Reja: Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida


 Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari



Yüklə 210,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix30.04.2023
ölçüsü210,56 Kb.
#104952
1   2   3   4   5   6
2-Topshiriq Abduqahharov Diyorbek

2. Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari.
Falsafiy antropologiya izlanishlarining bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat 
inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani antropotsentristik 
falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning 
boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi. 
Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson 
turishi bilangina emas, balki uning barcha maktablari uchun inson dunyoning 
markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi. Mazkur yondashuv zamirida antik 
falsafaning Protagor ta’riflab bergan «Inson hamma narsalar mezonidir», degan 
tamoyili yotadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi Evropa madaniyati 
asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham kelib chiqadi. Aynan 
xristianlik dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni Xudo o‘ziga o‘xshatib 
yaratgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan xristiancha madaniyat 
vakilining mentaliteti asosida shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy 
maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, sharq 
falsafasida inson hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, zero, u 
tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli 
darajalaridan biri sifatida qaraladi. SHarq falsafasida antropotsentrizm yo‘q, 
umuman olganda, falsafiy antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada inson 
dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning 
o‘zi esa mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, balki uning izmiga 
bo‘ysunishi lozim. SHunday qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan 
«Inson nima», degan savol Evropa falsafiy antropologiyasi uchun uning falsafiy 
muammolari majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy 
tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy 
antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan inson haqidagi ta’limotdir. Inson 
va uning borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng doirasini qamrab 
oladi. Bularning barchasi antropologizm, ya’ni insonning mohiyati muammolarini 
izchil o‘rganuvchi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma’nodagi falsafiy 


antropologiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Keng ma’noda esa, falsafiy 
antropologiya, shu jumladan, inson, uning tabiat va jamiyatdagi borlig‘i haqidagi 
ta’limotni ham o‘z ichiga oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida maydonga 
chiqadi.

Yüklə 210,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin