Mavzu: Husnixatga o`rgatishning maqsad va vazifalari reja



Yüklə 199,94 Kb.
səhifə12/33
tarix13.05.2023
ölçüsü199,94 Kb.
#113203
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Referatlar Husnixat

1. Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o‘rgatishda, o‘quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo‘yi va enini to‘g‘ri mo‘ljallay olish lozim. harflarni harflarga ulashda qol uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oraligldagi masofa 1,5-2 sm bo‘lishi e’tiborda tutiladi. Shuningdek, partada o‘tirish qoidalariga (ko‘z va daftar oralig‘ining 30 sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bo‘lishiga, partada engashmasdan, boshni to‘g‘ri tutib, tirsaklarni partaga engil qo‘yish, oyoqlarni parta ostiga to‘g‘ri qo‘yish, ko‘krak bilan parta oralig‘i masofasining bir kaft sig‘adigan masofada bo‘lishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi.
2. Genetik tamoyil. Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetik tamoyil katta o‘rin tutadi. O‘quvchi bu tamoyilga asosan avval shakli oson, sodda harflarni yozdirishga o‘rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni yozishda qiyinchilik tug‘ilmaydi. Shuning uchun chiroyli yozuvga o‘rgatishda, dastavval bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, hamda shu guruhlash asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab, yozish birmuncha murakkabroq harflarga o‘tiladi. Masalan, kichik harflarning 1-guruhiga i, n, m, r kabilar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat bo‘lganligi sababli yozishda qiyinchilik bo‘lmaydi. Shuningdek, genetik tamoyil asosida harf, bo‘g‘in, so‘z, gap, matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv mashqlari o‘tkaziladi.
3. Takrorlash tamoyili. Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik uchun sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigienik qoidalarga amal qilish eslatib turilishi yaxshi natija beradi. Yozuv qiyaligiga amal qilish, harflarni qo‘1 uzmay yozish, harflar, so‘zlar orasidagi masofani to‘g‘ri chamalash va yozishga oid qoidalarga amal qilishni takrorlash, yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi.
Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning samarasiz mashqqa aylanib qolmasligiga amal qilinadi.

Yüklə 199,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin