ataladi. Beta hujayralar insulin (lotincha - Insula - orolcha) gormoni, alfa
hujayralar esa glyukogon gormonini ishlab chiqadi.
Insulin jigarda glyukozadan glikogen sintezlanishini tezlashtiradi va uning
parchalanishiga to'sqinlik qiladi. Demak, periferik qonda qandning bir muncha
kamayishiga sabab bo'ladi. Organizmda uglevodlar almashinuvining oraliq
mahsulotlaridan yog' va oqsillarning hosil bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Qondagi qand miqdori bilan me'da osti bezidan insulinni ajralishi o'rtasida
bog'lanish bor, boshqacha aytganda, qonda qand ko'paysa, insulin ham ko'proq
ishlanib chiqiladi va aksincha. Beta hujayarlar faoliyati kuchayganda yoki
organizmga anchagina miqdorda insulin yuborilganda qondagi glyukozaning
aksariyat qismi glikogenga aylanadi. Oqibatda unda qand odatdagidan ancha
kamayib ketadi, gipoglikemiya deb shunga aytiladi. Rosmana gipoglikemiya nerv
faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi va hatto gipoglikemik shok paydo bo'lishi ham mumkin,
bunda markaziy asab tizimining qisqa muddatli qo'zg'alishidan keyin hayvon
darmoni qurib, juda bo'shashib qoladi, og'ir hollarda esa, talvasaga ham tushadi va
hokazo.
Dostları ilə paylaş: