2-topshiriq
MAVZU JAMIYAT RIVOJINING FALSAFIY TAXLILI
REJA:
1. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.
2. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
3. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va
G‘arb madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri.
4. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.
1. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.
Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo'lib, o'z
tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatimiz sosial tizimining
muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har
bir bo'lakchalarning o'ziga xos tomonlarini, o'zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan
o'rganib, to'g'ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.Chunki, o'z vaqtida keyingi
oqibati o'ylanmagan, oldindan sosiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi
olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.Sosiologiya
tarixida jamiyat – o'z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida
tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy
munosabatlar majmuasi hamdir.Sosiologiya jamiyat to'g'risidagi ta'limot bo'lib,
ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funksional qonunyatlar, harakatlantiruvchi
kuchlarni o'rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat
o'rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning
elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.Sosiologik amaliyot funksional
o'zgarishlarsiz, evolyusiyasiz, revolyusiya tushunchasi bilan, funksional
munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar
orqali asoslashga urinuvchi bu ta'limot jamiyat hayotini bir tomonlama o'rganishga
olib kelganligini davr ko'rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: |