4.Parabioz – ikki organizm o’rtasida biologik uzviylik hosil qilish.
5.O’rganilayotgan bezga oqib kel6.Radiofaol izotoplar usuli – bu usul yordamida turli gormonlarning
organizmda sintezlanishini, almashishini o’rgansa bo’ladi.
Epifizning endokrin faoliyati.
Epifizning endokrin faoliyati.
Bu bez bosh miyada to’rt do’mboqchasining yuqori domboqchalari orasida
joylashgan bo’lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining dorsal qismiga
tutashgandir. Barcha umurtqali hayvonlarda mavjud bo’lsa-da, baliqlar, amfibiyalar
va reptiliyalarda kamroq, sut emizuvchilarda esa yaxshiroq rivojlangan. Bu
bezning organizm uchun ahamiyati yaqin vaqtgacha ham noma’lum edi. Hozir bu
bezdan uch xil gormon: serotonin, melatonin va adrenoglomerulotropin ishlanib chiqishi isbotlagan. Serotonin yoki S – oksitriptamin epifizdan tashqari bosh miya, ichaklarning devorida va taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan ko’ra epifizda koʻproq ishlanadi. Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan hosil bo’ladi. Melatonin - melanoforlarga, ya’ni ba’zi hayvonlarning terisida bo’ladigan maxsus pigment
hujayralariga faol ta’sir etadi. U o’zining ta’siri bilan intermedinga qarama-qarshi
bo’lgani uchun terini oqartiradi. Adrenoglomerulotropin – kimyoviy tuzilish
jihatidan melatoninga yaqin turadi. Bu gormon buyrak usti bezi po’stloq qavatining
koptokchali zonasiga ta’sir etib, aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi.