Mavzu: husnixatga o‘rgatishning chiziqli usuli


Namunaga qarab yozish usuli



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#191563
1   2   3   4   5   6
chiziqli usul

Namunaga qarab yozish usuli.


Husnixatga o‘rgatish usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko‘rsatish va yozdirishdir.
Har bir harfning namunasi doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o‘quvchilarga daftarda alohida-alohida ko‘rsatiladi. O‘quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarni (harf, bo‘g‘in, so‘zlar) o‘z daftarlariga to‘g‘ri aks ettirishidir.
Doskada yozib ko‘rsatilgan har bir harf barcha o‘quvchilarga aniq ko‘rinib turishi shart. Agar ayrim o‘quvchilar uni aniq ko‘rmagan bo‘lsalar, qaytadan takrorlab ko‘rsatiladi. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bog‘lanishini ko‘rsatish vaqtida qayta-qayta takrorlash juda muhimdir.
O‘qituvchi har bir harf bilan harflarning bog‘lanishi, og‘zaki yoki doskada tushuntirish orqali qo‘lni qayerga qo‘yish kerak, qayerda qo‘l harakati buriladi, harflarning baland-pastligi qay darajada bo‘lishi orqali ko‘rsatmalar orqali tushuntiriladi.
Keyinchalik o‘quvchi u yoki bu harfni o‘qituvchi bergan ko‘rsatmalar asosida tushuntirib beradilar.
  1. Nusxaga qarab ko‘chirish usuli


Bu usul qadimiy usul bo‘lib, hozirgi kunda ham qimmatini yo‘qotmagan holda qo‘llanilib kelinmoqda. Bu usulda o‘quvchilar harflarni «Husnixat» kitobi yoki
«Yozuv daftari»dagi namunalarga qarab ko‘chirib yozadilar.
Namunaga qarab ko‘chirib zish, tayr harflarning ustidan yozishga nisbatan ancha murakkab bo‘lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo‘llashni o‘qituvchi yaxshi bilishi kerak.
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‘lni yurgizib mashq qilish mexanik jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar.
«Husnihat» darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o‘qituvchining vaqtini tejaydi, unumli ishlashga imkoniyat yaratadi. Bunga erishish uchun barcha o‘quvchilar darslik bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
  1. Nusxa ko‘chirish usuli (harf surati ustidan yozish)


Bu metod harf shaklini to‘g‘ri tasavvur qila olmaydigan, yozayotganda daftar chiziqlaridan pasga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o‘quvchilar uchun qo‘llaniladi.
Masalan, o‘quvchi D harfini ¸zishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, o‘qituvchi daftarga qalamda uni nuqtalar bilan ifodalab ko‘rsatadi, o‘quvchi esa uning ustidan ruchkada yurgizib chiqadi. Bu usul o‘quvchilarning shu harf haqidagi tasavvurini shakllantiradi.
Ayrim hollarda o‘qituvchi chiroyli ¸zuvga o‘rgatishning dastlabki davrida o‘quvchilarni harf, uning elementlari haqida, to‘g‘ri tasavvurga esa qilishi uchun yupqa xitoy (kalpka) qog‘ozidan ham foydalanishi mumkin. Lekin bunday mashqlar qo‘l harakatini o‘stirish uchun ¸rdam beradi. Bundan uzoq foydalanish yaxshi samara bermaydi, o‘quvchi harf shaklini mustaqil ¸ki namunaga qarab ¸zishda qiynaladi. Shuning uchun nusxa ko‘chirish usulidan faqat yakka shug‘ullanganda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  1. Yüklə 27,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin