Mavzu: Idrokning murakkab shakllari va ularni o'rganish metodlari



Yüklə 30,71 Kb.
səhifə1/4
tarix14.06.2023
ölçüsü30,71 Kb.
#129847
  1   2   3   4
Mavzu-Idrokning murakkab shakllari va ularni o\'rganish metodlari.


Mavzu:Idrokning murakkab shakllari va ularni o'rganish metodlari.
Reja:
1.Ko’rish sezgisi va idrok.
2.Timsollarning shakllanishi idrokning mavjud manbalari asosida.
3.Hissiyot va idrok.Ranglarni idrok qilish.
4.Idrok illyuziyasi.Idrokning murakkab formasi.
Ko’rish sezgisi va idrok
Sezgilar to'g'risidagi ilmiy ta'limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib sezgilarning o'zi esa tashqi va ichki qo'zg'atuvchilarning sezgi a'zolariga ta'sir etishining mahsulidir. Ma'lumotlarning ko'rsatishicha, sezgilar moddiy (ob'ektiv) borliqning, voqeilikning haqqoniy tasvirini in'ikos qiladi, binobarin moddiy olam qanday ko'rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo'lsa ular xuddi shundayligicha hech o'zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo'zg'atuvchilarning o'ziga mutlaq mos (adekvat) bo'lgan analizatorlar ta'siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta'limotlariga ko'ra analizatorlar uch o'zaro uzviy uyg'unlikka ega bo'lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
Ko'rish sezgisi ba'zi bir inertsiyaga ega bo'lib, ko'rish sezgisining ta'siri to'xtashi bilan darhol yo'qolib ketmaydi. Qo'zg'atuvchi ta'sirining izi ketma-ket keluvchi obrazlar deb ataladigan hodisa sifatida saqlanib qoladi. Psixologiyada ko'zning to'r pardasida rangni sezadigan uch xil xususiyatli element bor deb taxmin qilinadi. Qo'zg'alish jarayoni hosil bo'lganda, ular toliqadilar va sezgirliklari ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda ko'z to'r pardasidagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan ortiqroq toliqadi, shuning uchun ko'z to'r pardasining xuddi shu joyiga qizil rangdan so'ng oq rang ta'sir etadigan bo'lsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi element ortiqroq sezgirlikka ega bo'ladi va biz ko'z qarshimizda ko'kish yashil rangni ko'ramiz.
Eshitish sezgilari ham ketma-ket obrazlarga ega bo'lishi mumkin. Сhunki quloqni bitiradigan qattiq ovoz yoki tovush bilan birga yuzaga keladigan noxush sezgi, ya'ni bu “quloq”ning shang'illashidir. Eshitish analizatoriga bir necha sekund davomida ta'sir etadigan bir qator qisqa tovush impul'slaridan so'ng ular tutash holda yoki bir oz pasaytirilgan tarzda idrok qilina boshlaydi. Agar bu tovushlarning ta'sirini modellashtirish mumkin bo'lganda edi, ana shunday hodisani kuzatish imkoni yuzaga kelardi. Bu hodisa tovush impul'sining ta'siri to'xtaganidan keyin uchraydi hamda tovushning impul'si jadalligi va davomiyligiga bog'liq ravishda bir necha sekund mobaynida davom etishi mumkin.
Kuchli mutlaq (absolyut) chegaradan nimjonroq yoki kuchsizroq qo'zg'atuvchilar quyi chegaralarni hosil qilmaydi, chunki, ularning ta'sir kuchi tag'risidagi signallar bosh miya po'stiga borib yetmaydi. Bosh miya po'sti har bir ayrim olingan “p” miqdordagi impul'slardan hayotiy zaruriysinigina tanlab so'ng qabul qilib oladi. Shuning bilan birga miya po'sti o'z qo'zg'atuvchanlik chegarasini oshirish yo'li bilan qilingan barcha qo'zg'atuvchilarni shu jumladan ichki a'zolardan keladigan impul'slarni ham ushlab qoladi. Vujudga kelgan bunday holat biologik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Сhunki, bosh miya katta yarim sharlari po'sti barcha tushib kelayotgan impul'slarni qabul qilib oladigan va ularning hammasiga javob reaktsiyasini bildira oladigan organizmni tasavvur qilish mumkin emas. Ma'lumki, bosh miya katta yarim sharlarining po'sti organizmning hayotiy manfaatlarini muhofaza qilib turadi, shuningdek, o'z qo'zg'alish chegarasini oshirish bilan faollashmagan (aktuallashmagan) impul'slarni po'stloq ostiga, ya'ni quyi markazlarga uzatadi, buning natijasida organizm ortiqcha reaktsiyalardan musaffo bo'ladi.
Idrok tushunchasi lotin tilida «perceptio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appertsentsiya» (lot-ad ga perceptio-idrok, qabul qilish) deyiladi. Appertseptsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o'zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya'ni ular aynan bir xil narsani o'zining bilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o'simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko'rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug'chilik shaklida ko'z o'rgiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba'zi hollarda idrokning aniqlik, to'liqlik, ravshanlilik, predmetlilik, tanlovchanlik (saralash) kabi sifatlarning ma'nosi o'rnida qo'llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko'ra appertseptsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi ikki ko'rinishga (turga) ajratiladi. Barqaror appertseptsiya xodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat'iy maslagi, ideali, pozitsiyasimotivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma'naviyati va kasbiy tayyorgarligiga boleznig'liq bo'lib, u o'ta murakab tuztilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appertseptsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya'ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shifoati, stress, affektiv ko'rinishdagi his-tuyg'ularida, ularning sur'ati, davomiyligi, tezligida o'z ifodasini topadi.
Biosfera va noosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba'zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy, siyosiy tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o'rin almashinuvini bevosita (bavosita) in'ikos ettirshdan iboratdir. Xuddi shu sababdan harakat nisbatan (qiyosiy) va nisbat berilmasdan (taqqoslanmasdan) idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o'tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurchab turgan haraktsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa,bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi.
Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko'rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan (nisbatsiz) idrok qilish deyiladi.

Yüklə 30,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin