Mavzu: Ichki sekretsiya bezlarining tekshirish usullari


Endokrin bezlar faoliyatini o’rganishda keng foydalaniladigan usullar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə4/12
tarix16.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#75454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ichki sekretsiya bezlari

Endokrin bezlar faoliyatini o’rganishda keng foydalaniladigan usullar

quyidagilardir:

1.Eksterpatsiya – operatsiya qilib, tegishli endokrin bezini olib tashlash va

shundan keyin organizmda ro’y beradigan o’zgarishlarni kuzatish.

2.Transplantatsiya – endokrin bezini ko’chirib o’tkazish (auto, gomo va

getero transplantatsiya).

3.Tegishli gormonni yoki endokrin bezdan tayyorlangan ekstraktlarni

organizmga yuborib, kuzatiladigan o’zgarishlarni o’rganish.

4.Parabioz – ikki organizm o’rtasida biologik uzviylik hosil qilish.

5.O’rganilayotgan bezga oqib kel6.Radiofaol izotoplar usuli – bu usul yordamida turli gormonlarning

organizmda sintezlanishini, almashishini o’rgansa bo’ladi.

Epifizning endokrin faoliyati.

Epifizning endokrin faoliyati.

Bu bez bosh miyada to’rt do’mboqchasining yuqori domboqchalari orasida

joylashgan bo’lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining dorsal qismiga

tutashgandir. Barcha umurtqali hayvonlarda mavjud bo’lsa-da, baliqlar, amfibiyalar

va reptiliyalarda kamroq, sut emizuvchilarda esa yaxshiroq rivojlangan. Bu

bezning organizm uchun ahamiyati yaqin vaqtgacha ham noma’lum edi. Hozir bu

bezdan uch xil gormon: serotonin, melatonin va adrenoglomerulotropin ishlanib chiqishi isbotlagan. Serotonin yoki S – oksitriptamin epifizdan tashqari bosh miya, ichaklarning devorida va taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan ko’ra epifizda koʻproq ishlanadi. Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan hosil bo’ladi. Melatonin - melanoforlarga, ya’ni ba’zi hayvonlarning terisida bo’ladigan maxsus pigment

hujayralariga faol ta’sir etadi. U o’zining ta’siri bilan intermedinga qarama-qarshi

bo’lgani uchun terini oqartiradi. Adrenoglomerulotropin – kimyoviy tuzilish

jihatidan melatoninga yaqin turadi. Bu gormon buyrak usti bezi po’stloq qavatining

koptokchali zonasiga ta’sir etib, aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin