Jamiyat va uning asosiy belgilari
Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga
nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug’ mutafakkirlar
e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo bilan
bog’lab izohlashdir.Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va
ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib
birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat
bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro
munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish,
yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri
bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish imkonini
bergan.Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni
uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shaxar) vujudga
kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy,xuquqiy,
iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy
munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy
extiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular moxiyatan inson va jamiyat
mavjudligining zarur sharti xisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya,
maxalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z moxiyatini yo’qotadi.
Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport
vositalari, o’zini ximoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy
extiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka
intilish, bilim, san’at, oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi
intilishlar kiradi. Insonning asl moxiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda
qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladiMamlakatimizda ma’naviyat masalalariga
aloxida e’tibor berilayotganining sababi xam ana shunda. Jamiyatning moddiy va
ma’naviy xayoti kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy boliq
xolda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy xayotiga quyidagilar kiradi:
-kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy
shart-sharoitlar;
-oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqili, kommunikasiya vositalari;
-moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
-ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy
munosabatlar majmui;
-moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma’naviy xayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’risidagi
qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-
tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi
munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar,
tashkilotlar, turli uyushmalar) muxim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning
siyosiy-xuquqiy jixatlari xam muximdir. Kishilar tamonidan siyosiy va xuquqiy
bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida
muxim axamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari qondirilishida mexnat,
mulk va mexnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos axamiyatga ega. Mexnatning
kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor
bilan shuullanadigan toifalar, gurux, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular
jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan
xissa qo’shadi.Jamiyat xayotiga barqarorlik va beqarorlik xam xos. Xar bir inson
o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj
bo’lgani kabi, jamiyat xam o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka extiyoj sezadi.Ijtimoiy tizim - murakkab ichki
tuzilishga ega bo'lib, tartibli, bir butun, o'ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli
ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi.har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy
tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma'naviy, ijtimoiy turmush, fan va
shu kabi sohalarda to alohida olingan insongacha bo'lgan ijtimoiy tizimlar shular
jumlasidandir.
2. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq.
Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va
adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari
yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar
dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan
belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar.
Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli
ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan
tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya
tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan.
Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan,
ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis
faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini
ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning
moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy
qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi
O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya
tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya
madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin
inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik
jarayonlar majmuini nazarda tutgan.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri
bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir.
Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu
jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali
hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-
sharoit yaratadi.
Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga
aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud
bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga
alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi
mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi.
Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning
birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy
yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning
ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi.
Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda
chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.).
Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat
ma’nosida ham qo’llaniladi.
Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya
tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy)
o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik
ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda
ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. Sivilizatsiya
ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi
qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida
“madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik,
sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz
to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib
yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya.
Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi
taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf
ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat
deb bilganlar.
Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII
asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu
davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr
boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa
xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi.
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va
rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan
dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744)
o’zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan
risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma
harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha
xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar
asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik respublika yoki
konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir tsikl
mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl
yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin
yuqoriroq darajada o’tadi. Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning
rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos
bo’lgan.
Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus
tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-
alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar
“asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon
bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari
surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri
bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va
halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.
Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy) ning
fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal
bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish
madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.
O.Shpengler “Yevropa quyoshning so’nishi” asarida G’arbiy Yevropa
tarixiga xos evropotsentrizm, panlogizm, istorizm, to’g’ri chiziqli progressizm
printsiplarini tanqid qildi va madaniy - tarixiy jarayonning aylanma harakati
nazariyasini yaratdi. Bu nazariya sivilizatsiyaning tsiklli rivojlanishi, ya’ni
takrorlanib turishi haqidagi konsepsiyaga olib keldi.
Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik sxemasiga
tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil,
Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan.
Shpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati
(taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga
aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va
tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi.
Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975) sivilizatsiyani
yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n ikki tomlik “Tarixni
anglash” asarida keltirgan o’zaro o’rin almashuvchi lokal sivilizatsiyalar
konsepsiyasida sivilizatsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida
chaqiriq va javob nazariyasini ilgari surdi.
Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o’zagi va tayanchidir.
Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u yoki bu jahon dinlarini
asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi
va hokazo.
U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy jarayonning
to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va
sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy,
Shumer, Mayya, Hind, Ellin, G’arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va
Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalarni tadqiq
etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va odamlar tegrasidagi yashash sharoitlarining
og’irligi sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi”, -degan xulosaga
keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar” sifatida
yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga
kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy
bosqichlardan o’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa
sivilizatsiya egallaydi.
Shunday qilib, sivilizatsion taraqqiyot xususida bugungi kunda ham
yangidan-yangi g’oyalar yaratilmoqda, yangicha modellar taklif etilmoqda. Bu
jarayonda globallashuv ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
3. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va
G‘arb madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri.
Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy
boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining
darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning
yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv
qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan
foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali
yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos
xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga
imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda
munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil
topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy
munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib
madaniyat tizimini belgilaydi.
Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy
bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi
hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan.
”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni
anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan.
Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida
ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha
“madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik
madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi
ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi
adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada
yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham
foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga
qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan.
-Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan
yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga
xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush
tarzi shaklida yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq
tutish, chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat
to’g’risidagi fikrning tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda
rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf-
odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi.
Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi bilan muayyan darajada
texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi.
Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq
mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga tobeliga ortadi.
Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib boradi. Turli
tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha
anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini
hosil qiladilar.
-Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir.
Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida
mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga
xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga
singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy
hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga
yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni,
jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning
xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni
sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi
yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va
shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli
vasifasini ham bajaradi.
Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida
o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarida informatsion
faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, “kompyuter inqilobi” sharoitida
informatsiyalar bilimlar ishlab chiqarilishi, ya’ni texnalogiyalar yaratish alohida
turdagi faoliyat sifatida shakillanadi. Informatsiya qimmatbaho tavarga
aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inertsiya katta ta’sirini hisobga olish
kerak. Inertsiyaning ta’sirida insoniyat bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan
tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri
qiyinchiliklari bilan qayta quriladi. Bu hozirgi davrdagi mavjud muammolarga
o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini
o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob
qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy
muloqot bo’lib turadi.
Madaniyat kishilarga tana azolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi
tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil
ravishda bevosita tevarak atrofidagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan
avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Shaxsning shakillanishi
jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson
madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki
shaxsiy “tabiat”ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi
mazmuniga, “ikkinchi tabiati”ga aylanadi.
4.Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.
Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri. Qadriyatlar to'g'risidagi fan
— «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta'limot ma'nosini anglatadi)
falsafaning shu masalani o'rganadigan va u bilan shug'ullanadigan sohasi
hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to'g'rida nihoyatda kam ma'lumotlar bor edi.
Istiqlol tufayli qadriyatlar to'g'risidagi qarashlarimiz shitob bilan o'zgardi. Sobiq
ittifoqning ilgari ulug'langan partiyaviysinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona
realliklari talablariga javob bera olmay, o'tgan o'n yilliklardan iborat tarix sahifalari
bilan birga yopilib ketdi. O'zbekistonda qadriyatlarga e'tibor kuchaydi, uning turli
qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi —
aksiologiyaning ko'pdan ko'p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida
o'ziga xos o'rin tutmoqtsa. «Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir», — deb yozgan
edi Abdulla Qodiriy «O'tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday, «Qadriyat o'zi
nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo'lsa-da,
o'rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib
bo'lmaydi. Qadriyatlar mavzuining tarixi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari
va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o'tmishga ega.
MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
REJA:
1. Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi.
2. Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.
3. Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va
sotsiologizatorlik konsepsiyalari.
4. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi.
Dostları ilə paylaş: |