Mavzu idrok illyuziyalari va ularni amaliyotda qo‘llash reja-fayllar.org
Mavzu: idrok illyuziyalari va ularni amaliyotda qo‘llash reja
Mavzu: idrok illyuziyalari va ularni amaliyotda qo‘llash
REJA: 1. Idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.
2. Idrokning asosiy xossalari va turlari.
3. Idrokda predmetvafon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar
Xulosa
1. Idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.
Inson ayrim yorug‘ yoki rangli, tovushlar yoki aloqalarning o‘rganilmagan dunyosida emas, jismlar va shakllar, murakkab vaziyatlar dunyosida yashaydi. Inson tomonidan idrok etiladigan narsalar uning ko‘z o‘ngida yaxlit tasvirlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
«Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. Shuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, jismni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat.
Shunday qilib, idrok – bu jism va hodisalarni, ularning his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni.
Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi.
Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq jismlarni idrok qilishda jismlarni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan jism haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi.
Jismni yaxlit aks ettirish ta’sir etuvchi belgilarning(rang, shakl, ta’m va h.k.) yaxlit to‘plamidan, bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lmaganlardan asosiy etakchi belgilarni ajratib olishni talab etadi. Idrok qilishning ushbu perseptiv tasvirning shakllanish bosqichida tafakkur ham qantashishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Lekin idrokningkeyingi bosqichi asosiy mohiyatga ega bo‘lgan guruhlarni birlashtirishni va idrok etilgan belgilar to‘plami bilan jism haqidagi avvalgi bilimlarni taqqoslashni talab etadi, ya’ni, idrok qilish jarayonida xotira ishtirok etadi. Agar taqdim etilayotgan jism haqidagi farazni taqqoslashda, u etkazilgan axborot bilan mos kelsa jismni tanib olish sodir bo‘ladi va u idrok etiladi, agarda mos kelmasa, sub’ekt uni topmagunicha, kerakli echimni izlash davom ettiriladi.
Idrok qilishda u yoki bu jismni idrok qilish istagi, uni idrok qilish zaruriyati yoki majburiyati, yaxshiroq idrok qilishga erishishga yo‘naltirilgan iroda kuchi, bunday vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik katta ahamiyatga egadir. Real olam jismini idrok qilishda insonning diqqati va yo‘nalganligi ham qatnashadi.
Idrok qilishga bo‘lgan munosabatimiz idrok jarayoni uchun katta ahamiyatga ega. Jism bizga qiziqarli yoki biz unga befarq bo‘lganimiz uchun, u bizda turlicha his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. bizga qiziqarli bo‘lgan jism faol idrok etilishi, va, aksincha, bizga farqsiz bo‘lgan jismni sezmasligimiz ham mumkin.
SHunday qilib, idrok – bu ayni vaqtda bizga ta’sir ko‘rsatayotgan narsani bilishga qaratilgan o‘ta murakkab, shu bilan birga, umumiy jarayon.
Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Nerv qo‘zg‘alishi seskantiruvchilardan his-tuyg‘u organlaridagi nerv tugunlarining markaziy proeksiyasidan iborat bo‘lgan po‘stloqning sensor sohalariga o‘tkaziladi. Proeksiya sohasi qaysi organ bilan bog‘langanligiga ko‘ra, ma’lum sensor axborot shakllanadi.
Sezgilar taklif etilgan yo‘nalish darajasida idrok qilish jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi. Idrokning fiziologik mexanizmlarining o‘zi, qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘ining proeksiyali sohalardan integrativ sohalariga o‘tganida, real dunyo hodisalari obrazlari shakllanishining tugallanishi sodir bo‘ladigan keyingi bosqichlarda yaxlit obrazning shakllanishi jarayonlarida ishtirok etadi. SHuning uchun idrok jarayonini yakunlovchi bosh miya po‘stlog‘ining integrativ sohalari, ko‘pincha, perseptiv sohalar deb ataladi. Bu sohalarning vazifasi proeksiyali sohalarning vazifasidan tubdan farq qiladi. Bu farq u yoki bu soha faoliyatning izdan chiqishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ko‘rish proeksiyali sohasining faoliyati buzilganida markaziy ko‘zi ojizlik paydo bo‘ladi, ya’ni, periferiya – his-tuyg‘u organlarining to‘liq faoliyatida odam butunlay ko‘rish sezgilaridan mahrum bo‘ladi, u hech narsani ko‘ramaydi. Integrativ soha faoliyatining zarar ko‘rishi yoki izdan chiqishida jarayon boshqacha tus oladi. Odam alohida yorug‘ dog‘larni, qandaydir sharpalarni ko‘radi, lekin ko‘rganlarini tushunmaydi. Unga ta’sir etuvchilarni anglay olmaydi, unga yaxshi tanish jismlarni ham taniyolmay qoladi. SHunga o‘xshash manzara boshqa modalliklarning integrativ sohalari faoliyatining izdan chiqishida ham kuzatiladi. Masalan, eshitish integrativ sohalarining buzilishida odamlar inson nutqini tushunolmay qoladalar.
Idrokning fiziologik asosi, uning harakat faoliyati, emotsional kechinmalar, turli tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog‘langanligi sababidan yanada murakkablashadi. Bundan kelib chiqadiki, his–tuyg‘u organlarida boshlangan tashqi seskantiruvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishlari asab markazlariga o‘tadi, bunda ular po‘stloq sohalarini qamrab oladi, boshqa nerv qo‘zg‘alishlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. O‘zaro ta’sirga kirishgan va po‘stloqning turli sohalarini qamrab olgan bunday qo‘zg‘alishlar to‘ri idrokning fiziologik asosini tashkil etadi.
Idrokning reflektorlik asosini I.P. Pavlov ochib berdi. Uning ko‘rsatishicha, idrokning assida shartli reflekslar, ya’ni, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida atrof-olam hodisalari yoki jismlarining retseptorlarga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan vaqtinchalik nerv aloqalari yotadi. Bunda nerv aloqalari hosil qilgan qo‘zg‘alishlarni qayta ishlashda analizatorlarning po‘stloq bo‘limlari yadrolarida tahlil qilish va sintezning murakkab jarayonlari sodir bo‘lganligi sababli, nerv aloqalari seskantiruvchilar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilish va sintez jarayonlari idrok ob’ektining atrof-muhitdan ajratib olinishini ta’minlaydilar, va shu asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi.