Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi



Yüklə 156,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix26.04.2023
ölçüsü156,7 Kb.
#102812
1   2   3   4   5   6   7
Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi ppt

Buyrak usti bezlari. 
Odamlar va hayvonlarning buyrak usti bezlari juft organ bo'lib, 
buyraklarning ustida joylashgandir. Ayrim hayvonlarda bu bezlar buyrakka 
bevosita tutashib tursa, ikkinchi bir xil hayvonlarda buyrakdan bir oz nariroqda 
joylashgan bo'ladi. Buyrak usti bezlari bir-biridan farq qiladigan ikki qavatdan, 
po'stloq (interinal to'qima) qavati va mag'iz (xromofin to'qima) qavatidan tashkil 


topgan. Organizmda mag'iz va po'stloq qavatlarining hujayralaridan iborat mayda 
bezchalar, ayrim hollarda esa har ikkala tomoni shakllangan qo’shimcha holatida 
ham uchraydi. 
Po'stloq qismining faoliyati. Buyrak usti bezining po'stloq qavati hujayralari 
o'zining kelib chiqishi jihatidan epiteliy hujayralariga yaqin turadi. Ular uchta 
zonani tashkil qiladi. Koptokchali tashqi zona, tutamli orqa zona va to’rli ichki 
zona. Buyrak usti bezining po'slog'idan 46 tadan ortiqroq gormonlar - kortiko 
steroidlar ajratib olingan, biroq ularning 8 tasigina faoldir. Buyrak usti bezlari 
po’stloq qavati steroidlari besh guruhga bo'linadi: 
1. Glyukokortikoidlar; 2. Mineralokortikoidlar; 3. Androgenlar; 4. 
Estrogenlar; 5. Gestogenlar. 
Bularning ichida glyukortikoidlar va mineralokortikoidlar katta ahamiyatga 
egadir. Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar almashinuvini, avvalo 
qondagi natriy va kaliyning miqdorini rostlab turadi. 
Mag'iz qatlamining faoliyati. Buyrak usti bezining mag'iz moddasidan 
adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda 
fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo'ladi. Adrenalinning ta'siri 
simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan moddalarning fiziologik ta'siriga 
o’xshashdir. Uning ta'siridan ko'z qorachig'i kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi 
tezlashadi, kuchi oshadi, muskullarning o'tkazuvchanligi va qo'zg'aluvchanligi 
kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak toj tomirlari va miya 
tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, 
bronxalarni 
kengaytiradi, 
ichak 
peristalikasini 
tormozlab, 
muskullarini 
bo'shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo'zg'atib, sfinkterlarning yepilishiga olib 
keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. 

Yüklə 156,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin