavjuddir.
Sig’ishmaydigan hukmlar o’rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari bo’ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko’ra turlicha bo’lgan umumiy hukmlar o’rtasida mavjud bo’lib, bu munosabatga ko’ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo’la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo’lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo’lsa, unda boshqasi, albatta, xato bo’ladi. YUqoridagi misollardan A–hukm chin, Ye – hukm xato ekanligi ma’lum bo’ladi.
Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko’ra turlicha bo’lgan hukmlar o’rtasida mavjud bo’ladi. Bu hukmlarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo’lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo’ladi. YUqoridagi misollardan A – hukm chin bo’lib, O – hukm xatodir. SHuningdek, I – hukm chin, Ye – hukm xatodir.
Sig’ishadigan hukmlardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo’lgan hukmlar o’zaro bo’ysunish munosabatida bo’ladi. Bunda umumiy hukmlar bo’ysundiruvchi, juz’iy hukmlar bo’ysunuvchi bo’ladi. Bo’ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo’lsa, ularga bo’ysunuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo’ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin bo’lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. YUqoridagi misoldan A – hukm chin bo’lgani uchun unga bo’ysunuvchi I – hukm ham chin bo’ladi. Agar umumiy hukmlar xato bo’lsa, ularga bo’ysunuvchi juz’iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. Misolimizda Ye – hukm xato bo’lgani uchun O – hukm ham xato bo’ladi. Ba’zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo’lsa, juz’iy hukmlar chin bo’ladi.
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo’lgan juz’iy hukmlar o’rtasida mavjud bo’ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo’lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo’ladi. YUqoridagi misolimizda O – hukmning xatoligi aniq bo’lgani uchun I – hukm chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar hamma vaqt chin bo’ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi» va «A. Oripov – O’zbekiston Qahramoni» hukmlari o’zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil sub’ektga, lekin har xil predikatga ega bo’lgan hukmlardir.
Hukmlarning chinligiga ko’ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega.
Hukmlarning modalligi. Atributiv va munosabat hukmlari, shuningdek, ulardan tashkil topgan murakkab hukmlar assertorik (lot. assero – tasdiqlayman) yoki voqelik hukmlari deyiladi. Ularda predikatda ko’rsatilgan belgining sub’ektda bor yoki yo’qligi haqida fikr bildiriladi. Modal hukmlarda esa predikatning sub’ektga tegishli yoki tegishli emasligi haqidagi fikr qat’iy, kuchli (zaruriy) yoki qat’iy bo’lmagan, kuchsiz (ehtimol) tasdiq yoki inkor shaklida bayon qilinadi. Boshqacha aytganda, modal hukmlarda sub’ekt va predikatning o’zaro munosabati haqida muayyan nuqtayi nazardan fikr bildiriladi. Masalan, «Inson abadiy yashamaydi» assertorik hukmi «Inson abadiy yashashi mumkin emas», deb bayon qilinganda modal hukm ko’rinishida ifodalanadi. Bu hukm avvalgisiga nisbatan kuchli. «Ukam ingliz tilini o’rganadi» hukmiga nisbatan «Ukam ingliz tilini o’rganishi mumkin» hukmi kuchsiz tasdiq hukm hisoblanadi. Bu hukmlardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal hukmdir.
Assertorik (voqelik) hukmlarga shart, zarur, mumkin kabi modal tushunchalar (operatorlar)ni kiritish orqali modal hukmlar hosil qilinadi. Modal operator M harfi bilan belgilanadi.
Modal hukmlar modal mantiqda o’rganiladi. Unda aletik (zaruriy), epistemik (eng ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi hukmlar tahlil qilingan.
Biz bulardan aletik modal hukmlarini ko’rib chiqamiz. Aletik modal hukmlar sub’ekt va predikat o’rtasidagi ikki turli aloqadorlikni o’z ichiga oladi: zaruriy va problematik (ehtimoliy).
Modal hukmlarni ifodalash uchun turli modal operatorlardan foydalaniladi. Masalan, aletik modal hukm-larda quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi:
« A» – A zaruriydir.
« A» – A tasodifiydir.
«A» – A bo’lishi mumkin.
« A» – A bo’lishi mumkin emas.
Ba’zan «Lp» –«r zaruriydir», «Mr» – «r bo’lishi mumkin» belgilaridan ham foydalaniladi.
Zaruriy modal hukmlar turli fanlarning qonunlarini, shu jumladan, mantiq qonunlarini va ulardan kelib chiqadigan holotlarni ifodalaydi. Masalan, «Butun bo’lakdan katta», «Har bir fuqaro qonunlarga bo’ysunishi shart».
Qonunlarga zid bo’lgan, ularni va ulardan kelib chiqadigan turli holotlarni inkor etuvchi hukmlar ehtimoliy hukmlari deyiladi. Masalan, «Simob daryosining bo’lishi mumkin emas».
Qonunlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarga zid bo’lmagan, qonunlarni ham, ularning oqibatlarini ham ifodalamaydigan hukmlar tasodifiy hukmlar deyiladi. Masalan, ba’zi hududlarda dengiz ko’pigining toshqini bo’lishi tasodifiydir.
Ehtimollik hukmlari deb, qonunlar va ularning oqibatlariga zid bo’lmagan fikrlarga aytiladi. Masalan, «Marsda hayot bo’lishi mumkin».
Modal tushunchalardan hamma sohalarda foydalanish mumkin.





Yüklə 57,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin