6
yilda YE.V.Guryanovning «Yozuvga o'rgatish psixologiyasi» kitobi nashr
qilindi. Bu qo'llanmada, asosan, yozuvga o'rgatish psixoldogiyasi to'la
ochib beriladi, hamda eski kalligrafik yozuv sistemasi tanqid qilinadi.
Muallif bosim bilan yoziladigan yozuv sistemasini misollar bilan ko'rsatib
beradi, hamda mavjud yozuv grafikasini soddalashtirishni talab etadi.
Yozuv qurollarining takomillashib borishi bilan YE.V.Guryanov tomonidan
tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970 yildan boshlab maktablarda
keng qo'llanila boshlandi.
1965 yildan boshlab o'zbek maktablarida yangi soddalashtirilgan harflar
asosida yozuvga o'rgatish bo'yicha tajriba ishlari olib borildi.
Tajriba yakunlari shuni ko'rsatdiki, soddalshtirilgan harflar zamon
talabiga to'la mos keladi.
1970 yildan boshlab barcha rus alfaviti asosida o'qitiladigan maktablar
uchun yangi, soddalashtirilgan harflar bilan husnixat kitoblari hamda
metodik qo'llanmalar chiqarila boshlandi. Shu jumladan, o'zbek
maktablari uchun ham husnixat darsliklari yaratildi.
Ammo bu darslik va metodik ko'rsatmalar hozirda yangi dastur asosida
ishlayotgan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining talabiga javob berolmay
qoldi.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi fani amaliy fan, chunki u
o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash, o‘stirishning amaliy vazifalarini
bajaradi. Boshqa fanlar kabi husnixat o‘qitish metodikasining ham o‘z
predmeti bor. Husnixat o‘qitish metodikasining o‘rgatish predmeti ta’lim
berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to‘g‘ri, chiroyli
yozishga o‘rgatish jarayoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: