faqat arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu esa
muqarrar tarzda ocharchilik,
epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur
omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi ijtimoiy
munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur
tartibga solish vositalari
sifatida qaraydi.
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy
tanlanish haqidagi ta’limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi,
balki uning mohiyatini, pirovard natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar
tabiatini tushuntirishga harakat qilgan sotsial-darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi
vaqtda bu yo‘nalishni odamlarga ham, hayvonlarga ham teng darajada xos bo‘lgan
irsiyatga urg‘u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda. Sotsiobiologlar
fikriga
ko‘ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham
irsiy omillar bilan
belgilanadi va hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon –
engishga qodir emas.
Dostları ilə paylaş: