Qalqonsimon bezning ortiqcha ishlayotganligi diffuz toksik buqoqda, kam ishlayotganligi esa miksedema va endemik buqoqda namoyon boʻladi. Qal-qonsimon bez yonidagi bezchalar yetarli ishlamaganda kalsiy va fosfor almashinuvi, jigarning zaharlarni za-rarsizlantirish funksiyasi buziladi, natijada tetaniya roʻy beradi.

I.s. Bezlarining kasalliklarini endokrinolog vrach davolaydi. Bemorga gormonal preparatlar, rentgenoterapiya, operatsiya, parhez, fizioterapiya va iqlim bilan davolash buyuriladi.
Endokrin bezlar faoliyatini o’rganish usullari.
Endokrin bezlar faoliyatini o’rganish usullari.
Organizmdagi barcha bezlar sekretsiya xiliga qarab katta ikki guruhga:
tashqi sekretsiya bezlari, ya’ni ekzokrin bezlar va ichki sekretsiya bezlari, ya’ni
endokrin bezlarga bo’linadi. Tashqi sekretsiya bezlari deb mustaqil chiqaruv yo’llari bo’lgan, o’zida hosil bo’ladigan suyuqliklar, shiralarni tana yuziga, ovqat hazm qilish kanali, siydiktanosil yo’llariga yoki tashqi muhit bilan tutashgan boshqa bo’shliqlarga ajratadigan bezlarga aytiladi. Ichki sekretsiya bezlari, ya’ni endokrin bezlar deyilganda esa mustaqil chiqaruv yo’llari bo’lmagan bezlar tushuniladi Gormonlar ta’siri uch xil yo’nalishda amalga oshadi:
Birinchidan, ularning ba’zilari to’qimalardagi moddalar almashinuviga ta’sir
ko’rsatsa, ikkinchidan, organizmning shakllanishiga, metamorfozga, to’qima va
organlar ixtisoslashishining jadallashuviga ta’sir ko’satadi.
Uchinchi xillari esa, organlar yoxud organizm faoliyatini o’zgartiradi.