Reja: Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida


Sotsiologizatorlik konsepsiyalari



Yüklə 210,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix30.04.2023
ölçüsü210,56 Kb.
#104952
1   2   3   4   5   6
2-Topshiriq Abduqahharov Diyorbek

Sotsiologizatorlik konsepsiyalari. Biologizatorlik yondashuviga zid o‘laroq, 
sotsiologizatorlik yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga 
harakat qiladilar. Bunda ular ba’zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning 
biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki so‘nggi zikr etilgan asosni 
hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy e’tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. 
Asosiy e’tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida 
jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos 
individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga 
bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va 
ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta’limotlarga, xususan, Platon falsafasi, 
ayniqsa, xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm 
muammosidir.
4. Hayotning mazmuni va insonning vazifasi. 
Inson hayotning tezoqarligini yodda tutishi, uning shomini kuzatishi, odamzod 
hayotining bebaholigi haqida o‘ylashi, o‘lim haq ekanligini unutmasligi lozimligi 
haqidagi fikrlarga biz falsafa fani shakllanish jarayonining ilk bosqichidayoq, 
G‘arb falsafiy an’anasida ham, Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. 
SHundan beri o‘tgan ikki yarim ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida bu borada 
deyarli hech qanday o‘zgarish yuz bergani yo‘q, zero, avvalgidek, odamzodning 
hayot yo‘li tug‘ilish vao‘lish sanalari bilan chegaralanadi. SHuningdek, birinchi 


sana doim muayyan, aniq bo‘lsa, ikkinchi sana inson umrining oxirgi 
soniyalarigacha mavhum bo‘lib qoladi. Ayni shu sababli hayotning mazmuni 
muammosi har bir inson qarshisida ertami-kechmi ko‘ndalang bo‘ladi va u o‘ziga 
aniq va uzil-kesil javob topish mumkin bo‘lmagan savollarni beradi. «Bu dunyoda 
nima uchun yashayapman», deb so‘raydi o‘zidan inson va agar bu savolga o‘zi 
javob bermasa, o‘z hayotiga muayyan mazmun baxsh etmasa, bu ishni uning 
o‘rniga hech kim va hech qachon bajarmasligini vaqto‘tishi bilan anglay boshlaydi. 
Abadiyat qarshisida, o‘lim qarshisida har kim, oxir-oqibatda, o‘zi bilan o‘zi tanho 
qoladi. Albatta, jamiyatda inson o‘zini bu darajada yolg‘iz his etmaydi, biroq, 
ekzistensialistlar fikriga ko‘ra, bu hol toki inson boshqalarning ham o‘z hayoti 
borligi va ular ham o‘z hayotining mazmuni va o‘zining vazifasi haqidagi o‘ta 
shaxsiy muammolarni mustaqil echish zaruriyati qarshisida turganini anglab 
etgunga qadar davom etadi. Bundan ekzistensializm falsafasida yolg‘izlik 
muammosi kelib chiqadi. Aslida, mazkur muammo falsafiy antropologiyada ham 
inson borlig‘i tahlilidagi bosh muammolardan biri hisoblanadi.

Yüklə 210,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin